Moliya vazirligi hodimlari salohiyatini qanday oshirish kerakligini bilasizmi?
chop etish rusumi
01/04/201128.03.11 dan 01.04.11 gacha O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning huzuridagi O'quv markazi hodimlari uchun “Byudjetlararo munosabatlar: jahon va O'zbekiston tajribasi” mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Tadbir BMT Taraqqiyot dasturining «O'zbekistonda byudjet tizimi islohoti» loyihasi, Turkiyaning Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi (TIKA) hamda Moliya vazirligi hamkorligida tashkil etdildi. Mazkur treningni o'tkazishdan asosiy maqsad – Moliya vazirligi hodimlari hamda Moliya vazirligi qoshidagi O'quv markazi o'qituvchilari salohiyatini oshirish, ularni boshqa davlatlarning byudjetlararo munosabatlar sohasidagi xalqaro tajribasi bilan tanishtirish va bu sohada zaruriy hisoblangan bilim va ko'nikmalarni oshirishdan iborat.
Davlat xarajatlarini moliyalashtirish tizimining samaradorligi, ochiqligi va oshkoraligini oshirish maqsadida G'ukumatimiz davlat moliyasini isloh qilish tashabbusini ilgari surdi. Mazkur tashabbusni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning 2007-2018 yillarga mo'ljallangan strategiyasini qabul qildi. Mazkur strategiyani amalga oshirish uchun BMT Taraqqiyot Dasturi «O'zbekistonda byudjet tizimi islohoti» loyihasi doirasida O'zbekiston Respublikasi G'ukumatiga ko'maklashib kelmoqda va ushbu strategiya doirasida bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqda: o'rta muddatli byudjetlashtirish strategiyasini tadbiq etish va maqsadga yo'naltirilgan byudjetlashtirish metodologiyasini ishlab chiqish hamda Moliya vazirligi hodimlarining institusional salohiyatini oshirish shular jumlasidanlir.
Shuning uchun ham amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta'minlash uchun Moliya vazirligi xodimlari hamda “Davlat moliyasi” ixtisosligi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish talab etiladi. Shuning uchun ham «O'zbekistonda byudjet tizimi islohoti» loyihasi Moliya vazirligi huzuridagi O'quv markazi o'qituvchilari salohiyati va malakasini oshirishda ko'mak ko'rsatishni davom etmoqda. Ushbu yo'nalishda zamonaviy va sifatli o'quv dasturlarini ishlab chiqish va O'quv markazi trenerlarini zaruriy salohiyatini shakllantirish bo'yicha keng qamrovli tadbirlar o'tkazilmoqda.
Mazkur seminar yuqorida ko'rsatilgan ishlar doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlardan biri hisoblanadi va ushbu sohada ilmiy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan o'tkaziladi. Seminar 3ta xalqaro va bitta milliy maslahatchi tomonidan o'tkaziladi. Janob Umit Uzlale – Tursiyaning Iqtisodiy tadqiqotlar institutining departamenti direktori, janob Zeki Balta – Tursiya Moliya vazirligining davlat hisobi departamenti direktori hamda janob Gleb Potapovich – Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Analitik markazda Davlat dasturlari va loyihalari departamentining direktori. Milliy maslahatchi sifatida janob Alijon Ergashev – Moliya vazirligi Dalat Byudjeti bosh boshqarmasining bo'lim boshlig'i o'rinbosari o'z ma'ruzalari bilan qatnashadi.
Seminar jarayonida ishtirokchilar byudjet tamoillari va klassifikatsiyasi, mahalliy hukumat organlari va mahalliy byudjetlashtirish, byudjetlararo transfertlar, ularning mohiyati, maqsadi va usullari hamda byudjetlararo munosabatlarning O'zbekistonda amalda qo'llanilish tartibi bilan yaqindan tanishadilar. Trening jarayonida olingan bilimlardan Moliya vazirligi O'quv markazi o'qituvchilari davlat moliya organlari xodimlariga ta'lim berish uchun ma'ruzalar va seminarlar o'tkazishda foydalanadilar. Trening ishida Moliya vazirligi hodimlari, Moliya vazirligi huzuridagi O'quv markazi va Oliy o'quv yurtlarining o'qituvchilari ishtirok etdilar. Seminar yakunida seminarni mavaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
Seminar materiallari bilan www.publicfinance.uz saytida tanishish mumkin.