O`rta muddatli byudjetni rejalashtirish O`zbekistonda davlat moliyasi boshqaruvini yaxshilash asosi
chop etish rusumi
10/06/2011Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O’zbekiston Hukumatiga davlat moliyasini isloh qilishda ko’maklashib kelmoqda. Istiqbolli islohotlardan biri sifatida o'rta muddatli byudjetni rejalashtirish belgilangan. Negaki byudjetlashtirishning bu turi davlat siyosati, rejalashtirish va byudjetlashtirishning bir-biri bilan chambarchas bog’liqligini ta’minlaydi. Shundan kelib chiqqan holda, Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 2007-2018 yillarga mo’ljallangan Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasiga asosan o’rta muddatli byudjetni rejalashtirishga o’tish istiqbolli yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi.
O’rta muddatli byudjetni rejalashtirishh (O’MBR) bir yillik byudjetdan farqi o’laroq bir necha yilga (odatda 3-5 yilga) tuziladigan Davlat byudjetini tayyorlash jarayonidir. Bunday rejalashtirish aniq siyosiy maqsadlar orqali, budjet mablag’larinig sarflanishini bashorat qilish va harajatlarning oshkoraligini ta’minlay olish orqali byudjet jarayonini va uning natijalarini yaxshilashga yordam beradi. Bularning barchasi mamlakatimiz rivojlanish strategiyalarini rejalashtirish va byudjetlashtirish bilan bog’lash imkonini beradi.
BMTTD va Moliya vazirligi tomonidan “O’zbekistonda byudjet tizimi islohoti” loyihasi doirasida Moliya vazirligi hodimlari uchun bir haftalik trening o’tkazildi. Treningdan asosiy maqsad – o’rta muddatli byudjetni rejalashtirishning turli hil yondashuvlari va jahon tajribasi bilan tanishtirishdan iborat. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, O’MBRga o’tish hamma uchun majburiy emas. O’MBR muvaffaqiyatli tadbiq etilishi uchun jahon tajribasini ko’rona qo’llash emas, balki birinchi navbatda, puhta tahlil o’tkazishi zarur. Bu o’z navbatida mukammal tuzilgan o’tish mexanizmini ishlab chiqishni talab qiladi.
Ushbu trening Fransiyaning texnik hamkorlik bo'yicha xalqaro tashkiloti hamda Xalqaro Valyuta Fondi mutaxassislari ishtirokida amalga oshirildi. Mazkur trening samarali amalga oshirilishi uchun uning dastlabki 2 kuni – interaktiv va qolgan kunlari – tahliliy qismlarga bo'lingan edi. Treingning dastlabki ikki kuni o'tgan yili milliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan “Byudjetni o'rta muddatli rejalashtirish” o'quv qo'llanmasini interaktiv usullar bilan o'qitishga bag'ishlandi.
Treningning qolgan kunlari esa o’rta muddatli byudjetni rejalashtirishning nazariy va amaliy asoslarini chuqur o'rganishga qaratildi. Tadbir davomida milliy mutaxassislar O’MBRni O'zbekistonda amalda tadbiq etish istiqbollari; O’MBR bilan byudjet jarayoni o'rtasidagi bog'liqlik hamda O’MBRning Fransiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasi xususida o’z fikr va mulohazalarini almashtirish imkoniyatiga ega bo’ldilar.