UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
BMT tomonidan «Oltin qalam» VII Milliy mukofoti tanlovida mahsus sovrinlar taqdim etildi
chop etish rusumi 03/05/2012

Jahon matbuot erkinligi kuni O'zbekistonda jurnalistika sohasida beriladigan Milliy mukofot g'oliblarini taqdirlash bilan nishonlanadi. O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi hamkorligida o'tkaziladigan tanlovning taqdirlash marosimi 3 may kuni “Turkiston” saroyida bo'lib o'tdi.

“Oltin qalam” VII Milliy mukofotini qo'lga kiritish uchun bu yili televideniye, radio, matbuot va Internet-jurnalistikada ijod qilayotgan 470 jurnalist 8 000dan ortiq ishlari bilan tanlovda ishtirok etdi. 28 qatnashchi turli nominatsiyalar bo'yicha g'olib deb topildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, Axborot markazi va BMT Ko'ngillilari dasturi “Gender tengligini rag'batlantirish va jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotida ayollar rolini kuchaytirish” mavzusidagi eng yaxshi material uchun mahsus sovrin ta'sis etishdi. O'zbekistondagi BMT Axborot markazi faoliyati davomida BMT olib borayotgan ishlarni, hususan jamiyatimizda ayollar bilan bog'liq loyihalarni muntazam ravishda yoritib kelganini yuqori baholab, maxsus sovrinni “Grand”  radiosi axborot bo'limi boshlig'i Nodira Maqsudovaga taqdim etdi.

“Biz deyarli har kuni BMT O'zbekistondagi vakolatxonasi va uning agentliklari mahalliy hamkorlar bilan birgalikda ko'plab dastur va loyihalarni amalga oshirayotganini guvohi bo'lishimiz mumkin, - deydi Nodira Maqsudova. - BMT olib borayotgan ishning samarali natijalarini men jurnalist sifatida efirlarimizda yoritib keldim va aynan shu materiallarim bilan tanlovda qatnashdim. Shuning uchun BMT Axborot markazi tomonidan berilgan sovrin men uchun juda ahamiyatlidir. Bu sovrin meni yangi cho'qqilarni zabt etishga undaydi, yangi loyihalar ustida ishlashga ilhom bahsh etadi”.

O'zining rag'batlantiruvchi sovrinlarini YuNESKO va Jahon banki ham taqdim etishdi. YuNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xorxe Espinal “Axborot ochiqligi va boshqarish” mavzusi bo'yicha tayyorlangan eng yaxshi material uchun “G'urriyat” gazetasining bosh muharriri O'ktam Mirzayorovni taqdirladi. Jahon bankining O'zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Takuya Kamata “Energetika samaradorligini oshirish masalalarini yoritgani uchun” mahsus sovrinni “Sog'lom avlod” gazetasining muxbiri Mayram Ahmedovaga topshirdi.

Rasmlar
Statistics
  • Total success stories: 267
  • Total published this month: 5