UNDP Uzbekistan

Muvaffaqiyatlarimiz
  • 16/06/2009
  • 15/04/2010
O‘zbekistonni rivojlantirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari siyosatini shakllantirish va joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko‘maklashish
Asosiy ma`lumot

“O'zbekistonni rivojlantirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari siyosatini shakllantirish va joriy etishda O'zbekiston Respublikasi Xukumatiga ko'maklashish” loyihasi (ICTP) – bu BMT bilan O'zbekiston Respublikasi Xukumatining birgalikdagi Rivojlantirish dasturi loyihasi. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtirish kengashi o'z vakili – O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi orqali Loyihaning Xukumat tomonidan ijrochi organi hisoblanadi. ICTP Loyihasi ikki o‘ziga xos va o‘zaro bog‘liq maqsadlarni oldiga qo‘ygan. Bu O‘zbekistonda Axborot-Kommunikatsiya Texnologiyalar (AKT) rivojlanishini targ‘ib etish, hamda Hukumatga taraqqiyotning maxsus maqsadlariga erishishda AKTdan foydalanish borasida ko‘mak ko‘rsatishdan iboratdir.

Maqsadlar

O‘z maqsadlariga erishish yo‘lida ICTP qator vazifalarni amalga oshiradi va ularni quyidagi besh yo‘nalishda taqsimlaydi:

1. Strategik konsultatsiyalar
2. Ilk loyihalarni tatbiq etish
3. Salohiyatni oshirish
4. Umumiy xabardorlikni oshirish
5. Davlat va xususiy hamkorlikni yanada kuchaytirish

Strategik konsultatsiyalar

Strategik konsultatsiyalar ICTP Loyihasining AKT taraqqiyoti masalalaridagi o‘zining qarashini bildiradi. Shu bilan birga, elektron hukumat, elektron ta’lim, elektron tijorat, umuman AKTdan foydalanishning muqobil yo‘llarini ishlab chiqish, axborot manbalarini yaratish, hamda boshqa muhim masalalarning huquqiy asosini yaratishda va ularni, amaliyotda qo‘llashda ko‘mak beradi.

ICTP o‘zining strategik konsultatsiyalarini mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda olib boriluvchi tadqiqotlar va izlanishlar asosida yaratadi. Asosiy e’tibor O‘zbekistonda AKT rivojlanishi, axborot texnologiyalari(AT)da mualliflik huquqi, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot, autsorsing yo‘nalishlariga qaratiladi. Loyiha o‘zining tavsiyalarini texnik ko'mak dasturlarning ehtiyoj xususiyatlarini ko‘rib chiqqan holda taqdim etadi.

Tajribaviy tashabbuslarni tatbiq etish

Tajribaviy tashabbuslarni tatbiq etish – AKT imkoniyatlarini namoyish etish, hamda ularni kelajakda keng miqyosda tatbiq etish xaritasini ishlab chiqish uchun eng ishonchli usuldir. Yangi loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritishda ICTP hamkorlarning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zining elektron hukumat bo‘yicha loyihasi, .uz domen hududini yaxshilash, elektron raqamli imzolarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi markazlar yaratish va rivojlantirish, teletibbiyot bo‘yicha loyihalar orqali ICTP davlat mahkamalari, ta’lim muassasalari, jamoat birlashmalari va keng jamoatchilikka rivojlanish maqsadlariga erishishda AKT imkoniyatlaridan foydalanishda ko‘mak beradi.

Salohiyatni oshirish

O‘zbekistonda AKTdan taraqqiyot yo‘lida foydalanish ma’lum ma’noda yangilik hisoblanadi. Shu sababli bu sohada salohiyatni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘mak berishda ICTP salohiyat oshirishni umuman olganda, shu jumladan inson resurslari, tashkiliy va institutsional jihatlarni rivojlantirishga urg‘u beradi.

ICTP salohiyatni qator AKT bo‘yicha trening, seminar, davra suhbatlari va konsultatsiyalar, ta’lim materiallarini ishlab chiqish, AKT taraqqiyoti jarayoni hamda huquqiy asoslari bo‘yicha yo‘riqnomalar yaratish orqali oshiradi. Bu borada misol qilib, yaqinda amalga oshirilgan ishlar sirasiga axborot texnologiyalari sohasida mualliflik huquqini himoyalash bo‘yicha ilk anjuman, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida ta’lim sifatini oshirish, BMTDning boshqa qo‘shma loyihalarida AT treninglar o‘tkazish va ushbu dasturlarda AKT komponentini kuchaytirish bo‘yicha konsultatsiyalar taqdimotini keltirish mumkin.

Maxsus AT Ko’ngillilar Xizmati orqali ICTP Loyihasi salohiyatning oshishiga alohida hissa qo‘shadi. Ushbu Xizmat AKT sohasiga qiziquvchi yoshlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular o‘z faoliyati davomida davlat va notijoriy tashkilotlar, ta’lim muassasalariga AKT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun maxsus treninglar va bepul texnik sozlov xizmatlarini ko‘rsatadi.

Umimiy xabardorlikni oshirish

Axborot almashinuvining mavjud qulay yo‘llaridan foydalanish va ochiq dialogni targ‘ib etish - manfaatdor tomonlar qabul qiluvchi qarorlarni hurmat qilish demakdir. Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda AKT imkoniyatlarining beqiyos ekanidan xabardor bo‘lish AKT rivojlanishining ustuvorligini oshiradi va AKTdan foydalanish sohalarining kengayishini ta’minlaydi.

ICTP aholining AKT bo‘yicha umumiy bilimini mahalliy va milliy darajadagi muqobil axborotni yaratish va keng miqyosda tarqatish orqali oshiradi. ICTP Internetdagi milliy manbalardan foydalanishni targ‘ib qiladi va milliy hamkorlarga ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va boshqa yo‘nalishdagi ma’lumot tayyorlashda yordam beradi. Bundan tashqari, ICTP aholini AKT sohasiga maxsus teletanlovlar, “Taraqqiyot sari” deb nomlangan AKTga bag‘ishlangan ko‘rsatuv orqali qiziqtiradi.Loyiha AKT sohasidagi yangiliklar va hodisalar o‘z vaqtida va mukammal yaratilishi uchun mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Davlat va xususiy hamkorlikni kuchaytirish

Taraqqiyotga erishish uchun tashkilotlar o‘rtasida biryo`qlama va ko‘p tomonli hamkorlik bo‘lishi lozim. Hamkorlik har bir tashkilotning salohiyatini kengaytiradi, manbalardan foydalanish imkonini beradi va qo‘shma faoliyat uchun sharoit yaratadi.

ICTP AKT masalalari bo‘yicha ochiq muzokara olib borish hamda hukumat, xususiy sho’ba va xalqaro jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi va buning uchun zamin yaratadi. AKT bo‘yicha Milliy Sammit, doimiy uchrashuvlar, seminar va konferensiyalar o‘zaro muomalani yengillashtiradi va hamkorlikni chuqurlashtiradi.

ICTP Loyihasi davlat va xususiy hamkorlikni O‘zbekiston AT kompaniyalari va tashkilotlari Assotsiatsiyasi doirasida yaxshilab borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ushbu muassasa ICTP Loyihasi tomonidan ilgari surilgan va O‘zbekiston Hukumati tomonidan maqullangan fikr asosida tashkil etilgan edi.

Hamkorlik

ICTP Loyihasi turli hukumat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy institutlar hamda xususiy kompaniyalar bilan AKT sohasini yana rivojlantirish uchun hamkorlik qiladi. ICTP bu borada yangi takliflarni quvvatlaydi va AKT bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlarni hamkorlikka chorlaydi.

Kutilayotgan natija

Hozirgi kunda loyiha faoliyati orqali quyidagi natijalarga erishildi:
• O'zbekiston Axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi (www.ict.uz);
• O'zbekiston Respublikasida birinchi marta Elektron raqamli imzo kalitlarini ro'yxatdan o'tkazish markazini tashkil etishda yordam berildi;
• UzInfoCom markaziga .UZ domen nomini rivojlantirishda ko'maklashildi. Natijada .UZ domeni ma'muriyatining yaxshilangan versiyasi ishga tushirildi (http://www.cctld.uz/);
• Erkin va ochiq dasturiy ta'minot (EODT)ni yanada rivojlantirishda ko'maklashildi. EODTning barcha imkoniyatlari o'rganildi, O'zbekistonda EODTni rivojlantirish uchun kerakli tavsiyalar tayyorlandi va barcha ishlar amalga oshirildi. Xususan:
- “O'zbekistonni rivojlantirish uchun erkin va ochiq dasturiy ta'minot (EODT)dan foydalanish” mavzuidagi tadqiqot e'lon qilindi
- Osiyo va Tinch okeani mamlakatlarining EODT bobidagi tajribasini o'zlashtirish va shu tariqa bu tajribadan keyinchalik O'zbekistonda foydalanish maqsadida EODT borasida malaka oshirish uchun Tayland va Malayziyaga o'quv safarlari tashkil etildi
 - Erkin va ochiq dasturiy ta'minot (EODT) bo'yicha resurs markazining http://www.opensource.uz manzilidagi veb-sayti yaratildi hamda ishga tushirildi;
- O'zbekiston televideniyesida “Kod buzuvchilar” maxsus teledasturi tayyorlandi va ko'rsatildi;
- “Erkin va ochiq dasturiy ta'minot” kompakt-diski (FOSS CD) chiqarildi. EODT kolleksiyasini o'z ichiga olgan bu disk Microsoft Windows muhitida ishlaydi hamda uy va ofis uchun dasturiy yechimlar kompleksini ta'minlaydi;
- AKT volonterlar uchun bir necha EODT trening kurslari o'tkazildi (PHP, CMS);
- EODT asosida veb-saytlar yaratildi (www.ict.uz, www.timi.ziyonet.uz, www.solympuz.freenet.uz, http://ombudsman.gov.uz/ va boshqalar);
- Xalqaro hamkorlik ishlari olib borildi (Tayland, Malayziya);
- O'zbekistondagi “Linuksoidlar” jamoat tashkiloti bilan sheriklik munosabatlari o'rnatildi hamda ICTExpo 2006 ko'rgazmasi vaqtida Linuks parkni tayyorlashda yordamlashildi
- EODT operatsion tizimining o'zbekistonlik ishlab chiquvchilari bilan sheriklik munosabatlari o'rnatildi (Eastlinux.uz loyihasi);
• 2005 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qanday rivojlanganligi muvaffaqiyatli monitoring qilindi va 2005 yilda O'zbekistonda AKT taraqqiyotining yillik sharhi e'lon qilindi; 

• 2006-2008 yillarda O`zbekistonda AKT Rivojlanishi Sharhi;
• «BestSoft 2007-2009» dasturiy maxsulotlar birinchi Milliy kurgazmasi tashkil etishda kumaklashildi;
• “Markaziy Osiyoda telekommunikatsiya xizmatlari darajasini oshirish uchun AKT va keng hajmli aloqani rivojlantirish” mavzuidagi xalqaro seminar tashkillashtirildi;
• Axborot resurslarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi “U-CONNECT 2007” xalqaro seminari o'tkazililishiga kumaklashildi;
• InfoCom 2006/2007/2008 haftaliklari doirasida AKT 2006-2008 Milliy Sammitlari, ICTExpo 2006-2009 axborot texnologiyalari milliy ko'rgazmalari (www.ict.uz/ictexhibition) doirasida BMTRD, Linuks Park stendlari, EODT davra suhbati, shuningdek yoshlar uchun Internet-Marafon tashkil etildi;
• Sirdaryo, Samarqand, Xorazm, Navoiy viloyatlari, Qoraqalpoqiston Respublikasi, Qarshi, Termiz, Nukus, Urganch, Toshkent shaharlari hokimiyatlarining vakillari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida Bilan xamkorlikda “Xukumatda va jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni qo'llash” trening-kurslari tashkillashtirildi;
• AKT sohasidagi intellektual mulk va mualliflik huquqini himoyalash bo'yicha seminar muvaffaqiyatli o'tkazildi;
• Toshkent Axborot texnologiyalari instituti bilan birgalikda ilk marotaba o'zbek tilida “Axborot texnologiyalari” darsligi tayyorlandi va chiqarildi;
• Quyidagi samarali o'quv safarlari tashkil etildi:
o O'zbekistonda foydalanish uchun Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida EODT sohasida to'plangan tajribani o'rganish
o Rossiya, MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi autsoring, dasturiy ta'minot (DT) ishlab chiqish va umuman axborot texnologiyalari sohasidagi xalqaro hamkorlik tajribasini o'rganish
o Osiyo va Tinch okeani mamlakatlaridagi EODT tajribasini o'zlashtirish va shu tariqa ular tajribasidan keyinchalik O'zbekistonda foydalanish maqsadida EODT bo'yicha malaka oshirish uchun Tayland va Malayziyaga o'quv safarlari
• O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida “Axborot jamiyatini shakllantirishda elektron hukumat” mavzusida qo'shma trening kursi tashkil etildi;
• Cisco mintaqaviy akademiyasi bilan birgalikda «Yangi texnologiyalar: xavfsizlik va unifikatsiyalangan kommunikatsiyalar» mavzusida qo'shma trening kursi tashkil qilindi;
• Birinchi Ayollar internet-festivalini, Yoshlar Internet-marafonini, dasturlash bo'yicha ACM-ICPC 2006-2008 xalqaro komanda chempionatini tashkil etishda ko'maklashildi;
• Milliy axborot resurslarini ishlab chiqishda yordam berildi (www.mehnat.uz, www.school.uz, http://www.craftsman.uz va boshqalar);
• «O`zbekiston» telekanalida AKT sohasidagi «Taraqqiyot sari» teledasturi 40 marotaba ekranga chiqdi;
• ICTP loyihasi volonterlari yordamida quyidagilarning internet-sahifalari ishlab chiqildi:
- Axborot texnologiyalari haftaligi (www.ict.uz);
- “O'zbekiston maxsus olimpiadasi” sport jamoat birlashmasi (http://solympuz.freenet.uz);
- Ombudsman (http://ombudsman.gov.uz/).
• O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi uchun “Investitsiya tizimlari monitoringi” loyihasining dizayni;
• “O'zbekistonda Dasturiy ta'minot autsorsingi imkoniyatlarini o'rganish” mavzuida tadqiqot nashrdan chiqarildi;
• Yosh dasturchilarni tayyorlash markazi uchun tizim tahlili, loyihani boshqarish, DT yaratish hayotiy siklining usullari kabi va boshqa trening kurslarni tashkil etildi.
• O'zbekistonda AKT sohasida texnoparklarni rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish uchun eng yaxshi harakatlar va tavsiyalarni sharhi;
• Erkin ochiq dasturiy ta'minot bo'yicha trening materiallarini tayyorladi;
• O'zbekistonda mualliflik huquqi bilan bog'liq ishlarning hozirgi ahvolini o'rganish hamda “Mualliflik huquqlariga rioya etish bo'yicha tavsiyalar” qo'llanmasini ishlab chiqdi.

Ko`chirish uchun xujjatlar
Loyiha raqami: 00044565
Statusi: Yakunlangan
Davomiyligi: 01/05/2005 - 31/12/2010
Boshaqaruv: NEX

Byudjet
Umumiy byudjet: USD 1514383

Total Delivery:
Yil Miqdor
(ming AQSH dol.)
2005 114
2006 184
2007 116
2008 301
2009 416
2010 383

Contributions by donors
UNDP USD 1,274,069.00
Democratic Governance TTF USD 200,000.00
Private Sector organizations USD 40,314.00
Loyiha manzili
108, A.Temur street, Tashkent, 100084, Uzbekistan
Tel.:(998) 71 234 10 51/52/37
Faks:(998) 71 234 10 63
Veb-sayt:http://www.ictp.uz
Loyihaning milliy boshqaruvchisi
Khodjaev Asadjon Azatbekovich
Murojaat uchun shahs
BMTTDda murojaat uchun shahs

Pyagay Natalya
Dastur Mutaxassisi
natalya.pyagay@undp.org

So`nggi o`zgartirishlar
17/03/2011
Faoliyat sohasi
2. Democratic governance

Loyiha bo`limi
14. Axborot va Kommunikatsiya
14.1 Sektor siyosati va rejalashtirilishi (AKT, OAV uchun siyosat va rejalashtirilishni qamrab oladi)

Jug`rofiy yo`nalishi
Mamlakat bo`ylab


Tadbiq qilayotgan agentlik / Asosiy hamkorlar