Bo’lajak Jurnalistlar Tabiiy Ofatlar Hatarini Kamaytirish Haqida O’z Bilmlarini Oshirdilar
chop etish rusumi
25/04/2012
O’zbekiston zilzila, yer sathini ko’chishi, suv toshqini, qurg’oqchilik va shu kabi tabiiy ofatlarga moyilligi baland. Bu o’z o’rnida insonlar hayoti va mulkiga havf soluvchi talofatga aylanadi. Bu kabi talofatlar zararini kamaytirish uchun aholini tabiiy ofatlarga tayyorgarligini oshirish zarur.
Havfsiz jamiyat qurilishi yo’lida ommaviy axborot vositalari tabiiy ofatlarni boshqarishning hamma bosqichlarida, ya’ni, tabiiy ofatlar yuz berishidan oldin, ofat kelganida va hamda ofatdan keyin juda kata rol o’ynaydi. OAV tabiiy ofatlarni yumshatishda va har qanday davlat yoki jamiyatni tayyorgarligini ta’minlashda juda muhim bo’lgam kerakli impulsni ta’minlab beradi. OAV insonlar hayotini saqlab qolishga va iqtisodiy yo’qotishlarni kamaytirishiga o’z hissasini qo’shadi. Tabiiy ofatlar havfini kamaytirish jarayonini doimiyligini ta’minlashda OAV o’z ijtimoiy ma’suliyatlaini anglab yetishlari kerak.
O’zbekiston Respublikasining Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda “Tabiiy ofatlar hatarlarini boshqarish bo`yicha O`zbekiston Respublikasining salohiyatini mustahkamlash” qo’shma loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Ana shu loyiha dasturi doirasida 2012 yilning 25 aprel oyida O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universitining Halqaro Jurnalistika fakulteti talabalari uchun “Tabiiy ofatlar havfini kamaytirish va unda OAV o’rni” mavzusida ma’ruza tashkil qilindi.
Tadbirdan ko’zlangan maqsad, fakultet talabalarining tabiiy ofatlar havfini kamaytirish va ularni boshqarish haqidagi tushuncha va bilimlarini oshirishdir. Ushbu ma’ruzada qatnashgan talabalar, kelajakda tabiiy ofatlar bilan bog’liq masalalarni to’gri yoritish imkoniyatini beradi.
Ma’ruza doirasida tabiiy ofatlar boshqaruvining ko’pgina taraflari yoritildi. U O’zbekistonda yuz bergan tabiiy ofatlardan tortib, to iqlim o’garishlarining ta’sirigacha bo’lgan mavzularni o’z ichiga qamrab oldi. Ushbu maruzani loyihaning tabiiy ofatlarni kamaytirish bo’yicha milliy maslahatchisi doktor Amir Ali Han o’qidi.
Ma’ruza interaktiv tarzda olib borildi va talaba va loyiha ishchilari orasida qizg’in suhbatga aylanib ketdi. Deyarli ko’p talabalar tabiiy ofatlar mavzusiga bag’ishlangan ma’ruzada birinchi bor qatnashdilar. Talabalar, bo’lajak jurnalistlar ilgari hech qachon tabiiy ofatlar bilan bogliq terminlar ma’nolari, masalan, tabiiy ofat o’zi nima, talofat va zaiflik haqida baxs yuritishmagan, ularni tahlil qilib va tushunishga harakat qilishmagan ekan. Tadbirning eng zavqli joyi, bu tabiiy ofatlarni yumshatish va boshqarishda ommaviy axborot vositalarining o’rni mavzusida baxs-munozara bo’ldi.
“Men ilgari jurnalistlar tabiiy ofatlarni oldini olishda aholiga ma’lumot berishlari kerakligini bilmagan edim. Mening nazarimda olimlar ilmiy bashorat tuzadilar va jurnalistlar faqatgina yangiliklar orqali yoritadilar deb o’ylar edim” – dedi ikkinchi bosqich talabasi.
Ma’ruzadan so’ng loyiha tomonidan “Tayyorgarlik talofat oldini oladi” mavzusida talabalar orasida insho tanlovi e’lon qilindi. Tanlovda yutgan uchta talaba uchun loyiha Jahon Banki Insitutining Hindistondagi Tabiiy ofatlarni boshqarish instituti orqali tabiiy ofatlarni boshqarish bo’yicha internet kurslarida o’qish imkoniyatini yaratadi.