UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
Yulduz Bo’lmoqchimisan!?
chop etish rusumi 01/07/2012

Mingyillik Rivojlanish Maqsadlariga Erishish Yo’lida O’z Hissangni Qo’sh

Rnb Rap Freestyle Yo’nalishida Eng Yaxshi Qo’shiq Tanlovi

Mavzular: Gender Tenglik, Oits/Oiv Ga Qarshi Kurash, Atrof-Muhitni Muhofaza   Qilish, Salomatlik, Ta’lim Va  Turmush Darajasini Yaxshilash

G’olib Yoki G’olib Bo’lgan Guruh, Yulduz Honanda Bilan Klipda Ishtirok Etish Imkoniyatiga Ega Bo’ladi. Eng Yaxshi Ijrochilar  Qimmatbaho Sovrinlar Bilan Taqdirlanadilar (Ipad, Videokamera Va Boshqalar)

TANLOV SHARTLARI

-          Tanlovda faqat professional bo’lmagan ijrochilar ishtirok etishlari mumkin

-          Guruhlarning ishtirok etishi qo’llab-quvvatlanadi

-          Tanlovda 14 dan 27 yoshgacha bo’lgan ijrochilar ishtirok etishlari mumkin

-          Qiz va ayollarning ishtirok etishi qo’llab-quvvatlanadi

-          Ishtirokchilar tanlovga o’z qo’shiqlarini o’zbek, rus yoki ingliz tilida barcha turdagi audio yoki video formatda yuqori sifatda yozilgan CD/DVD disklarda topshirishlari lozim

-          Tarkibida nome`yoriy,zo’ravonlikka chorlovchi  va shunga o`xshash  so’z va iboralar  ishlatilgan qo’shiqlar tanlovga qabul qilinmaydi

FIKR VA G’OYALAR KERAKMI?
Emmanuel Jal - www.we-want-peace.com

TANLOV NATIJALARI XALQARO YOSHLAR KUNIGA BAG’ISHLANGAN TADBIRDA E’LON QILINADI

Qo’shiqlar 2012 yilning 20 iyuligacha Toshkent shahar, Taras Shevchenko ko’chasi 4-uy manzili bo’yicha BMT Vakolatxonasida qabul qilinadi. Murojaat uchun ma’lumot: tel.: +998 -71 – 1203464, Elektron manzil: UZBsongcontest@gmail.com.

Rasmlar
Statistics
  • Total success stories: 258
  • Total published this month: 12