Mingyillikning rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish uchun hisobotlilik va monitoring tizimining statistik imkoniyatini oshirish
Asosiy ma`lumot
O`zbekiston Hukumati Mingyillik Rivojlanish Maqsadlarini milliy rivojlanish strategiyasiga kiritishning yorqin tarafdori. Bundan tashqari, Yashash Tarzi Yahshilash Strategiyasi Jarayoni miqyosida hukumat BMTRD bilan hamkorlikda MRMni O`zbek muhitiga moslashtirish uchun muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Bu harakat milliy maqsadlar majmuasini va vaqt cheklanmalarini aniqlashga o`z xissasini qo`shdi.
Milliylashtirilgan MRMga erishish uchun muntazam va ishonchli statistik ma`lumotni tayorlash va tarqatishda hukumatni qo`llab-quvvatlash kerak. Hukumat xalqaro donorlar hamjamiyatining qo`llab-quvvatlashini oshirishga chaqirib, o`zining statistik institutlarining imkoniyatini kuchaytirish zaruriyatini tushundi. BMTRD ushbu imkoniyatni rivojlantirish talabiga mazkur loyihani boshlash bilan javob berdi.
Maqsadlar
Ma`lumotlar omborini yaratish va aholi, fuqarolik jamiyati, tadbirkorlar, siyosatchilar ehtiyojini qondira oladigan sifatli ma`lumotni ta`minlash bilan MRMga aloqador ma`lumotdan xabardor bo`lishni osonlashtirish. Xususan, bu hukumatga quyidagi sohalarda yordam beradi:
- ma`lumotlar omborini o`rnatish;
- monitoring va hisobot tizimini rivojlantirish;
- siyosiy izlanishni qo`llab-quvvatlash; va
- jamiyatning habardorligini oshirish.
Kutilayotgan natija
- Yangi usullarni ishlab chiqish, qo`llash va sifatini oshirish orqali mamlakat darajasidagi inson rivojlanishining statistik asosini, yashash tarzini tahlil qilish, MRM hisobotlarini shakllantirish va kuchaytirish;
- MRM umumlashtirishda monitoring tizimlar va yahshi tajriba va QKSJ belgilari qaytadan ko`rib chiqiladi va baholanadi;
- Butun dunyo va milliy MRM bo`yicha jamiyatning habardorligini oshirish;
- Maxsus kurs va seminarlar orqali MRM ma`lumotlari manbalarini aniqlash, yeg`ish va tahlil qilishda hukumat hodimlarining tahlil qilish xususiyatlarini oshirish.
Ko`chirish uchun xujjatlar