UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
Jizzax viloyatida qog’ozli hujjat almashuvi sistemasiga barham berildi
chop etish rusumi 11/08/2011

Qog`ozga asoslangan hujjat almashuvi tizimining samarasizligi ish yuritishning barcha boshqichlarida vazifalarni bajarish va qaror qa’bul qilish bilan bog`liq bo`lgan sarf-harajatlarning o`sishiga olib keladi. Agar ilgari hokimiyatlar bir necha asrlar davomida qog`ozga asoslangan hujjatlar bilan ishlash tizimini qo`llagan bo`lsalar, hozirda hujjat va ma`lumot oqimlarini elektron boshqaruv tizimlarini tad’biq etish tendentsiyasi kuzatilmoqda.

Odatda hokimiyatlar raqamli texnologiyalarni qo`llashga o`tish jarayonining ilk bosqichlarida eng avvalo avtomatlashtirilgan hujjat almashuvi tizimlarini o`rnatmoqdalar. Elektron hujjat almashuvi tizimlari biznes jarayonlarini samarali boshqarish va tizim foydalanuvchilari orasidagi aloqani o`sha paytning o`zida ta’minlab berish xususiyatlari evaziga borgan sari ommaviylashib bormoqda. Ushbu tizimlar vazifa va jarayonlarni qog`ozni tejab bajarish, shuning bilan birgalikda hujjatlarni tayyorlash, yuborish va qa’bul qilib olishga sarflanayotgan vaqtni tejash bilan birga ushbu hujjatlarning harakatlanish jarayonining barcha bosqichlarini kuzatib borish imkoniyatini beradi.

O`zbekistonda ushbu jarayon mamlakat Prezidentining 2005 yilning o`rtalarida qa’bul qilingan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risi”dagi qarori asosida jadal rivojlana boshlagan bo`lsa, markaziy va joylardagi davlat organlari o`rtasida yagona muhofaza qilingan elektron pochta va elektron hujjat almashuvi tizimlarini bosqichma-bosqich tad’biq etish va qo`llashga doir aniq sayi-xarakatlarni belgilab beruvchi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 4 may kunida 126-sonli qarori ushbu yo`nalishdagi ishlarni davom ettirish kerakligini yana bir marta isbotladi.

O`zbekiston hukumatining ushbu yo`nalishdagi sayi-harakatlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida, BMT Taraqqiyot Dasturining O`zbekistondagi vakolatxonasi (BMTTD) “Mahalliy boshqaruv tizimini qo`llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasini (BMTTD loyihasi) amalga oshirish doirasida Jizzax va Namangan viloyat hokimliklari o`rtasida elektron hujjat almashuvi tizimini tad’biq etishda ko`mak bermoqda.

BMTTD loyihasi ushbu masalani yechishda dastlabki salohiyatni va ehtiyojni o`rganish, kerak bo`lgan kompyuter texnikasini harid qilish va o`rnatish, va shaxsiy elektron raqamli imzolarni qo’llagan holda yangi elektron hujjat almashuvi tiziminidan foydalanish bo`yicha hokimliklar xodimlariga o`quv dasturlarini o`tkazish kabi bir necha bosqichdan iborat bo`lgan yondashuvni qo`lladi.

Misol uchun, elektron hukumat bo`yicha ehtiyojlarni o`rganish uchun olib borilgan izlanish natijasida, BMTTD loyihasi Jizzaxdagi viloyat, shahar va tuman hokimliklarida mavjud bo`lgan texnik ehtiyojlarni tuldirish maqsadida 17-ta kompyuter va 1-dona printerni xokimliklarga taqdim etdi. 2011 yilning Iyun oyida “E-Hujjat” elektron hujjat almashuvi tizimi muvofaqiyatli o`rnatildi va tajriba tarzida ishga tushirildi. Undan keyin esa shaxsiy elektron raqamli imzolarni qo’llagan holda yangi elektron hujjat aylanish tiziminidan foydalanish bo`yicha 50 nafar viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari xodimlariga o`quv dasturlari tashkillashtirildi.

Natijada, Jizzax viloyat, shahar va viloyatning 12 tuman hokimliklari hozirgi paytda kerakli hujjatlarni o`zaro almasha oladilar. Zafarobod tumani hokimligi vakili K. Irjigitovning so`zlariga ko`ra: “Ushbu yangilik bizning hokimiyatimizdagi ish jarayonini kundalik ishimizni bajarishda ortiqcha bo`lgan hujjatlarni kamaytirgan holda yanada tez va samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi”.

Ta’kidlash joizki, ushbu natijalar Jizzax viloyati, Viloyat Kompyuterlashtirish markazi, O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining viloyat bo`linmasi, “Uznet” davlat idoralariaro tarmog`ining viloyat bo`linmalari va “UNICON.UZ” markazlarining yaqindan ko`magida erishildi.

Hozirgi kunda loyiha ko’magida Namangan viloyatining barcha hokimliklari o`rtasida ham ana shunday hujjat almashuvi tizimi tad’biq etiladi. Ushbu umumiy hisobda 116 nafar viloyat hokimliklarining hodimlarini qamrab olishi ko`zda tutilgan tizim 2011 yilning avgust oyi ohirida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 
_______________________________________________
BMTTDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo`llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” Loyihasi (www.lgsp.uz) joylarda mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun kerakli bo`lgan shart-sharoitlarni barpo etish va davlat xodimlarining professional salohiyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, loyiha tomonidan keng jamoat bilan aloqa qilish va elektron-hukumat mexanizmlarini institutsionallashtirish bilan bir qatorda Jizzax va Namangan viloyatlarida turizm resurslarini boshqarish sohasida davlat va xususiy sektor hamkorligiga doir na’munaviy loyihalarni amalga oshirish orqali mahalliy boshqaruv organlarining fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari bilan hamkorligini mustaxkamlashga ko`mak berishi ko`zda tutilgan. Loyiha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Jizzax va Namangan viloyati hokimliklari ko`magida amalga oshirilmoqda.
 
 

Rasmlar
Statistics
  • Total success stories: 254
  • Total published this month: 8