UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
2012 Respublika innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi
chop etish rusumi 01/05/2012

Shu yilning 3-5 may kunlari Milliy ko’rgazmalar majmuasi «O’zeksposentr»da V Innovatsiyalar Yarmarkazi o’tkaziladi va uning sohaga tegishli stendlarida sanoat, qishloq ho’jaligi, sog’likni saqlash va farmatsevtika, ahborot texnologiyalari, fan va maorif soxalariga oid 350 ortiq o’ziga hos innovatsion loyihalar taqdim qilinadi.   

Ko’rgazma stendlarida ishlanmalarni taqdim qilishdan tashqari muqobil energetikani rivojlantirish, innovatsion faoliyatning huquqiy-meyoriy asosini takomillashtirish, ilmiy-texnik ahborot ta’minotini rivojlantirish masalalariga bagíshlangan bir qator tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilmoqda. 

Yarmarka natijalari 3-chi kun turli sohalarga tegishli eng yahshi ishlanmalarni aniqlash va ularni sovg’alar va yorliqlar bilan taqdirlash, hamda Global Ekologik Fondning Kichik Grantlar Dasturi tomonidan grant mablagí ajratish uchun oldindan tanlab olingan atrof muhtni himoya qilishga mo’ljallangan loyihalarni   ro’yhatini taqdim qilish bilan sarhisob qilinadi.

Barcha hohlovchilarni V Innovatsiyalar yarkarkasiga tashrif buyurishga lutfan taklif etamiz. Yarmarkaga tegishli barcha masalalar bo’yicha (+99871) 232-19-44 telefon nomeri orqali yoki khamidulla.narmuratov@undp.org electron qutisi orqali murojaat qilish mumkin. Yarmarkaning Internet tarmog’idagi sahifasi: www.nova.uz. Loyihaning Internet tarmog’idagi sahifasi: www.inno.uz.  

Innovatsiyani rivojlantirish barqaror iqtisodiy o’sishning, tabiiy va boshqa resurslardan samarali foydalanish, atrof muhitni asrashning va pirovardida aholi farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biridir.    

BMT Traqqiyot Dasturining O’bekistondagi vakolathonasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda respublikada innovatsiya faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan «Innovatsion siyosat va texnologiyalar transferi sohasida qo’llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshiryapti. 

Mazkur loyiha doirasida bir-necha tadbirlar qatorida Respublika innovatsion go’yalar, texnologiyalar, va loyihalar yarmarkasini o’tkazishda yarmarka kataloglarini chop qilish, yarmarka qatnashchilariga – olim va ixtirochilarga, tarqatma materiallarni tayyorlash, turli tadbirlar – konferensiya va seminarlarni tashkillashtirish orqali ko’mak ko’rsatilmoqda.     

Ko`chirish uchun xujjatlar
 Innovation Fair Agenda (44 Kb)
 Программа Республиканской ярмарки инновационных идей, технологий и проектов (40 Kb)
 Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi kun dasturi (41 Kb)

Rasmlar
Statistics
  • Total success stories: 258
  • Total published this month: 12