Nashrlar ma'lumotlari bazasi
| Tasvir | Nashrlar haqida ma`lumot |
|---|
 | Nashr qilgan tashkilot/ loyiha: UNDP Nashr qilingan sana: 27/12/2012 |
 | “O`zbekiston Biznes Forumi” (2-bosqich) loyihasi electron axborotnomasi “O`zbekiston Biznes Forumi (2-bosqich)” loyihasi electron axborotnomasining ushbu sonida 2012 yil mobaynida loyiha tomonidan amalga oshiralgan tadbirlar hamda erishilgan yutuqlar yoritilgan. Loyiha nashrlari, davlat-xususiy sektor sherikchiligi va qamrab oluvchi bozorlar bo`yicha pilot loyihalar, innovatsion texnologiyalar va boshqa qiziqarli loyihalar shu jumladan.batafsil o`qing Nashr qilgan tashkilot/ loyiha: UNDP Nashr qilingan sana: 24/12/2012 |
 | O`zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash tadbirlari ko’lamini kengaytirishga oid xabarnoma OITS, sil va bezgakka qarshi kurash bo’yicha Global Jamg’arma tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTDning OIVga qarshi kurash bo’yicha loyihasi axborotnomasining navbatdagi sonida mamlakat bo’ylab OIVning oldini olish, uni davolash, OIV bilan yashayotgan insonlarni parvarish etish hamda sog’liqni saqlash tizimini mustahkamlash borasida 2012 yil mobaynida Loyiha tomonidan amalga oshiralgan tadbirlar hamda erishilgan yutuqlar yoritilgan. batafsil o`qing Nashr qilgan tashkilot/ loyiha: UNDP Nashr qilingan sana: 21/12/2012 |
 | Fuqarolik huquqiy shartnomalar Ushbu amaliy qơllanmada shartnomalar va hakamlik sudlariga murojaat qilish bơyicha hujjatlar namunalari keltirilgan. Qo`llanma Fuqarolik kodeksining bitimlari, shartnoma to`g`risidagi umumiy qoidalar hamda majburiyatlarning ayrim turlarini tartibga soluvchi normalari asosida tayyorlangan. O`zbekiston tadbirkorlari va xorijiy investorlar uchun tayyorlangan. Mazkur qo`llanma Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi “O`zbekiston Biznes Forumi (2 bosqich)” loyihasi doirasida nashr etildi.batafsil o`qing Nashr qilgan tashkilot/ loyiha: UNDP/Chamber of Commerce Nashr qilingan sana: 03/12/2012 |
 | Global Parlament Hisoboti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Parlamentlararo Ittifoq faxr bilan Birinchi Global Parlament Hisobotini taqdim etadi. Hisobot parlamentlar va fuqarolar o`rtasida vujudga kelayotgan munosabatlarga asosiy urg`uni qaratgandir. Ushbu hujjat keng qamrovli tadqiqot natijasi bo`lib, parlament a`zolari bilan bo`lgan intervyular va parlamentlar tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlar asosida ishlab chiqilgan. Hosibot xulosalari parlament tizimining hamda turli davlatlarning tarixiy va siyosiy xilma-xilligini namoyon etadi. BMTTD mazkur tadqiqotga ko`maklashgan barcha parlament a`zolariga, parlament xodimlariga, ekspertlarga va boshqalarga o`z minnandorchiligini bildiradi.
Hisobot “Parlament Rivojlanishini Qo`llab-quvvatlash” loyihasi ko`magida rus tiliga tarjima qilindi va O`zbekiston Parlament a`zolari orasida tarqatiladi.
batafsil o`qing Nashr qilgan tashkilot/ loyiha: UNDP/Inter-Parliamentary Union Nashr qilingan sana: 03/12/2012 |