Yerlardan oqilona foydalanish va saqlashning institutsional masalalari
chop etish rusumi
24/04/2012
Yer resurslarini boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tashabbusining (YERBMOMT) salohiyatni oshirish bo‘yicha Ko‘p mamlakatli loyiha milliy komponenti doirasida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda O’zbekiston Milliy Universiteti bilan hamkorlikda yer hosildorligini oshirishda va oqilona foydalanishda mahalliy olimlarning yangi yutuqlari bo’yicha ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Ilmiy-amaliy seminarda O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi Agrar va Suv masalalari bo’yicha Qo’mitasining deputatlari, vazirlik va muassasalar, halqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlar va NNT vakillari qatnashdilar. Seminar davomida yerlardan oqilona foydalanishning institutsional masalalari muhokama qilinib, yer hosildorligini oshirishda va tuproqlarni yemirilishiga qarshi mahalliy olimlarning yangi yutuqlari taqdim etildi.
Yemirilish oqibatidagi yuzaga kelgan yerlarning degradatsiya muammosi O’zbekiston uchun juda muhim bo’lib kelmoqda. Hududlarning o’ziga xos tuproq hosil bo’lish xususiyatlarni inobatga olmasdan yerlardan noto’g’ri foydalanish, o’rmonzorlar kamayishi, chorva mollarning tartibsiz boqilishi, tuzlanish va xokazo omillar yemirilish jarayonlarini yanada kuchaytirib tabiiy tuproq qoplamasini o’zgarishiga, qishloq-xo’jalik ekinlari xosildorligi va ularrning sifatini pasayishiga olib keladi.
Yer hosildorligi darajasini barqaror saqlab turish sohasidagi har taraflama ilmiy izlanishlar, qishloq-xo’jalik ekinlarining o’sish va rivojlanishi uchun kerak bo’lgan sharoitlarni yaratish va oldindan bashorat qilish tuproqlarning fizik, agrokimyoviy va biologik faolligi bo’yicha chuqur izlanishlarni talab etadi. Yosh olimlarning ushbu sohasidagi ishlanmalari seminar qatnashchilarining alohida qisiqishlarini uyg’otdi. Shuning bilan birga seminar dasturida yer resurslaridan barqaror foydalanish sohasidagi dunyo tajribasi bo’yicha halqaro tashkilotlar olimlarining ma’ruzalari ko’zda tutilgan edi. Ilmiy amaliy seminar natijalari bo’yicha yerlardan oqilona foydalanishning institutsional poydevorlari masalalari boyicha tavsiyalar ishlab chiqilib qabul qilindi.