O`zbekistonda tiklanadigan energiya sektorini rivojlanishiga yordam
Asosiy ma`lumot
Sanoat va transport sohalarining rivojlanishi, aholi sonini o`sishi O`zbekistonda energiyaga bo`lgan talabni oshirmoqda. Mamlakat quyosh energiyasi va gidroenergiya kabi tiklanadigan energiya manbalarining ulkan zahiralariga ega. Toza energiya mexanizmlarini rivojlantirish bilan birgalikda energiya sohasini reformalashtirish, mamlakatning kelejakda energiyaga bo`ladigan ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish O`zbekistonda energiya muammosini hal qilishning samarali usullaridan biridir. 2000-2004 yillar mobaynida BMTRD ikkita loyihani amalga oshirdi, loyihalar natijasida Qoraqolpog`istonda elektrenergiyani ishlab chiqarish quyosh panellari va mahalliy aholi uchun Yevropa texnologiyalari asosida quyosh energiyasi bilan suv isitish uskunasi o`rnatildi. Muntazam rivojlanish g`oyasini amalga oshirishda bu loyihalar vosita vazifasini bajardi. Ushbu ijobiy tajribaga asoslanib, Hukumat tiklanadigan energiya uchun milliy strategiyani shakllantirishda keyinchalik yordam uchun BMTRDga murojaat qildi.
Maqsadlar
O`zbekistonda tiklanadigan energiyani rivojlantirish uchun milliy strategiyani o`rnatishga tayyorlanishda Hukumatga yordam berish. Ushbu tayyorgarlik loyihasi mamlakatda tiklanadigan energiya sohasida izlanishni bajaradi va O`zbekistonda tiklanadigan energiyani rivojlantiradigan tadbirlarni mablag` bilan ta`minlash uchun GEFga O`rta Hajmdagi Loyiha Taklifini taqdim qilish uchun ishlab chiqadi.
Kutilayotgan natija
Mamlakatda tiklanadigan energiya sohasining o`rganib chiqish izlanishlari amalga oshiriladi. Mamlakatning mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda, izlanishlar O`zbekistonda tiklanadigan energiya sohasini rivojlantirish milliy strategiyasini kelajakda rivojlanishiga asos va katta ulush sifatida xizmat qiladi;
Mamlakatdagi tiklanadigan energiya rivojlanishining texnik va institutsional imkoniyatlarini to`liq baholash.
Mablag` bilan ta`minlashi uchun GEFga taqdim qilishga O`rta Hajmdagi Loyiha Taklifini tayyorlash.
Ko`chirish uchun xujjatlar