Xaridlar bo'limi
Ma`muriy markazning xaridlar bo`limi xizmat va tovarlar xaridi bilan shug`ullanadi va quyidagilarni bajaradi: loyiha xodimlari bilan mablag`ning mavjudligi va yetkazish/to`lash shartlari, xususiyatlari boyicha o`zaro aloqaga kirishadi; xarid usuli (RFQ, RFP yoki ITB talabidan kelib chiqqan holda)ni aniqlaydi; xaridni bajarishga tasdiq oladi (CAP, ACPga taqdim qiladi va ma`qullanishini kutadi), narxda kelishadi, ishonchli transport vositasini, sug`urtani aniqlaydi, be`taraf maslahatni ta`minlaydi va barcha faoliyatida xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya qiladi. Shunigdek ushbu bo`lim ko`p marotaba qo`llaniladigan mulkni qayd qiladi (loyiha mulkini ro`yxatdan o`tkazadi).
Xarid qilish vazifasiga qo`shimcha ravishda mazkur bo`lim umumiy ma`muriy ishlarni amalga oshirishda yordam ko`rsatib Mamlakat ofisi, loyiha va agentliklar uchun keltirilgan mulkni bojxonada rasmiylashtiradi; O`zbek va xorijiy vizalarni va xalqaro xodimlarga akkreditatsiya olishda, transport vositalarini qayd qildirishda Tashqi ishlar vazirligi (TIV) bilan o`zaro aloqaga kirishadi; inshoot va jihozlarni xarid qilish yoki ta`mirlash ishlari bilan shug`ullanadi, kanselyariya mollarini tarqatadi. Xaridlar bo`limi ta`minotchilar ro`yxati (roster)ni tuzadi.
tepaga