Jurnalistlarga – bandlikni ta`minlashda ijtimoiy sheriklik to`grisida
chop etish rusumi
07/04/2012Jurnalistlar uchun «Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan insonlar bandligini ta'minlashda ijtimoiy xamkorlik masalalari va uni Ommaviy Axborot Vositasida yoritish”” mavzusida trening bo'lib o'tdi. Trening tashkilotchilari – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va O'zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi hamkorligidagi “Bandlikni ta'minlashda ijtimoiy sheriklik” loyihasi va BMT Axborot Markazi yordamida. Treningda 28 nafar Milliy teleradiokompaniya, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko'rsatayotgan jurnalistlar ishtirok etdi.
“Bandlikni ta'minlashda ijtimoiy sheriklik” loyihasi ayollarni va nogiron shahslarni bandlik va ish bilan ta'minlash masalalrida jamoatchilikning ongini shakllantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Ayollar va nogiron shahslar o'rtasida bandlik ko'rsatgichlari o'sishi, boshqa olib borilayotgan islohotlardan tashqari, jamoatchilikning qanchalik axborotga egaligiga, OAV hodimlarining ijodiy materiallar tayyorlashda tenglik va kamsitmaslik tamoyillariga itoat etishlariga va davlat dasturlarini to'g'ri yoritishga bog'liqdir.
Shu maqsadlarga erishish uchun Loyiha jurnalistlar va OAV xodimlar bilan hamkorlik qilish niyatida alohida tadbirlar rejalashtirgan. Loyiha jurnalistlar bilan birgalikda asosiy e'tiborini ayollar va nogiron shahslarning bandlik masalalarini yoritishda ijtimoiy sherikchilik orqali birgalikda ish olib bormoqda.
Trening maqsadi «Mustahkam oila yili» Davlat Dasturini amalga oshirish doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan insonlar bandligini ta'minlashda ijtimoiy sheriklik masalalari bo'yicha OAV uchun material tayyorlashda jurnalistlar bilimi va ko'nikmalarini kengaytirishdan iborat.
Mazkur treningni ayollar xuquqlari bo'yicha mutaxassis Toshkent shahar “Faol” Nodavlat notijorat tashkiloti raisi N. Gapparova () hamda jurnalistika sohasi yetakchi tadqiqotchisi O'zbekiston Milliy Universiteti jurnalistika fakulteti kafedra midirasi f.f.d. Yo.Mamatova () o'tkazdilar.
Trening o'tish jarayonida quyidagi masalalarga e'tibor qaratildi:
1. Mehnat huquqi asoslari va uning kafolatlari.
2. Aholining bandligini ta'minlashda va mehnat xuquqlarini himoya qilishda kamsitilishning oldini olish borasidagi asosiy xalqaro tamoyillar va huquqiy me'yorlar mazmuni.
3. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining bandligini ta'minlashda mavjud bo'lgan qo'shimcha chora –tadbirlar.
4. Aholining bandligini ta'minlash masalalarini OAV da to'g'ri yoritish usullari.
Mamatov Abdug'ofur, «O‘zbekiston» teleradiokanali. «BMT hamkorligida tashkil etilgan ushbu uch kunlik seminar jurnalistlarni, mening nazarimda, e'tiboridan bir oz chetda qolayotgan, yoki bo'lmasam, ular uchun «mayda» bo'lib tuyulgan mavzularni naqadar axamiyatli va ijtimoiy hayotimizda juda katta o'rni borligini anglatib turibti. Masalan, ma'ruzachilar nogironlarni ish bilan ta'minlash va bunda nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni birgalikda olib borishning yaxshi samara berish misollarda tushuntirib berishdi. Shahsan men uchun aynan o'sha ijtimoiy himoya bilan bog'lik va fuqarolik jamiyatlari institutlarini faoliyati bilan bog'liq jixatlari yangilik bo'ldi. Biz «mayda» deb o'ylagan narsalar juda muhim ekanligini jamiyatimizning tarraqiyotiga hissa qo'shish mumkinligini angladik».
Mahbuba Batirbekova, «Toshkent» teleradiokanali. Nigora Ғapporova va Yoqutxon Mamatova hamkorligida biz bu uch kunlik trening natijasida ijtimoiy sherikchilik masalariga butunlay boshqacha qarashni boshladik. Bo'lib o'tgan treningni ma'ruza deb aytolmayman – bu yerda ijodiy bahs-munozaralar bo'ldi. Men ilgari biron-bir mavzu to'g'risida ko'rsatuvni qanday qilib olsam ekan, muammoni qanday qilib yoritish mumkin ekan deb ko'pkina o'ylar edim. Ushbu trening menga juda katta yordam ko'rsatdi va shu yerda olgan bilimlarim mening faoliyatimda katta yordam beradi deb ishonaman. Mening fikrimcha, shunday treninglarni bosh muharrirlar va OAV rahbarlari uchun ham tashkil qilish lozim, chunki tahririyat rejalari va mavzularini ular kabul qilishadilar. Ularga ham shu trening serhosil bo'ladi deb ishonaman. Shu treningdan so'ng ko'pkina nashrlarda ijtimoiy hamkorlik masalariga taalluqli makolayu kursatuvla kupayishiga ishonaman.
“Bandlikni ta'minlashda ijtimoiy sheriklik” loyihasi tomonidan aprel oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini bandligini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan eng yaxshi jurnalist materiali uchun tanlovni e'lon qilinishi rejalashtirilgan. Tanlov natijalari 27 iyunda, O'zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni e'lon qilinishi rejalashtirilgan. Tanlov g'oliblari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.