O’zbekiston Respublikasida aholining OIV kasalligiga chalinishga moyilligi yuqori bo’lgan qatlamlariga qaratilgan OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash tadbirlari ko’lamini kengaytirishni davom ettirish va OIVning oldini olish, tashhis qo’yish
Asosiy ma`lumot
OIV infeksiyasiga qarshi samarali kurash O’zbekistondagi ham davlat, ham fuqarolik jamiyati uchun dolzarb muammo bo’lib qolmoqda. 2010 va 2011 yillarda O’zbekiston OITS, sil va bezgakka qarshi kurash bo’yicha Global Jamg’arma (GJ)ning 2ta granti - Uzluksiz Moliyalashtirish Mexanizmi 3 Raundi hamda 10 Raund grantlariga sazovor bo’ldi. GJ siyosatiga binoan umumiy moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida ushbu grantlar yagona loyihaga birlashtirildi. Loyiha asosiy mablag’ resipienti bo’lgan BMTTD tomonidan davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad - O’zbekiston Respublikasida OIVning aholining ushbu kasallikka chalinishga moyilligi yuqori bo’lgan qatlamlariga ta’sirini kamaitirish orqali uning umumiy aholi orasida tarqalishining oldini olish hamda OIVning oldini olish, tashhis qo’yish, davolash va qo’llab-quvvatlashni ta’minlash uchun sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish va salohiyatni oshirishdir.
Maqsadlar
Loyihaning vazifalari
1. Aholining kasallikka chalinishga moyilligi yuqori bo’lgan qatlamlari qamrovini kengaytirish hamda OIVning oldini olishga qaratilgan xizmatlarning sifatini oshirish va ko’lamini kengaytirish
2. OIV bilan yashayotgan insonlarni davolash, parvarish qilish va qo’llab-quvvatlashni kengaytirish
3. O’zbekistonda sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish
4. OIVning oldini olish, davolash, parvarish qilish va qo’llab-quvvatlash xizmatlarini samarali kengaytirish uchun ijobiy muhit yaratish
5. OIVning oldini olish maqsadida infeksiya nazoratini kuchaytirish
6. OIVning oldini olish, tashhis qo’yish va davolash uchun zarur tibbiy mahsulotlar va tovarlarni xarid qilish, yetkazib berish va boshqarish tizimlarini takomillashtirish
7. Zarur xizmatlarni barcha uchun ta’minlash uchun ularning desentralizatsiyasi va integratsiyasini qo’llab-quvvatlash.
Kutilayotgan natija
2011 yil natijalari va yutuqlari
Aholining kasallikka chalinishga moyilligi yuqori bo’lgan qatlamlaridan 24000dan ortiq inson OIVning oldini olish hamda havfli hulq-atvorni o’zgartirishga qaratilgan xizmatlardan bahramand bo’ldilar;
31000dan ortiq yoshlarga teng maslahatchilar va axborot-ta’lim materiallari orqali OIVning oldini olish xizmatlari yetkazildi;
7824 jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarni davolash kursi amalga oshirildi;
3836 nafar OIV bilan yashayothan inson (OBYI) retrovirusga qarshi davolandilar;
3500dan ortiq OBYI va ularning oila a’zolariga davolash, parvarish va qo’llab-quvvatlash xizmatlari yetkazildi;
O’zbekistonning barcha viloyatlaridan bo’lgan 210 nafar tibbiy mutahassis retrovirusga qarshi davolash bo’yicha boshlang’ich va chuqur ta’limga ega bo’ldilar;
365 nafar tibbiy mutaxassis, ginekolog, akusher, ijtimoiy ishchi va hamshira OIVning onadan bolaga o’tishining oldini olish hamda pediatriya OITS bo’yicha tahsil oldilar;
OIV bilan yashayotgan kattalar va bolalarda opportunistic infeksiyalarni davolash bo’yicha 7400 davolash kursi o’tkazildi;
485 nafar homilador ayol va 481 nafar OIV bilan kasallangan onalardan tug’ilgan go’dak onadan bolaga yuqishining oldini olish xizmatlaridan bahramand bo’ldilar;
316 nafar tibbiy mutahassis infeksiya nazorati bo’yicha tahsil oldilar;
350 nafar viloyat mutaxassislari hozirli epidemiologic nazorat bo’yicha tahsil oldilar;
OIVning oldini olish bo’yicha dasturlarning samaradorligini oshirish maqsadida mamlakat miqyosida hozirli epidemiologic nazorat o’tkazildi;
135 nafar mutaxassis, Ishonchxonalar xodimlari, monitoring va baholash bo’yicha mutaxassis va nodavlat tashkilotlari vakillari Monitoring Axborot Tizimi bo’yicha tahsil oldilarki, bu mijozlarga yetkaziladigan xizmatlarni nazorat qilish imkonini beradi;
300.000dan ortiq dona axborot-ta’lim materiallari chop etilib, loyiha mijozlari orasida tarqatilmoqda.
Ko`chirish uchun xujjatlar