2011 yilning 13-16 Sentyabr kunlari BMT Taraqqiyot Dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini q`ollab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasi (BMTTD loyihasi) Jizzax va Namangan viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda ushbu viloyatlardagi deyarli 50 nafar davlat xizmatchilariga jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashga oid bilim va ko`nikmalarini yuksaltirishga qaratilgan ikki kunlik seminar trening tashkillashtirdi. Ushbu o`quv dasturlari hokimiyat hodimlarining o`zlari faoliyat olib borayotgan tashkilotlar faoliyatini ochiqligini ta’minlab berishda kerak bo`lgan malakalarini turli-xil axborot beruvchi tadbirlarni tashkillashtirish va mahalliy aholi bilan samarali aloqa o`rnatish yo`li orqali oshirishga qaratilgan.
Bugungi kunda, davlat hokimligi organlari tomonidan jamoatchilik bilan ishlash usullari va ularni turli-xil yo`llar bilan qo`llay olinishi jamoatning davlat hokimligiga bo`lgan ishonchini oshirish, aholini davlat hokimligi organlarining faoliyatiga oid faoliyati haqida ma’lumot berish va aholiga davlat xizmatlarini ko`rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlab beruvchi shart-sharoitlarni barpo etish imkoniyatlarini beradi.
Davlat boshqaruv organlarining shaffofligi, ochiqligi va mustahkamliligini ta’minlab beruvchi shart-sharoitlarni barpo etishga qaratilgan bosqichma-bosqich tamoyiliga asoslangan doimiy yondashuv O`zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvi tizimidagi islohotlarning doimo eng muhim yo`nalishlaridan biri bo`lib kelgan. Xususan, 2010 yilning 12 Noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida O`zbekiston Prezidentining “Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi bunga yaqqol misoldir.
Mamlakatda kerakli qonunchilik bazasi, ma`lumot tarqatish va olish erkinligi, so`z va ommaviy axborot vositalari (OAV) faoliyati erkinligini ta’minlab beruvchi bir qancha xalqaro hujjatlar qabul qilingan bo`lib, ushbu sohadagi sa’y-harakatlar, birinchi navbatda davlat boshqaruv organlarining markaziy darajasidaa tadbiq etilgan. Natijada, ushbu markaziy davlat boshqaruv organlari qoshida aholining manfaatlari, majburiyatlari va qonun tomonidan kafotlangan huquqlari, hamda jamoatchilikni qiziqtirayotgan barcha masalalar bilan bog`liq bo’lgan axborotga doir talabini qondirish jarayonlarini osonlashtirish maqsadida - axborot markazlari yoki mas’ul hodimlarini tayinlash shaklida doimiy institutsional mexanizmlar yaratildi. Ammo, shu bilan birga, viloyat va tuman darajalaridagi ko`pchilik davlat boshqaruv organlarida, xususan hokimiyatlarda hali ham aholi manfaatlariga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya instrument va texnologiyalarini qo`llash, shuningdek, o`zlarining faoliyati, hududda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan masalalar haqida aniq va tezkor ma’lumot bilan ta’minlash maqsadida axborot beruvchi tadbirlarni tashkillashtirish mexanizmlarinini yaxshilashda ehtiyoj sezilmoqda.
Shu bilan birga, dunyo miqyosida, BMTTD ham mamlakat hukumatlariga davlat boshqaruv tizimini isloh etishda ko`makka alohida e’tibor berib kelmoqda. Xususan, tashkilot tomonidan “elektron hukumat” va axborotga bo`lgan talabni qondirishga doir dunyoning 84 davlatlarida jami 230dan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda. 2010 yilda tashkilot tomonidan davlat institutlarini modernizatsiyalash, aholining ommaviy axborotga bol`gan talabini qondirish maqsadida AKTlarni qo`llash, aholining rivojlanish strategiyalarini muhokama qilishda va qa’bul qilishda ishtirokini qo`llab-quvvatlash, va davlat xizmatlarini yanada samaraliroq ko`rsatishga qaratilgan loyihalar uchun 241,6 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratildi.
BMTTDning rivojlanayotgan mamlakatlarda axborotga bo`lgan talabni qondirishga doir tajribasi va o`tgan yili Jizzax va Namangan viloyatlarining jami 27 hokimliklari salohiyatlarini o’rganishga qaratilgan tadqiqot natijalarini birlashtirgan holda – BMTTD loyihasi tomonidan na`munaviy viloyat hokimliklari hodimlariga ko`rsatilayotgan ko`mak doirasida jamoatchilik bilan ishlash sohasida malakalarini oshirishga qaratilgan o`quv dasturlarini tashkillashtirilishi o`ta muhimligi aniqlandi. Ta’kidlash joizki, ushbu strategiya asosan axborotning ochiqligini kafolatlovchi davlat siyosatini amalga oshirishda amaliy ko`makni nazarda tutuvchi tashkiliy mexanizmni kuchaytirish va joylardagi davlat boshqaruv organlari faoliyatini mahalliy aholi uchun shaffofligini oshirishda, hokimliklar hodimlarining shaxsiy fazilatlarini yuksaltirishga qaratilishi lozim bo`ladi.
Ushbu aholining manfaatlariga qaratilgan “jamoatchilik bilan ishlash” mavzusidagi seminar-treninglar, mahalliy davlat boshqaruv organlarida davlat xizmatlari tizimidagi muhim vazifa, hamda o`rta va quyi bo`ginlardagi davlat hodimlariga qaratilgan doimiy tayyorlav o`quv dasturlarining bir qismi bo`lib qolishi ko`zda tutilgan.
Interaktiv tarzda bo`lib o`tgan o`quv dasturi davomida aholi bilan ishlashga mas’ul etib tayinlangan viloyat, shahar va tuman hokimliklari bo`lim va boshqarmalarida ishlaydigan o`rta va quyi bo`gin hodimlari ishtirok etdilar. Ushbu seminar-trening davomida quyidagi mavzular ko`rib chiqildi: davlat tashkilotining ijtimoiy imidji, jamoatchilikni qiziqtirayotgan axborotni tarqata bilish bilim va ko`nikmalari, BMTTD va horijiy mamlakatlarning ushbu sohadagi tajribasi, aqliy hujum, SWOT-tahlili, Delphi uslubi kabi zamonaviy yondashuvlarni qo`llagan holda to`liq va aniq axborotni tayyorlash, amaliy muloqot haqida umumiy tushunchalar, axborot almashish yo`llari (misol uchun, matbuot relizi, muvaffaqiyatli tajriba haqida matn tayyorlash, yangiliklar, rasmiy veb-sahifada axborot taqdim etish va x.k.), OAVlari uchun interv’yu berish va jamoat oldida chiqish qilish ko`nikmalari.
Shu bilan birga ishtirokchilar turli xil instrument va yondashuvlarni qo`llagan holda asosan jamoatchilikka axborotlarni etkazib berishga qaratilgan yakka va guruhlarga bo`lingan holda tashkillashtirilgan mashqlar, taqdimotlar va o`yinlarni qo`llagan holda yangi ortirilgan bilim va ko`nikmalarni mashq qilish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Joylarda davlat boshqaruvi tajribasidan kelib chiqayotgan yangi talablarga va aholining ma`lumotga bo’lgan ehtiyojiga javob bera oladigan o`quv dasturini ishlab chiqishda seminar-trening qatnashchilari va ularning rahbarlari tomonidan bildirilgan talab va takliflar ushbu treningning tashkiliy va mazmun taraflarini yahshilash uchun inobatga olinadi.
Ushbu o`quv dasturlari BMTTD loyihasi tomonidan salohiyatni kuchaytirishga oid amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar bo`lib, u quyidagi yo`nalishlardan iborat bo’lgan mahalliy davlat hokimliklari hodimlari uchun bir nechta professional treninglarni tashkillashtirish doirasida o`tkazildi: davlat boshqaruvida AKTlarini qo`llash, jamoatchilik bilan ishlash, samarali faoliyatni olib borishni bilish, strategik rejalashtirish, tashkiliy rivojlanish, kadrlarni boshqarish va x.k.
___________
BMTTDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasi (www.lgsp.uz) joylarda mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun kerakli bo‘lgan shart-sharoitlarni barpo etish va davlat xodimlarining professional salohiyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, loyiha tomonidan keng jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatish va elektron-hukumat mexanizmlarini institutsionallashtirish bilan bir qatorda Jizzax va Namangan viloyatlarida turizm resurslarini boshqarish sohasida davlat va xususiy sektor hamkorligiga doir na‘munaviy loyihalarni amalga oshirish orqali mahalliy boshqaruv organlarining fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari bilan hamkorligini mustaxkamlashga ko‘mak berishi ko‘zda tutilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Jizzax va Namangan viloyati hokimliklari ko‘magida amalga oshirilmoqda.