UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
OIV infeksiyasiga qarshi kurash borasida kelgusidagi hamkorlik boyicha muloqot
chop etish rusumi 11/04/2012

2012 yilning 23 mart kuni o’tkazilgan BMTTD/Global Jamg’arma Loyihasi hamkorlarining uchrashuvi OIV infeksiyasini oldini olish, davolash, kasallanganlarni parvarish qilish va qo’llab-quvvatlash sohasida faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlarning vakillarini birlashtirdi. Uchrashuv OIVga qarshi kurash borasidagi ishlar natijalarining taqdimoti hamda kelgusidagi hamkorlikni muhokama qilishga bag’ishlandi.

BMTTD/GJ Loyihasining asosiy maqsadi - O’zbekiston Respublikasida OIVning aholining ushbu kasallikka chalinishga moyilligi yuqori bo’lgan qatlamlariga ta’sirini kamaitirish orqali uning umumiy aholi orasida tarqalishining oldini olish hamda OIVning oldini olish, tashhis qo’yish, davolash va qo’llab-quvvatlashni ta’minlash uchun sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish va salohiyatni oshirishdir. OIV bilan yashayotgan insonlarni antiretrovirus davolash (ARVT) bilan ta’minlash Loyiha faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Loyiha faoliyati ushbu sohadagi xalqaro bitimlar, jumladan, Antiretrovirus davolash haqidagi deklarasiya, Dublin deklarasiyasi va boshqalarga binoan majburiyatlarni bajarishga intilayotgan O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. Ushbu majburiyatlarga binoan, 2012 yilning oxiriga kelib respublika boyicha 6000 nafar shaxsning ARVT bilan qamrab olinishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining barcha muhtojlarga antiretrovirus davolanishdan foydalanishni ta’minlash borasidagi tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan milliy protokollarga muvofiq, 2013 yilning oxiriga borib ARVTga muhtoj insonlar soni 8000 nafarni tashkil etishi mumkin.

Global Jamg’arma Loyihasi bujeti cheklanganligini hamda 2013 yilda ARVTga ehtiyojni qondirish lozimligini hisobga olgan holda, Respublika Hukumati donor tashkilotlarning mablag’larini jalb etish bo’yicha tashabbusni o’z zimmasiga oldi, bundan ko’zlangan maqsad – mablag’lardan samarali foydalanish hamda bu boradagi ishlarni yanada muvofiqlashirish. Bu borada “Chegarasiz shifokorlar” xalqaro tashkilotining O’zbekistondagi rahbari d-r Andreas Brunderning hamkorlik qilish va 330 nafar insonga ARVTni ta’minlashga tayyorligi katta ishtiyoq bilan kutib olindi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida loyihaning sub-resipientlari bo’lgan Respublika OITSga qarshi kurash markazi, YUNISEF, nodavlat tashkilotlar o’zlarining 2011 yilda erishgan natijalarini taqdim etdilar. E’tiborlisi shuki, loyiha 2011 yilda juda qisqa vaqt ichida amalga oshirilganligiga qaramay, deyarli barcha rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga erishildi, ayrim ko’rsatkichlar esa ortig’I bilan bajarildi. Loyiha menejeri d-r Zokir Qodirov ushbu yutuqlarni yana bir bor ta’kidlab, Global Jamg’armaning O’zbekistondagi OIV bo’yicha loyihasi Jamg’armaning bosh ofisi tomonidan A1 reytingga musharraf bolganini e’lon qildi. Ushbu yutuq nafaqat loyiha faoliyatiga berilgan yuqori bahoni namoyish etadi, balki shu bilan birga O’zbekistonda shunday dasturlarni amalga oshirish uchun kelajakda ham moliylashtirish imkoniyatini ochib beradi.

Uchrashuv ishtirokchilarga fikr almashish va yangi hamkorlik aloqalarini o’rnatish imkoniyatni yaratib berdiki, ushbu yondashuv ishtirokchilar tomonidan mamlkatda OIVga qarshi kurash tadbirlari ko’lamini kengaytirish va antiretrovirus davolashni keng ta’minlash borasidagi hamkorlikni kengaytirishning samarali vositasi deb tan olindi.

Rasmlar
Statistics
  • Total success stories: 267
  • Total published this month: 5