|
|
Nashrlar ma'lumotlari bazasi
| Tasvir | Nashrlar haqida ma`lumot |
|---|
 | "O`zbekiston Respublikasining saylov to`g`risidagi qonunlar " nomli to`plami Mazkur to`plam Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining O`zbekistondagi Taraqqiyot Dasturining "Parlament rivojlanishini qo`llab-quvvatlash loyihasi" ko`magida nashr etildi. To`plamda saylovga oid batafsil O`zbekiston Respublikasi Qonunlaridan ko`chirmalar, xususan, "O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida"gi Qonunining yangi tahriri o`z aksini topgan. batafsil o`qing Nashr qilgan tashkilot/ loyiha: UNDP Nashr qilingan sana: 14/05/2013 |  | O`zbekistonda elektron hukumat bo`yicha taxliliy hisobotlar Taxliliy hisobotlar BMT Taraqqiyot Dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo`llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasining xalqaro konsultanti Yuriy Myasnikov (Belorussiya) tomonidan tayyorlangan bo`lib, undan ko`zlangan asosiy maqsad elektron hukumatni rivojlantirishda xalqaro tajriba bilan o`rtoqlashish va ushbu sohada O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta`minlash bo`yicha kerakli tavsiyalar berishdan iborat.
Hisobotlar quyidagilarni o`z ichiga oladi: 1) O`zbekiston elektron boshqaruv tizimini tahliliy sharh natijalariga asoslanib baholash, 2) Toshkent va Djizak shaharlariga amalga oshirilgan safar natijalari hamda davlat hokimiyati organlari tomonidan ko`rsatilayotgan elektron xizmatlar holati va elektron hujjat aylanish tizimi bilan tanishish, 3) Mahalliy hokimiyat organlarida qog`ozsiz hujjat aylanish tizimiga o`tish va siyosiy bosqichda texnik standartlarga asoslangan holda dastur yaratish to`g`risidagi tavsiyalar.
batafsil o`qing Nashr qilgan tashkilot/ loyiha: UNDP Nashr qilingan sana: 01/05/2013 |  | O`zbekiston investitsion salohiyati “O`zbekiston investitsion salohiyati” nashri birinchi navbatda xorijiy investorlar uchun tayorlangan va shuning uchun ham u ingliz tilida chop etilgan. Ushbu nashrda O`zbekistonning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha biznes takliflar, mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijiy sarmoyadorlar bilan intervyular va boshqa investitsiyaga doir foydali ma`lumotlar berilgan. Nashr O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Tashqi savdoga ko`mak va O`zbekistonga investitsiyalar jalb qilish” qo`shma loyihasi faoliyati doirasida tayyorlanganbatafsil o`qing Nashr qilgan tashkilot/ loyiha: UNDP/UzinfoInvest/Ministry of Foreign Economic Relations, Investments and Trade Nashr qilingan sana: 19/04/2013 |  | Mahalliy byudjetlarning subvensionligi darajasini qisqartirish chora-tadbirlari “Mahalliy byudjetlarning subvensionligi darajasini qisqartirish chora-tadbirlari: vazirliklar va idoralarning hamjihatligi” mavzuidagi tahliliy ma`ruzada byudjetlararo munosabatlarning asosiy mexanizmi – subvensiyalarning ijtimoiy sohani moliyalash mexanizmi va uzoq muddatli byudjet barqarorligi masalalari bilan yaqin aloqadorligi tahlil qilingan. Tahlil asosida quyidagi tavsiyalar berilgan: 1) regionlarda daromadlarini oshirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish. Mazkur strategiyalar kompleks tarzda bo`lishi hamda moddiy va bozor infratuzilmasi, energiyadan foydalanish samaradorligi, xo`jalik yurituvchilarni mahalliylashtirish, qishloq xo`jaligini jadal rivojlantirish va shu kabi masalalarni qamrab olishi kerak. Mazkur strategiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida mahalliy hokimiyat organlari markaziy idoralar bilan hamjihatlikda ish olib borishi uchun rag`batlantiruvchi omillar tizimi va shunday hamjihatlikning institutsional asosi ko`zda tutilgan; 2) viloyat va respublika darajasida ijtimoiy nafaqalar uchun ajratiladigan mablag`larni rejalashtirish va taqsimlashda mahallalar ishtirok etishi. Sababi ular kam ta`minlanganlik haqida to`liqroq va haqqoniyroq ma`lumotga egalar. Bu holat ijtimoiy nafaqalarning manzilliligini oshirishi hamda mahalliy hamjamiyatlarning mahalliy byudjetlarni shakllantirishdagi ishtirokini ortishiga va mahalliy darajada byudjet transparentligiga olib kelishi kerak.batafsil o`qing Nashr qilgan tashkilot/ loyiha: UNDP Nashr qilingan sana: 15/04/2013 |  | Uyingiz zilzilaga bardosh bera oladimi? Milly arhitektorlar bilan hamkorlikda loyiha mutahassislari shahsiy uy qurish standartlarini ko’rib chiqdilar. Tahlil natijalari asosida loyiha zilzilabardosh uylar qurilishiga bag’ishlangan ikkita Amaliy qo’llanma ishlab chiqdi. Bularning biri “Uyingiz zilzilaga bardosh bera oladimi?”. Bunda qurib bitgan uyning zilzilabardoshligi va uni oson usullar bilan mustahkamlash yo’llari keltirilgan. Ikkinchisi esa, “Zilzilabardosh uy qanday quriladi?”. Unda, uy qurilishidagi zilzilabardoshlik normalari va tavsiyalar berilgan. Ushbu qo’llanmalar orqali hususiy uy egalari o’z uylarining zilzilabardoshligini oshirib olishlari mumkin.batafsil o`qing Nashr qilgan tashkilot/ loyiha: UNDP Nashr qilingan sana: 13/03/2013 |
|
Publikatsiyalar statistikasi
- Publikatsiyalar jami: 205
- Bu oyda sayga quyildi: 2
|