“Davlat byudjeti mamlakat regionlari ijtimoiy rivojlanishini ta`minlash vositasi sifatida” mavzuida amaliy seminar o`tkazildi. Unda Davlat byudjeti bilan maxalliy byudjetning o`zaro boglik tomonlari muxokama qilindi. Seminar tashkilotchilari – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo`mitasi, Moliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, xamda BMT Taraqqiyot Dasturining “O`zbekistonda byudjet tizimi islohoti” loyihasidir.
O`zbekistonda Davlat byudjeti mamlakat yalpi ichki maxsulotning 20%dan ortig`ini tashkil etadi. Bunda respublika Davlat byudjetining 54% iqtisodiyotga mahalliy byudjetlar orqali kirib boradi. Bu esa, ijtimoiy xarajatlar uchun ajratiladigan byudjet mablag`larining manzilliligi, aniq maqsadliligi kuchaytirilishini talab qiladi. Seminarda ta`kidlanishicha, Davlat byudjetining ijtimoiy sohaga xarajatlari 2000 yildagi 43,5%dan 2011 yilda 58,0%ga chiqdi. Ayni paytda ta`lim sohasiga yo`naltirilgan xarajatlar 2011 yilda 33,4%ni, sog`liqni saqlash sohasiga ajratilgani 13,3%ni, bolali oilalar va kam ta`minlangan oilalarga to`langan ijtimoiy nafaqalar 8,2%ni tashkil qildi.
Shu bilan birga, mahalliy byudjetlarning umuman Davlat byudjetidagi xarajatlari ulushi 2000 yilda 47,8%ni tashkil etgan bo`lsa, 2011 yilda 57,8%ga yetdi. Shuningdek, 2012 yilda ijtimoiy sohani moliyalash xarajatlari ko`paytirilishi ta`kidlandi. Bunda mahalliy byudjetlar tuzilishida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga yo`naltiriladigan xarajatlar 89,5%ni tashkil qilishi, shundan 56,1% ta`lim sohasiga, 21,7% sog`liqni saqlashga va 10,2% bolali oilalar va kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar to`lashga sarflanishi ta`kidlandi.
Seminar davomida Davlat moliyalari tizimida Davlat byudjeti mahalliy byudjetlar bilan hamjihat ishlashi mexanizmi hamda mahalliy byudjetlarning mamlakat regionlarini rivojlantirishdagi roli, shuningdek davlat byudjetining ijtimoiy rivojlanishga ta`siri masalasidagi xalqaro tajriba sharhi bo`yicha ma`ruzalar tinglandi.