UNDP Uzbekistan

Muvaffaqiyatlarimiz
Qoraqalpog`iston hamda Qizilqum sahrosidagi degradatsiyaga uchragan erlarda ekotizim barqarorligiga erishish
Asosiy ma`lumot
O’zbekiston o’zining geografik joylashuvi va iqlim sharoitiga ko’ra, ekologik degradatsiyaga uchrash havfi yuqori bo’lgan hududlardan biri hisoblanadi, ayniqsa sahro ekotizimlari bu havfga ko’proq moyildir. Er degradatsiyasiga sabab bo’layotgan asosiy omillar sifatida, eskirgan irrigatsiya tizimi va bu sohada qo’llanilayotgan usullar, almashlab ekishning qo’llanilmayotganligi, darahtzorlarning kesib tashlanishi, yaylovlarning yaroqsiz holga kelishi hamda shamol eroziyasini misol sifatida keltirish mumkin.
O’rmon ho’jaligi boshqarmasi ma’lumotiga asosan, Buhoro viloyatida tahminan 2.3 million gektar er, Qoraqalpog’istonda esa 4.5 million gektar er shamol eroziyasiga duchor bo’lgan. Shamol bilan birga atrofga yoyiladigan qum turli salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda. Jumladan, bu holat birinchi navbatda, insonlar salomatligiga va ularning turmush tarziga, qishloq ho’jaligi unumdorligining pasayishiga, yullar va boshqa infratuzilmaning izdan chiqishiga, suv resurslari va ekologiyaning ifloslanishiga turtki bo’lmoqda. Shuningdek, ekotizim degradatsiyasi aholining iqtisodiy va ijtimoiy holatiga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
Maqsadlar
Loyihaning asosiy maqsadi, Qizil Rovat va Kazahdaryo qishloq hududlarida er resurslarini barqaror boshqaruviga oid ilg’or tehnologiyalarni (usullarni) sinovdan o’tkazish, baholash va to’plangan tajribani tarqatishdan iborat. Shu maqsadda, loyiha tomonidan ekotizim barqarorligini ta’minlash sohasida qo’llanilayotgan eng muvaffaqiyatli amaliyotlar Qoraqalpog’iston va Qizilqum sahrosidagi tajriba uchastkalarida keng qo’llanilishi ko’zda tutilgan.

Loyiha o’z faoliyati davomida quyidagi maqsadlarga erishishni rejalashtirmoqda:

(i) Sahro va yarim sahro ekotizimlarda ekologik va iqtisodiy foyda keltiradigan o’simliklar turini aniqlash hamda er resurslaridan barqaror foydalanish usullarini tajribadan o’tkazish;

(ii) Mahalliy jamoalar bilan hamkorlikda harakatchan qumliklarni aniqlash hamda degradatsiyaga uchragan erlarni reabilitatsiya qilish;

(iii) Integratsiyalashgan rejalashtirishni va er resurslarni boshqarish uchun institutsional va yuridik asoslarni kuchaytirish;

(iv) Nazorat va baholashni amalga oshirish, o’rganish hamda boshqarish.
Kutilayotgan natija
- sahro hamda yarim sahro hududlardagi degradatsiyaga uchragan erlarni yahshilashga erishish hamda ekologik va iqtisodiy foyda keltiradigan harakatchan qumliklarni mustahkamlash mumkinligini namoyish qilish;

- yer resurslaridan foydalanishga oid an’anaviy usullarni qayta tiklash hamda yangi innovatsion usullarni qo’llash;

-tajriba uchastkalarida mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlikda er degradatsiyasi bilan bog’liq muammoni hal etishda davlat idoralarini qo’llab -quvvatlash.
Ko`chirish uchun xujjatlar
Loyiha raqami: 00053510
Statusi: Amaldagi
Davomiyligi: 02/02/2008 - 31/03/2013
Boshaqaruv: NEX

Byudjet
Umumiy byudjet: USD 2,787,000.00

Total Delivery:
Yil Miqdor
(ming AQSH dol.)
2009 274
2010 327
2008 173
2011 252

Contributions by donors
GEF (Global Environmental Facility) USD 950,000.00
UNDP USD 200,000.00
Government (in-kind) USD 1,637,000.00
Loyiha manzili
Uzbekistan, Tashkent, 100113, Chilanzar-8, Katartal str., 21
Tel.:+998 71 2739089
Faks:+998 71 2739089
Veb-sayt:http://forestry.uz/slmproject
Loyihaning milliy boshqaruvchisi

Murojaat uchun shahs

Ирина Бекмирзаева
Проект Раҳбари
irina.bekmirzaeva@undp.org

Mr. Djakhongir Nazarov
Administrative/Finance Assistant
Ms. Irina Bekmirzaeva
Project Manager
BMTTDda murojaat uchun shahs

Azamat Tashev
Suv va er resurslarini boshqarish bo`yica mutahassis
azamat.tashev@undp.org

So`nggi o`zgartirishlar
29/01/2013
Faoliyat sohasi
3. Environment and sustainable development

Loyiha bo`limi
7. Tabiiy Manbalar, Atrof Muhit va Tog` Sanoati
7.2 Yerdan foydalanishni rejalashtirish va uning boshqaruvi

Jug`rofiy yo`nalishi
Mamlakat bo`ylab
Bukhoro viloyati
Qaraqolpog`iston Respublikasi


Tadbiq qilayotgan agentlik / Asosiy hamkorlar