|
|
Success stories
| 24/05/2011 : Aholi ilk ammo muhim o`zgarishlardan naf olmoqda | 2011 yil 24 may kuni BMTTDning Boshqaruvchisi Helen Klark o’zining O’zbekistonga uyushtirgan rasmiy tashrifi mobaynida Toshkent viloyatining Keles tumani Chuvalachi qishlog’ida joylashgan BMTTDning loyiha maskaniga tashrif buyurdi. Chuvalachi Toshkentning shimoliy g’arb tomonida bo’lib u Qozog’iston bilan chegaradosh Keles tumanida joylashgan. Yaqin 6000ga teng aholiga ega Chuvalachi sifatli va tezkor tibbiy hizmat imkoniyatiga muhtoj. batafsilroq | |  | |  |
| 25/03/2011 : Cho`llarda ko`kargan bog`lar | Bahor shamoli yangi ekilgan daraxtlarning nozik tanasini mayin chayqatmoqda. Bog’bon har bir ko’chatni diqqat bilan tekshirib, parvarish qilib, sug’ormoqda. Bu bahor fasliga hos oddiy manzara, shunday emasmi, ammo shunisi ham borki, bu mevali bog’ tanazzulga uchragan yerda, avvallari Orol dengizi bo’lgan, hozir esa cho’lga aylangan hududda joylashgan qishloqda yaratilgan. batafsilroq | |  |
| 18/02/2011 : Oltiariq: ikki mahalla, ikki muvaffaqiyat tarixi yoxud rivojlanish sari ikki yo`l | Farg`ona viloyatining Oltiariq tumani vodiyda nafaqat o`zining barhavo muhiti yoki go`zal tabiati bilan nom qozongon, balki. Keyingi ikki yil davomida Yevropa Ittifoqi/Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi «Farg`ona vodiysida aholi turmush darajasini oshirish» loyihasi bilan hamkorlikda tumandagi 5 ta mahallada infratuzilmani rivojlantirish negizida amalga oshirilgan irrigatsiya loyihalari muvaffaqiyatlar tarixi haqida butun xududda duv-duv gap tarqaldi. Bundan tashqari ATDO Dasturiga kirmagan tumandagi 10 ta yangi mahalla bugungi kunda o`z Mahalla Rivojlanish Rejalarini tuman xokimligiga taqdim etdilar. Bugun biz Sizlarga Oltiariq tumanining ikki qishlog`i – «A.Navoiy» hamda «Ko`mirchi» mahallalarida erishilgan muvaffaqiyatlar tarixi haqida hikoya qilib bermoqchimiz. Nazarimizda ushbu yutuqlar tarixi nafaqat mazkur mahallalarning, balki butun tuman va xududni kelajakda gullab-yashnashiga asos solgandek… batafsilroq | |  |
| 08/02/2011 : Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining xizmatlari diqqatga sazovor | Bir oy oldin Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “O'zbekistonda byudjet tizimi islohoti” loyihasi Toshkent moliya institutida davlat xaridi bo'yicha maxsus kurs kiritish taklifi bilan chiqdi va bu taklif hozirgi kunga kelib o'z samarasini berdi. Hozirda yurtimiz oliy o'quv yurtlarida “Davlat xaridi” maxsus fan sifatida mavjud emasligi hamda Toshkent moliya institutining Moliya vazirligi va byudjet tashkilotlari uchun mutaxassislar tayyorlashda yetakchi oliygoh ekanligini inobatga olgan holda joriy etilgan maxsus kurs sezilarli ahamiyat kasb etadi. batafsilroq | |  |
| 25/10/2010 : Bolalarga xarjimiz - kelajakka tuhfamiz | Qo`shtepa va Beshariq tumanlaridagi 6ta maktabgacha tarbiya muassasalari 2009-2010 yillar mobaynida "Farg`ona vodiysida aholi turmush darajasini oshirish" loyihasi tomonidan xonalarini ta`mirlash, shuningdek, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi hamda elektr tarmoqlariga ulanishga moddiy ko`mak olish orqali kommunal infratizim holatlarini birmuncha yahshilab oldilar. batafsilroq | |  |
| 08/06/2010 : BMT TD “Xilma-xil manzara–Yagona sayyora–Yagona kеlajak” atrof-muhitni muhofaza qilish Xalqaro kunini nishonlaydi | Toshkеnt 2010-yil 5-iyun – poytaxtimiz markazida joylashgan Mirzo Ulug‘bеk nomidagi bog‘da 5-iyun kuni hamshaharlarimiz va shahrimiz mеhmonlari “Kichik grantlar dasturi” Global ekologik fondi va O‘zbеkiston Rеspublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan hamda BMT TD Loyihasi ishtirokida tashkil etilgan O‘zbеkistondagi eng ajoyib tadbirlardan birining guvohi bo‘ldilar. Shuningdеk, BMT TDning enеrgiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi boshqa loyihalarini ham faol ishtirokchilar qatorida sanab o‘tish mumkin. Mеhmonlar ham, ishtirokchilar ham Kichik grantlar dasturi va BMT TD/GEFning boshqa loyihalari tomonidan, shu bilan bir qatorda, BMT TD/GEFning “Ijtimoiy ahamiyatga ega binolarda enеrgiya samaradorligini oshirish” loyihasi bilan birgalikda tashkil etilgan turli konkurslar va viktorinalarda faol qatnashdilar.
batafsilroq | |  |
| 11/09/2009 : 15 sentabr - Halqaro Demokratiya kuni | Gulnoza Saidazimova
15 sentabr kuni jahon bo'ylab Xalqaro demokratiya kuni nishonlanadi.
Xo'sh, demokratiya deganida nima tushuniladi? Nima sababdan dyemokratiyaga bag'ishlab, alohida kunni nishonlash kerak?
Keling avvalambor, shu kun tarixida to'xtalamiz.
2007 yil 8 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 15 sentabrni Xalqaro demokratiya kuni deb e`lon qildi va BMTga a`zo davlatlarga, BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar hamda mintaqaviy, hukumatlararo va nodavlat tashkilotlariga ushbu sanani nishonlashni tavsiya etdi.
batafsilroq | |  |
|
Statistics
- Total success stories: 29
- Total published this month: 0
|