UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
Horijiy investorlarni jalb qilishning muvaffaqqiyatli vositasi
chop etish rusumi 30/06/2011

Tashqi savdo hamda investitsiyalar mamlakat rivojining muhim omillaridan hisoblnadi. Rivojlanayotgan, hamda iqtisodiy o’tish davrini boshdan kechirayotgan davlatlar tashqi savdo va investitsiyalarni iqtisodiy rivojlanish, daromadlar va bandlik manbasi ekanligini e’tirof etishmoqda. Ozbekistondagi makroiqtisodiyot barqarorlik va iqtisodning yuqori shiddatlar bilan o’sishi ko’p jixatdan eksportning o’sishi hamda xorijiy investitsiyalar jalb qilish suratlarining osishi bilan ham bog’liqdir. Biroq, investitsiyalarning bir necha tarmoq va viloyatlar bilan chegaralanishi, boshqa tarmoq va hududlar imkoniyatlarini e’tibordan chetda qolishiga olib kelmoqda. Bu xolat yuzasidan O’zbekiston hukumati turli chora-tadbirlar qo’llamoqda. Jumladan Tahsqi Aloqalar, Savdo va Investitsiyalar Vazirligining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorligi doirasida tashqi savdoni rivojlantirish va investitsiyalar jalb qilishga ko’maklashuvchi bir qancha tadbirlar ishlab chiqildi.

Sirdaryo va Jizzah viloyatlari bo’yicha tayorlangan xududiy investitsiya qo’llanmalari shular jumlasidandir. Turli xildagi maxsulotlar ishlab chiqish uchun xom ashyo mavjudligi, malakali ishchi va mutaxassislar, zamonaviy infrastuzilma, qulay geografik joylashuv, qo’shni davlatar bozorlariga chiqish imkoniyati ushbu viloyatlarga investitsiyalar jalb qilish imkoniyatini oshiradi. Bu q’ollanmalar ilgariroq chop etilgan O’zbekistonda oziq-ovqatni qayta ishlash tarmog’i bo’yicha investitsiyon qo’llanma hamda Farg’ona vodiysi bo’yicha investitsiyon qo’llanmalarning uzviy davomi deyish mumkin.

Ushbu q’ollanmalar sarmoyadorlarga Sirdaryo va Jizzah viloyatlari to’g’risida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari hamda investitsion istiqbollarini yoritish orqali ma’lumot beradi. Q’ollanmadan investorlar qishloq xo’jaligi, oziq ovqat, tekstil, ipakchilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, gosht-sut, kimyo va farmatsevtika sanoatlari korxonalari turli xil soliqlardan: shu jumladan daromad solig’i, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i, ijtimoy infrastuzilmani mukammalashtirish va rivojlantirishga qaratilgan soliqlar, umumiy soliq tolovi, hamda yo’l jamg’armasiga majburiy tolovlardan ozod ekanligini bilib oladilar.

Investitsion imkoniyatlarga keladigan bolsak, sarmoyadorlar Ozbekiston to’g’risida qancha ko’p ma’lumotga ega bo’lsa, mamlakatga shuncha kop sarmoya jalb qilinadi. www.exporter.uz internet saytida 350 dan ortiq kompaniyalar 900 dan ortiq eksport mahsulotlarini ro’yhatdan o’tkazganlar. Bu saytda mahsulotlarning turlari haqida malumotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodlari, ishlab chiqarish, mahsulotlarga narx-navoning belgilanishi va iqtisodiyot haqida malumotlar berilgan. Keljakda bu web sayt milliy hamda horijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ortasida amaliy aloqalar o’rnatish va rivojlantirishga xizmat qiladi deb ayta olamiz.

Ma’lumki mamlakatlar ortasidagi chet el sarmoyalarini jalb qilish uchun bo’lgan raqobat juda kuchlidir. Bunga sabab sarmoya tanqisligi bo’lib, bu o’z navbatida mamlakatlar o’rtasidagi raqobatning yanada kuchayishiga olib keladi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan investitsion q’ollanmalar va internet sayt UNDP tomonidan mamlakatimiz investitsion iqlimini yaratishga qo’shgan hissasi deyish mumkin.

Rasmlar
Statistics
  • Total success stories: 267
  • Total published this month: 5