UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
Davlat xizmatlarini sifatli tarzda ko`rsatish
chop etish rusumi 09/12/2011

Namangan shahri hokimligi huzuridagi Yagona oyna markazi (YaOM) hamda Namangan viloyati, Namangan shahar va Yangiqo‘rg‘on tuman hokimliklari Axborot xizmati markazlarining (AXM) rasmiy ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Rasmiy ochilish marosimlarida Namangan viloyati hokimi Bahodir Yusupov hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Jaco Cilliers ishtirok etdi. Ushbu tashabbuslar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda Jizzax va Namangan viloyatlarida “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasini (BMTTD loyihasi) amalga oshirish yo‘lidagi muvaffaqiyatli xamkorligi samarasidir. 
 
2011-yil boshida BMTTD loyihasini Namangan viloyatida amalga oshirish doirasida, BMTTD loyihasi hamda Namangan viloyat hokimligi o`rtasida yillik qo`shma harakat rejasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Rejaga ko‘ra, Namangan shahrida YaOM, hamda viloyatning 3 ta hokimliklarida – Namangan viloyat va shahar, hamda Yangiko`rg`on tuman Axborot xizmat markazlarini tashkil etishda hamkorlik qilishni ko‘zda tutgan edi.
 
Ma’lumki, YaOM konsepsiyasi jamoatga xizmat ko‘rsatishda nisbatan yangi va juda samarador yondashuv sifatida tanilgan. U aholiga turli xil davlat xizmatlarini bir joyda mujassam etgan holda, zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalarini q`ollash orqali aholini mijoz o‘rnida ko‘radigan sistemalarni joriy etadi. Bu o‘z navbatida fuqarolarga davlat xizmatlarini sifatli va o`z vaqtida ko‘rsatishning masofadan turib amalga oshirilishini, ya’ni bir-biridan uzoqda joylashgan tegishli davlat idoralariga tashrif buyurmasdan o‘z yumushlarini hal qilishga yo‘l ochadi. Shu bilan birga, turli davlat tashkilotlari xam o‘z xizmatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolarga yetkazib, o‘z ma’muriy va operatsiyaviy xarajatlarini kamaytirib, o‘zlarining asosiy vazifalari, ya’ni rejalashtirish va qaror qabul qilish bilan ko‘proq shug‘ullanishlariga vaqt tejash imkoniyatini yaratadi.
 
Shu bilan birga, YaOM fuqarolarning alohida talablarini va bir darajadagi sifatli xizmat olishlarini ta`minlashi, hamda har bir davlat idorasining o`ziga hos bo`lgan texnologik imkoniyatlari va byurokratik jarayonlarini hisobga olgan holda yaratilishi muhimdir. Shuning uchun, turli mamlakatlarda YaAMlarini faoliyatini yo`lga qo`yishning turli modellari mavjuddir. Misol uchun, yurtimizda, 2010-yil aprel oyida BMTTD ko`magida birinchi bor loyihaviy YaOMning Toshkent shahar Sergeli tumanida faoliyati yo`lga qo`ydi. Qayd etilgan YaOM O‘zbekiston sharoitiga mahalliylashtirilgan yagona axborot markazini kontseptual ko‘rinishini ishlab chiqib amalga tadbiq qilish va sinovdan o‘tkazish uchun o‘rnatilgan edi. Loyihaviy YoOM tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lganligi sababli uni mamlakat Hukumati barcha vazirliklar, davlat idoralari va mahalliy ma’muriy tashkilotlariga 2011-yil oxirigacha keng qamrovli tadbiq etilishini tavfsiya etdi (2011-yil 16-fevraldagi 08-8-14 sonli Qarorga asosan).
 
BMTTD esa bu tashabbusni “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyixasi orqali Jizzax va Namangan hokimiyatlari qoshida YaOMlar faoliyatini yo`lga o‘rnatgan holda davom etirmoqda. Shu jumladan, BMTTD loyihasi Sergeli YaOM va dunyoning eng muvaffaqiyatli tajribasini inobatga olgan xolda Jizzax va Namangan YaOM kontseptsiyasini ishlab chiqdi va zamonaviy axborot texnologiya jixozlari bilan ta’minladi, tegishli xuquqiy-meyoriy va ichki xujjatlarno ishlab chiqishga ko‘maklashdi, YaOMni tegishli davlat idoralari bilan bog‘lashga yordam berdi. O‘z o‘rnida, Namangan shahar hokimligi, tashabbusning asosiy hamkori sifatida alohida xonalar ajratdi, ularni ta`mirlab jihozladi, kerakli mebel va telefon liniyalari bilan ta’minladi. Shu bilan bir qatorda, UNICEF xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Jizzax va Namangan shahar YaAMlarida bolalarni maktabgacha bo`lgan tashkilotlarga qabul qilinish tizimini takomillashtirish, bolalar sog‘lig`iga doir axborot markazini o‘rnatilishi va bolalarga xavfsiz o‘ynash maydonchalarini tashkil etilishi haqida kelishib olindi.
 
Shunisi e’tiborga molikki, Sergeli YaOMdan farqli o‘laroq, Namangan YaOM mustaqil tashkilot sifatida bunyod etildi va keyinchalik elektron-hukumatning davlat boshqaruv tizimida fuqarolar bilan bevosita muloqot olib borishga moslangan “front office” va davlat idoralariga sermahsulroq ishlash imkoniyatini kengroq ishlatilishini ta’minlab beruvchi “back office” yondashuvi modellashtirildi. Buning uchun tegishli davlat xizmatlarni ko`rsatuvchi idoralarda Funktsional analiz va salohiyatni baholash ishlari xalqaro va mahalliy konsultantlarni jalb etgan holda olib borildi. Shuni aytish mumkinki, o‘rganishlar natijasida mahalliylashtirilgan yondashuv nafaqat fuqarolarga, balkim mahalliy idoralarda ishlayotgan davlat xodimlariga ancha qulay va samarador tizim ekanligini isbotladi.
 
Namangan hokimliklari va BMTTD loyihasining hamkorlikdagi yana bir e’tiborga molik tashabbusi bu mahalliy hokimliklarning texnik va funktsional qobiliyatlarini yaxshilash orqali fuqarolarga davlat hokimliklari faoliyati haqida ma`lumotlarni tez va qulay tarzda etkazib berish tizmini yo`lga qo`yishdir. Ushbu vazifa mamlakat Prezidentining 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis va Parlamentning qo‘shma yig‘ilishida “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatda fuqarolik jamiyatini barpo etish kontsepsiyasi”da asosiy omillardan biriligi ta’kidlab o‘tilgan edi. Shuni hisobga olgan holda, BMTTD loyihasi Namangan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda 3 ta AXMlarini Namangan viloyat va shahar hokimliklari va Yangiqo‘rg‘on tumani xokimligida barpo etdi.
 
Qayd etilgan tashabbusning amalga oshirilishiga 2010-yilda aholi orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari, ya’ni davlat idoralari faoliyati haqida sifatli ma’lumotlarni barvaqt va tushunarli ravishda yetkazilishiga fuqarolar orasida katta talab borligi asos bo‘lgan edi. Shuning uchun,  AXMlar davlat, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar o`rtasida ikki tomonlama samarali muloqotni ta’minlashi kutilmoqda. Shu yo‘sinda ushbu yangilik mahalliy hokimliklar obro‘sini oshiradi, mahalliy aholining davlat idoralariga bo`lgan ishonchini va hayrixohligini mustahkamlaydi.
 
Yuqorida zikr etilgan sa`y-harakatlar ishtirok etayotgan barcha tomonlarning bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat olib borganligi sababli amalga oshirildi. Misol uchun, joylardagi hokimliklar tegishli xonalar ajratdi, ularni ta’mirlab, mebel bilan jihozladi, aloqa liniyasi o‘tkazdi, tegishli  shtat birliklari ajratdi.  BMTTD loyihasi esa o‘z navbatida BMTTDning Demokratik boshqaruv trast fondidan (DGTTF) qo‘shimcha 200 000 AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish yordamini jalb etdi, tegishli huquqiy-meyoriy hujjatlar tayyorlashga ko‘maklashdi, axborot xizmatlari xodimlarini o‘qitdi, uskunalar va tashkiliy texnika sotib olib berdi. Ushbu AXMlarning faoliyatini yo`lga qo`yish tajribasi kelajakda mamlakatning boshqa shaxar va viloyatlarida shu kabi AXMlarning tadbiq qilinishida qo`llanishi mumkin.
 
Jaco Cilliers, ochilish marosimida quyidagilarni ta’kidladi: “Albatta, kelajakda ushbu Axborot xizmat markazlari va Yagona Oyna Markazlari faoliyatining barqarorligini ta`minlash ishtirok etgan tomonlar va hamkorlarning yanada ko‘proq o‘zaro hamkorligini talab etadi. Ushbu maqsadlarga erishishda BMTTD “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasini amalga oshirish orqali Namangan hokimliklari bilan hamkorlikni davom ettirish tarafdori”.
 
____________________
BMTTDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasi (www.lgsp.uz) joylarda mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun kerakli bo‘lgan shart-sharoitlarni barpo etish va davlat xodimlarining professional salohiyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, loyiha tomonidan keng jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatish va elektron-hukumat mexanizmlarini institutsionallashtirish bilan bir qatorda Jizzax va Namangan viloyatlarida turizm resurslarini boshqarish sohasida davlat va xususiy sektor hamkorligiga doir na‘munaviy loyihalarni amalga oshirish orqali mahalliy boshqaruv organlarining fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari bilan hamkorligini mustaxkamlashga ko‘mak berishi ko‘zda tutilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Jizzax va Namangan viloyati hokimliklari ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Rasmlar
Statistics
  • Total success stories: 256
  • Total published this month: 10