UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
Innovatsion texnologiyalarni transferi va tijoratlashtirish bo’yicha amaliy qo’llanmalarni ishlab chiqildi
chop etish rusumi 05/08/2011

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasi “Innovatsion siyosat va texnologiyalar transferi sohasida ko’maklashish” loyihasi (SIPTT loyihasi) doirasida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi qoshidagi Texnologiyalar transferi agentligi (TTA) bilan hamkorlikda innovatsion texnologiyalarni transferi va tijoratlishtirish bo’yicha qator amaliy qo’llanmalarni ishlab chiqdi. Keyingi yillarda O’zbekiston hukumati tomonidan innovatsion faoliyatni jadal rivojlanishiga iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishni ta’minlashning asosiy omili sifatida katta etibor berilyapti. Innovatsiya faoliyati o’z navbatida uning turli ishtirokchilari bo’lgan davlat, ilmiy-tadqiqot institutlari, xususiy sektor, foydalanuvchilar va moliyaviy tashkilotlar o’rtasida o’zaro mustahkam munosabat bo’lishini talab etadi.

Amaliyotni ko’rsatishicha innovatsiya faoliyatining barcha ishtirokchilari uchun texnologiyalar transferi va tijoratlashuvi masalalari kam o’rganilganligicha qolyapti. Innovatsion texnologiyalarni transferi va tijoratlashtirishning turli jihatlari haqida umumiy tushunchani kengaytirish va amaliy tavsiyalarni taqdim qilish maqsadida SIPTT loyihasi tomonidan treninglar o’tkazish, amaliy qo’llanmalar va boshqa o’quv vositalarini tayyorlashga ko’mak ko’rsatilyapti.      

Xozirgi paytda SIPTT loyihasi innovatsiya faoliyati asoslari, menejment, texnologiyalar transferi markazlarini faoliyatini tashkillashtirish, texnologik audit va innovatsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish, marketing va biznes rejalarini ishlab chiqish mavzulari bo’yicha 9-ta amaliy qo’llanma ishlab chiqdi. Xususan, intellektual mulk (IM) obyektlarini boshqarish amaliy qo’llanmasida nomoddiy aktivlar tasniflanishi, litsenziyali kelishuvlar haqida umumiy tushunchalar, IM хatarlari atroflicha tasvirlanadi va yoritiladi, IM obyektlarini kompleks himoyalash uchun tavsiyalar beriladi. Amaliy qo’llanmalarning bir qismi shu yili 13-15 aprel oyida o’tkazilgan IV Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi ishtirokchilariga ham taqdim qilindi.

Shu bilan birga SIPTT loyihasi innovatsion tadbirkorlik, korxonalarning innovatsion faoliyatini tahlil qilish, innovatsiya loyihalarini moliyalashtirish, nomoddiy aktivlarini va IM obyektlarini baholash uslubi va omillari, texnologiyalar transferining huquqiy asoslari, viloyatlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish mavzulari bo’yicha qo’shimcha amaliy qo’llanmalar va innovatsiya va texnologiyalar transferi sohasiga oid so’z va atamalar lug’atini tayyorlash ustida ish olib boryapti.  

Ishlab chiqilgan qo’llanmalar va ularning qisqa matnlari bilan SIPTT loyihasining quyidagi ko’rsatilgan Internetdagi sahifasida tanishingiz mumkin www.inno.uz/publications

Rasmlar
Statistics
  • Total success stories: 252
  • Total published this month: 6