Har bir tomchi suv bebaho: Loyihada ishtirok etish e`loni
chop etish rusumi
27/03/2012
BMTning Taraqqiyot Dasturi va Coca-Cola kompaniyasining “Har bir tomchi suv bebaho” deb nomlangan mintaqaviy suv hamkorligi suvdan foydalanish bo’icha mahallaga asoslangan loyihalarni qo’llab-quvvatlaydi va barcha nodavlat notijorat va rivojlanish sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa turdagi tashkilotlarni, muassasalarni innovativ loyihalarni amalga oshirishda ishirok etishga taklif qiladi. Loyihalar quidagi yo'nalishlarda amalga oshirilishi mumkin: xavfsiz ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash, sanitariya va gigiyena xizmatlarini yaxshilash, iqlim o’zgarishlariga moslashishga qaratilgan tadbirlar va shuningdek mahalliy aholi o’rtasida suv resurslaridan oqilona foydalanishga oid targ’ibot ishlarini olib borish. Loyiha taklifining shakli pastda ushbu e’longa ilova qilingan.
Loyiha takliflari 100029, Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko’chasi, 4uy manzili bo’icha joylashgan BMTning Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasiga taqdim etilishi lozim.
Takliflar 2012 yil 17 aprel kuni soat 18:00gacha qabul qilinadi. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun iwrm.undp@gmail.com electron manzil yoki (+99871) 2419182 telefon raqami orqali murojaat etilishi mumkin.
Ko`chirish uchun xujjatlar
Every Drop Matters Application Form (604.01 Kb)