UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
BMTTD tomonidan Inson Taraqqiyoti konsepsiyasi bo`yicha O`zbekistonda tashkil etiladigan yozgi maktabda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlandi
chop etish rusumi 29/06/2012

Ushbu yozgi o'quv maktabning asosiy maqsadi - ishtirokchilarni Inson Taraqqiyoti konsepsiyasi va uning amaliy jihatlarini tanishtirish, inson taraqqiyotiga doir global, mintaqaviy va milliy xisobotlar yuzasidan munozaralar olib borish imkoniyatini yaratishdir. Yozgi maktab yoshi, turar joyi, ta'lim yo'nalishi va kasbidan qat'iy nazar barcha inson taraqqiyoti masalalari bo'yicha qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Yozgi maktab ikki o'quv modulidan tashkil topgan:
•    Masofaviy modul, kuniga 2 soat talab etadi (2012-yil 17 Iyuldan - 24 Avgustgacha)
•    Interaktiv modul, kuniga 8 soat talab etadi (2012-yil 24-26 Sentyabr kunlari, Samarqand shahrida o'tkaziladi)

Masofaviy darslar ishtirokchilarning mustaqil ravishda nazariy va amaliy bilimlar bilan tanishishlariga mo'ljallangan. Modul ma'lumotlar kutubxonasi va ma'ruzachilar tomonidan olib boriladigan on-layn forum munozaralaridan iboratdir.

Birinchi modulning yakunlari bo'yicha eng yaxshi 20 ishtirokchi Samarqand shaxrida bo'lib o'tadigan interaktiv modulga taklif qilinadilar. Ushbu modul inson taraqqiyoti bo'yicha mutaxassislar tomonidan o'tkazilib, asosan master-klasslar va interaktiv mashg'ulotlardan iborat.
Arizalar 2012-yilning 16 iyuligacha qabul qilinadi!

Yozgi maktabda ishtirok etish uchun nomzodlar http://www.humandevelopment.uz sahifasida ro'yxatdan o'tishlari, o'z tarjimayi hollari va qatnashish istagini bildiruvchi xatlarni (o'zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida) resource@humandevelopment.uz elektron pochta manziliga jo'natishlari kerak.
Savollaringizni resource@humandevelopment.uz elektron pochta manziliga yozishingiz mumkin.

Ishtirok etish uchun arizalaringizni kutib qolamiz!

Rasmlar
Statistics
  • Total success stories: 256
  • Total published this month: 10