UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
Success stories
Filtrdan tozlash uchun pastgi filtr tugmachasini bosing
Faoliyat doirasi

Faoliyat doirasini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




MRM bo`yicha

Mingyillik rivojlanish maqsadlarini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sektor

Sektorni tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Jug`rofiy yo`nalishi

Jug`rofiy yo`nalishini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sana

Vaqt davrini tanlang





Quyidagi sanadan:
Quyidagi sanagacha:


24/05/2011 : Aholi ilk ammo muhim o`zgarishlardan naf olmoqda
2011 yil 24 may kuni BMTTDning Boshqaruvchisi Helen Klark o’zining O’zbekistonga uyushtirgan rasmiy tashrifi mobaynida Toshkent viloyatining Keles tumani Chuvalachi qishlog’ida joylashgan BMTTDning loyiha maskaniga tashrif buyurdi. Chuvalachi Toshkentning shimoliy g’arb tomonida bo’lib u Qozog’iston bilan chegaradosh Keles tumanida joylashgan. Yaqin 6000ga teng aholiga ega Chuvalachi sifatli va tezkor tibbiy hizmat imkoniyatiga muhtoj. batafsilroq
27/04/2011 : Loyiha chizmasidan boshlangan natija sari: qurilish me`yorlari va qoidalari issiqxona gazlari xajmini kamaytiradi
Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) o’zining olis tarixiga ega. Birinchi QMQlar eramizdan avvalgi 18 asrning Bobil hukmdori Hammurapining qonunlar to’plamida keltirilgan. QMQ bu qurilish inshootlari uchun xavfsizlik darajasini belgilaydigan qoidalar to’plami xisoblanadi. QMQlar bino va inshootlarni qurish va foydalanish bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularning asosiy maqsadi jamoat sog’lig’i, xavfsizligi va salohiyatini himoya qilishdir. batafsilroq
25/03/2011 : Cho`llarda ko`kargan bog`lar
Bahor shamoli yangi ekilgan daraxtlarning nozik tanasini mayin chayqatmoqda. Bog’bon har bir ko’chatni diqqat bilan tekshirib, parvarish qilib, sug’ormoqda. Bu bahor fasliga hos oddiy manzara, shunday emasmi, ammo shunisi ham borki, bu mevali bog’ tanazzulga uchragan yerda, avvallari Orol dengizi bo’lgan, hozir esa cho’lga aylangan hududda joylashgan qishloqda yaratilgan. batafsilroq
18/02/2011 : Oltiariq: ikki mahalla, ikki muvaffaqiyat tarixi yoxud rivojlanish sari ikki yo`l
Farg`ona viloyatining Oltiariq tumani vodiyda nafaqat o`zining barhavo muhiti yoki go`zal tabiati bilan nom qozongon, balki. Keyingi ikki yil davomida Yevropa Ittifoqi/Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi «Farg`ona vodiysida aholi turmush darajasini oshirish» loyihasi bilan hamkorlikda tumandagi 5 ta mahallada infratuzilmani rivojlantirish negizida amalga oshirilgan irrigatsiya loyihalari muvaffaqiyatlar tarixi haqida butun xududda duv-duv gap tarqaldi. Bundan tashqari ATDO Dasturiga kirmagan tumandagi 10 ta yangi mahalla bugungi kunda o`z Mahalla Rivojlanish Rejalarini tuman xokimligiga taqdim etdilar. Bugun biz Sizlarga Oltiariq tumanining ikki qishlog`i – «A.Navoiy» hamda «Ko`mirchi» mahallalarida erishilgan muvaffaqiyatlar tarixi haqida hikoya qilib bermoqchimiz. Nazarimizda ushbu yutuqlar tarixi nafaqat mazkur mahallalarning, balki butun tuman va xududni kelajakda gullab-yashnashiga asos solgandek… batafsilroq
08/02/2011 : Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining xizmatlari diqqatga sazovor
Bir oy oldin Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “O'zbekistonda byudjet tizimi islohoti” loyihasi Toshkent moliya institutida davlat xaridi bo'yicha maxsus kurs kiritish taklifi bilan chiqdi va bu taklif hozirgi kunga kelib o'z samarasini berdi. Hozirda yurtimiz oliy o'quv yurtlarida “Davlat xaridi” maxsus fan sifatida mavjud emasligi hamda Toshkent moliya institutining Moliya vazirligi va byudjet tashkilotlari uchun mutaxassislar tayyorlashda yetakchi oliygoh ekanligini inobatga olgan holda joriy etilgan maxsus kurs sezilarli ahamiyat kasb etadi. batafsilroq
25/10/2010 : Bolalarga xarjimiz - kelajakka tuhfamiz
Qo`shtepa va Beshariq tumanlaridagi 6ta maktabgacha tarbiya muassasalari 2009-2010 yillar mobaynida "Farg`ona vodiysida aholi turmush darajasini oshirish" loyihasi tomonidan xonalarini ta`mirlash, shuningdek, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi hamda elektr tarmoqlariga ulanishga moddiy ko`mak olish orqali kommunal infratizim holatlarini birmuncha yahshilab oldilar. batafsilroq
08/06/2010 : BMT TD “Xilma-xil manzara–Yagona sayyora–Yagona kеlajak” atrof-muhitni muhofaza qilish Xalqaro kunini nishonlaydi
Toshkеnt 2010-yil 5-iyun – poytaxtimiz markazida joylashgan Mirzo Ulug‘bеk nomidagi bog‘da 5-iyun kuni hamshaharlarimiz va shahrimiz mеhmonlari “Kichik grantlar dasturi” Global ekologik fondi va O‘zbеkiston Rеspublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan hamda BMT TD Loyihasi ishtirokida tashkil etilgan O‘zbеkistondagi eng ajoyib tadbirlardan birining guvohi bo‘ldilar. Shuningdеk, BMT TDning enеrgiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi boshqa loyihalarini ham faol ishtirokchilar qatorida sanab o‘tish mumkin. Mеhmonlar ham, ishtirokchilar ham Kichik grantlar dasturi va BMT TD/GEFning boshqa loyihalari tomonidan, shu bilan bir qatorda, BMT TD/GEFning “Ijtimoiy ahamiyatga ega binolarda enеrgiya samaradorligini oshirish” loyihasi bilan birgalikda tashkil etilgan turli konkurslar va viktorinalarda faol qatnashdilar. batafsilroq
11/09/2009 : 15 sentabr - Halqaro Demokratiya kuni
Gulnoza Saidazimova 15 sentabr kuni jahon bo'ylab Xalqaro demokratiya kuni nishonlanadi. Xo'sh, demokratiya deganida nima tushuniladi? Nima sababdan dyemokratiyaga bag'ishlab, alohida kunni nishonlash kerak? Keling avvalambor, shu kun tarixida to'xtalamiz. 2007 yil 8 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 15 sentabrni Xalqaro demokratiya kuni deb e`lon qildi va BMTga a`zo davlatlarga, BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar hamda mintaqaviy, hukumatlararo va nodavlat tashkilotlariga ushbu sanani nishonlashni tavsiya etdi. batafsilroq
Statistics
  • Total success stories: 28
  • Total published this month: 0