Tabiiy ofatlar riskini boshqarish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining potensialini mustahkamlash
Asosiy ma`lumot
Oxirgi yillarda tabiiy ofatlarni sodir bo’lishining xatarli darajada ko’payishi, hamda ularning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik talofat ko’rsatkichlarini oshishi kuzatilmoqda. So`ngi 25 yil oralig’ida dunyo miqyosida bo’lib o’tgan yetti mingta tabiiy ofatlar 2 million inson hayotini olib ketti, bunda jabr ko’rganlar soni 5 milliarddan ziyod bo’ldi.
Tabiiy va ekologik kataklizmlar dunyoning barcha davlatlarida sodir bo’lishi mumkin, lekin ko’pincha vayrongarchilik olib keluvchi ofatlar bu ofatlarga etarlicha tayyorgarlik ko’rmagan davlatlarda ro’y beradi. Zilzila va boshqa tabiiy ofatlar natijasida inson hayotini va mulkni yo’qotish bo’yicha O’zbekiston boshqa davlatlar orasida yuqori pog’onani egallaydi. O’rta Osiyo mintaqasida seysmik aktiv davlatlardan biri bo’lishi bilan bir qatorda, O’zbekiston ko`p hollarda 8-10 ballga teng kuchli yer silkinishlarini boshdan kechirgan. Seysmik aktiv mintaqa joylashgandan tashqari, O’zbekiston qishloq xo’jalik tarmog’iga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan mavsumiy suv toshqinlari va qurgo’qchilik kabi gidrometeorologik xavf-xatarlardan holi emas. Qo’shimcha ravishda, boshqa xavflar, ya’ni yer ko’chishi, chigirtka yog’ishi, qor ko’chishi o’tmishda O’zbekiston aholisi hayotiga va turmush tarziga ta’sir ko’rsatgan. BMT Taraqqiyot Dasturi va Hukumat, BMT Mamlakat ofisi va donor tashkilotlar bilan birga, Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi va boshqa javobgar tashkilotlarning tabiiy ofatlar riskini boshqarish borasida salohiyatini qo’llab quvvatlaydi va oshiradi.
Maqsadlar
Loyihaning maqsadi tegishli institutlarga tabiiy ofatlar xavf-xatarini kamaytirish barqaror mehanizmini yaratishda ko’maklashishdan iborat. Joriy loyiha Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi, Qizil Yarim oy jamiyati va fuqarolar jamiyatini mahalliy fond orqali tabiiy ofatlar xavf-xatarini kamaytirish borasida kadrlarning malakasini, moddiy-tehnik salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Kutilayotgan natija
1. Toshkent va boshqa tabiiy ofat hatari darajasi yuqori bo`lgan viloyatlar aholisining hayoti uchun havfini va ofatlarni oldini olish, kamaytirish va ofat sodir bo`lganida o`z vaqtida idora qilish maqsadida Favqlodda Vaziyatlar Vazirligi hamda boshqa tegishli idoralar salohiyatini oshirish.
• Tabiiy ofatlar havfini kamaytirish sohasida yetakchi mutahassislar ma`lumot va tajriba almashuvi uchun inovasion platformasi yaratildi. O`zbekiston mutahassislarining Rossiya federasiyasining Favqulodda Vaziyatlar Vazirligiga tashrifi doirasida 2013 yilda O`zbekiston qutqaruv mutahassislari uchun o`quv treninglarini tashkil etish belgilab olindi.
• Zamonaviy texnika vositalari bilan ta`minlangan FVV Toshkent shahar bo`limining aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish “Mobil o`quv markazi” yordamida chekka joylarda yashaydigan aholi, ayniqsa qariyalar, nogironlar va ayollar uchun joylarda yuz berishi mumkin bo`lgan tabiiy ofat haqida va favqulodda vaziyat holatida harakat qiodalarini o`rgatish uchun treninglar tashkil qilish mumkin
• Seyslomogiya institute va loyiha Toshkent shahrining boshlang`ish seysmiklik korsatkichli seysmik mikrorayonlashtirish haritasini (balligi MSK-64 shkalasi boyicha) ishlab chiqish ustida ishlar olib bormoqda. Bu harita tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ishlarini olib borishda va qutqaruv ishlarini tashkillashtirishda qo`l keladi.
• O`zbekiston Respublikasining va qo`shni davlatlardan kelishi mumkin bo`lgan havflar tushirilgan rel`efli haritasi va havfli ob`ekt maketi FVVning Aholi muhofazasi institutida qutqaruvchilarni o`qitish va salohiyatini oshirish jarayonida keng qo`llanilmoqda.
2. Tabiiy ofatlarga effective tayorgarlikni oshirish va ofat havfini kamaytirish ishlarida mahalliy aholining ishtirokini kengaytirish.
• Milly arhitektorlar bilan hamkorlikda loyiha mutahassislari shahsiy uy qurish standartlarini ko`rib chiqdilar. Tahlil natijalari asosida loyiha zilzilabardosh uylar qurilishiga bag`ishlangan ikkita Amaliy qo`llanma ishlab chiqdi. Bularning biri “Uyingiz zilzilaga bardosh bera oladimi?”. Bunda qurib bitgan uyning zilzilabardoshligi va uni oson usullar bilan mustahkamlash yo`llari keltirilgan. Ikkinchisi esa, “Zilzilabardosh uy qanday quriladi?”. Unda, uy qurilishidagi zilzilabardoshlik normalari va tavsiyalar berilgan. Ushbu qo`llanmalar orqali hususiy uy egalari o`z uylarining zilzilabardoshligini oshirib olishlari mumkin.
• 2012 yilning 25-aprelida O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun o`tkazilgan seminardan va undan keyin loyiha tarafidan uyushtirilgan “Tayyorgarlik insonlar umrini saqlab qoladi” degan insho tanlovidan so`ng, ushbu tanlovning 3ta g`oliblari Jahon Banki Insitutining Hindistondagi Tabiiy ofatlarni boshqarish instituti orqali tabiiy ofatlarni boshqarish bo`yicha internet-kurslarida o`qidilar va o`z loyihalarini taqdim etdilar. Bu tashabbusni “Kelajak ovozi” tashkiloti qo`llab quvvatlab, internet-kursi qatnashchilariga Toshkentning har bir instituti va universitetida o`z loyihalarini taqdimotini o`tkazishni yukladilar.
• Tabiiy ofatlar havfini kamaytirish xalqaro kuni butun jahon bo`ylab 13 oktyabr kuni nishonlanadi. Bu kunni nishonlashdan asosiy maqsad, tabiiy ofatlar havfini kamaytirishni umumjahon madaniyatini shakllantirish, shuningdek tabiiy ofatlarni oldini olish, undan keladigan zararni yumshatish va aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirishdir. Bu yil O`zbekistonda Tabiiy ofatlar havfini kamaytirish xalqaro kuni BMT Taraqqiyot Dasturi, O`zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda o`tkazadi. Ushbu kunga bag`ishlangan bir qancha tadbirlar oktyabrning 10-sidan 13-sigacha otkaziladi. Bu tadbirlarda O`zbekiston Respublikasining Fanlar Akademiyasining bo`linmalari, Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi, BMT agentliklari va boshqa tashkilotlar aktiv qatnashadilar.
• Endi O`zbekistonda yashovchi aholi tabiiy ofatlar yuz berganida, masalan, zilzila/er ko`chishi yuz berganida harakatlanish va tayorgarlik qoidalarini loyiha tomonidan ishlab chiqilgan mobil telefonlar uchun mahsus programma (dastur) orqali o`rganib olishlari mumkin. Ushbu dastur aholini tabiiy va tehnogen ofatlarga tayyorgarlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu dastur ANDROID, ISTORE va OVISTORE bozorlariga joylashtirilgan. Shuni ta`kidlab o`tish joizki, dastur FVV sayti bilan integrasiyalashtirilgan.
• Davlatimiz poytahtining zilzilalarga moyilligini hisobga olgan holda, aholining zilzilaga tayorgarlik va tegishli harakat qilish madaniyatini shakllantirish maqsadida “Zilziladan oldin, zilzila vaqtida va keyin harakatlanish qoidalari” ilmiy-hujjatli film tasvirga tushirildi. Ushbu film Milliy Teleradio kompaniya kanallari orqali efirga uzatiladi va aholiga o`quv maskanlari va mahallalar orqali tarqatiladi.
3. Hukumatni tabiiy ofatlarga tayorgarligi, ularning oqibatini kamaytirish va tabiiy ofatlarga qarshi tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha yagona strategiya ishlab chiqish maqsadida Oz`bekistondagi BMT tizimi salohiyatini kuchaytirish.
• 2012 yilda BMT Boshqaruv ofisi qoshida BMTning tabiiy ofatlarga tayyorgarlik va yordam ko`rsatish guruhi tuzildi (BMT TOTYG). Bu guruh BMTning barcha agentliklari va Chegarasiz shifokorlar , ACTED va boshqa O`zbekistonda ish yurituvchi gumanitar tashkilotlar vakillaridan tashkil topgan. Guruh har chorakda bir yig`ilb Tabiiy ofatlar havfini kamaytirishni (TOHK) milliy va xalqaro miqiyosida muhokama qiladi.
• BMT gumanitar yordam guruhi va O`zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi o`rtasida kelishuvi: BMT gumanitar yordam guruhi O`zbekistonda favqulodda vaziyat yuz berganida davlatga ko`rsatadigan yordami mehanizmini ishlab chiqildi.
• 11-12 oktyabr kunlari Olma-otada joylashgan O`rta Osiyo Gumanitar yordam boshqaruv ofisi yordamida o`tkazilgan taktik o`yin BMT TOTY gurihi uchun zilzila yuz berganida O`zbekiston davlatiga beradigan amaliy yordami mehanizmi ishlab chiqishi uchun imkon yaratdi.
4. “Zilzila oqibatlari havfini kamaytirishda O`zbekistoning salohiyatini mustahkamlash” uchun qo`shimcha mablag` ajratildi
• Zilzila oqibatlari havfini kamaytirishda O`zbekiston salohiyatini mustahkamlash maqsadida Evropa Gumonitar Yordam va Aholini Muhofaza qilish Qo`mitasi (DG ECHO) 100 000 Evro va BMT DT tomonidan 76 888 Evro miqdorida mablag` ajratildi. Bu mablaglar zilzilalar havfini kamaytirishda FVVning salohiyatini oshirish uchun sarf qilindai. Uchbu mablag` asosan FVVning mutassadi rahbarlari va aholining zilzilalar haqidagi habardorligini oshirish uchun majmua quriladi.
Ko`chirish uchun xujjatlar