UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
O`zbekistonda antiretrovirus davolashni barcha unga muhtoj insonlar uchun ta`minlash sari qadamlar
chop etish rusumi 02/04/2012

2004 yilning 23-24 fevral oyida Dublin shahrida bo’lib o’tgan “To’siqlarni yengib – Yevropa va Markaziy Osiyoda OIV/OITSga qarshi kurash yo’lida hamkorlik” nomli konferensiyada Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari vakillari tomonidan ushbu mintaqada OIV/OITSga qarshi kurash to’grisidagi Deklarasiya imzolandi. Ushbu Deklarasiyaning asosiy shiori – “samarali, hammabop va barchaga barobar oldini olish, davolash va parvarish qilishni ta’minlashdir”.

O’zbekiston OIV infeksiyasining konsentrlangan bosqishida bo’lib, infeksiyaning tarqalishiga samarali qarshi kurash hamda antiretrovirus davolash (ARVT) ni ta’minlash hukumat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarb masala bo’lib kelmoqda. 2011 yilning 1 dekabrida ro’yhatdan o’tgan mamlakat bo’ylab istiqomat qilayotgan OIV bilan yashayotgn insonlar soni 18772 nafar kishini tashkil qildi. Antiretrovirus davolash va parvarish qilish xizmatlarini ta’minlash nafaqat mamlakatdagi OIV bilan yashayotgan insonlar umrining davomiyligi hamda sifatini oshirish, shu bilan burga, infeksiyaning yanada tarqalish havfini kamaytirish imkoniyatini beradi.

Shu bois, BMTTD/Global Jamg’arma loyihasining texnik ko’magida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo uchun davolash va davolashni ta’minlash bo’yicha Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining so’nggi tavsiyalari asosida ARVT bo’yicha milliy klinik protokollar qayta ko’rib chiqildi. Milliy protokollar O’zbekiston sharoitiga javob beradi va respublika Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan keng qo’llanish uchun tasdiqlandi. Shu bilan birga, ushbu protokollar OIV infeksiyasini davolash va kasallanganlarni parvarish qilish xizmatlarini psixik salomatlikni qo’llab-quvvatlash, asosiy ko-infeksiyalarni davolash, reproduktiv salomtlik hamda palliativ yordam xizmatlari bilan integrasiya qilish masalalarini yechishda qo’l kelishi ko’zlangan.

ARVT bilan unga muhtoj bo’lhan insonlarni ta’minlash dunyo bo’ylab OIVga qarshi kurashning eng muhim masalalaridandir. Davolash bo’yicha xizmatlarning samarali mahalliylashtirilishi hamda ularning ko’proq insonlarga muhayo bo’lishi tugayli 2011 yilda BMTTD/Global Jamj’arma loyihasi doirasida antiretorvirus dori-darmonlar bilan davolanayotgan insonlar soni 2600 nafardan 3800dan ziyod nafarga yetdi.

BMTTD/Global Jamg’garma loyihasi doirasida ARV dabolashni barcha unga muhtoj insonlarga muhayo qilishni yanada qo’llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Loyiha doirasida ARV dori-darmonlarni xarid qilishga qo’shimcha mablag’ ajratish hamda qo’shimcha donorlar mablag’larini jalb etish natijasida 2012 yilning oxiriga borib 6000 nafar inson ARV terapiya bo’yicha davolana oladi.
Statistics
  • Total success stories: 258
  • Total published this month: 12