|
|
BMTTD yangiliklari
| 30/01/2012 : BILIM ALMASHUVI MINTAQAVIY HAMKORLIKNI TAKOMILLASHTIRADI |  Ashxobodda Birlashgan Millatlar Tashkilot Taraqqiyot Dasturi/Global Ekologik Jamg’armaning energiya va transport sohasidagi Markaziy Osiyo va Armanistonda faoliyat ko’rsatayotgan loyihalarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda BMTTD/GEJ loyihalari, jumladan “O’zbekistondagi ijtimoiy binolarning energiya samaradorligini oshirish” loyihasi ham ishtirok etdi. Tadbir loyihalar aro bilim almashinuvi va kommunikatsiyani mustahkamlash, 2012 yil ish rejalarini ko’rib chiqish va muhokama qilish hamda strategik energiya rejalashtirish treningi masalalariga yo’naltirildi. batafsilroq | |  |
| 17/01/2012 : Kanal Yoqa qishlog’iga toza ichimlik suvi keladi |  “Zarafshon daryo havzasi aholisini xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya xizmatlarining holatini yaxshilash uchun suv boshqaruvining samaradorligini oshirish” deb nomlangan yangi kichik loyiha SRIB loyihasining bir qismi bo’lib u BMTning Taraqqiyot Dasturi va Coca-Colaning “Har bir tomchi suv bebaho-ii” Mintaqaviy suv hamkorligining tashabbusi tomonidan qo’llab quvvatlangan. Bu kichik loyiha Samarqand viloyatida joylashgan Kanal Yoqa qishlog’ini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi barqaror suv ta’minoti tizimini qurishda ko’mak beradi. batafsilroq | |  |
| 15/01/2012 : Zominda yangi dam olish sayyohlik mavsumi boshlanmoqda |  O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasining Kurortlar boshqarmasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda sayyohlik firmalari va ommaviy axborot vositalarining Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan «Zomin» oromgohiga axborot safarini uyushtirdi. Bundan maqsad «Zomin» oromgohiga qish mavsumida sayyohlarni jalb qilish imkoniyatlarini baholash, «Zomin» oromgohi bazasida tog‘-chang‘i sayyohligini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan aniq takliflarni eshitish va muhokama qilish edi. batafsilroq | |  |
| 10/01/2012 : Ayol Nigohi |  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va BMT Ahborot Markazi O'zbekistonda “Ayol nigohi” foto tanlovini e'lon qiladi. Ushbu tanlovda noprofessional yoki professional ayol fotograflar O'zbekistonda nostereotip kasblarni egallab mehnat etuvchi erkak va ayollarni aks ettiruvchi rasmlari bilan ishtirok etishlari mumkin. batafsilroq | |  |
| 17/12/2011 : Germaniyaning Radioaktiv Chiqindilarni Boshqarish Tajribasi |  Markaziy Osiyoning uch davlati - O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’izstonning radioaktiv chiqindilarni boshqarish bo’yicha mutaxassislari Germaniyada “Radioaktiv chiqindilarni boshqarish va erta ogohlantirish tizimlari” to’g’risidagi o’quv safarida bolib qaytdilar. O’zbekiston Respubliskasi Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Germaniya hukumati hamkorligida tuzilgan “Farg’ona vodiysida radioaktiv chiqindilarni boshqarish va erta ogohlantirish tizimlarini takomillashtirish” loyihasi tomonidan tashkil etilgan ushbu o’quv safari, radioaktiv chiqindilarni boshqarish va radiatsion muhitni monitoring qilish borasidagi Germaniyaning tajribasini o’rganishga bag’ishlangan edi.
batafsilroq | |  |
| 15/12/2011 : Aholiga sifatli davlat xizmatlarini ko`rsatish hamda ma`lumot almashinuv markazlari |  Jizzax shahri hokimligi huzuridagi Yagona oyna markazi hamda Jizzax viloyati, Jizzax shahar va Zomin tuman hokimliklari Axborot xizmati markazlarining rasmiy ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Rasmiy ochilish marosimlarida Jizzax viloyati hokimi Sayfiddin Ismoilov hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Anita Nirody honim ishtirok etdi. Ushbu tashabbuslar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda Jizzax va Namangan viloyatlarida “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasini amalga oshirish yo‘lidagi muvaffaqiyatli xamkorligi samarasidir. batafsilroq | |  |
| 09/12/2011 : Davlat xizmatlarini sifatli tarzda ko`rsatish |  Namangan shahri hokimligi huzuridagi Yagona oyna markazi (YaOM) hamda Namangan viloyati, Namangan shahar va Yangiqo‘rg‘on tuman hokimliklari Axborot xizmati markazlarining (AXM) rasmiy ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Rasmiy ochilish marosimlarida Namangan viloyati hokimi Bahodir Yusupov hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Jaco Cilliers ishtirok etdi. Ushbu tashabbuslar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda Jizzax va Namangan viloyatlarida “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasini (BMTTD loyihasi) amalga oshirish yo‘lidagi muvaffaqiyatli xamkorligi samarasidir. batafsilroq | |  |
| 06/12/2011 : Ishlab Chiqaruvchilarni Sertifikatsiya va Sifat Standartlari Bo’yicha Bilimlarini Oshirish Sari |  So’nggi paytlarda poyabzal ishlab chiqarish Namangan viloyatida jadal sur’atlat bilan rivojlnayotgan sohaga aylanib boryapti. Viloyatda 20 dan ortiq poyabzal ishlab chiqaruvchilar faoliyat olib borib, ulardan ayrimlari o’z mahsulotlarni boshqa viloyatlarga sotmoqdalar, hamda o’z mahsus savdo do’konlarini ochmoqdalar. Xorijiy mamlakatlarda mahalliy mahsulotlarni sotish bozorini kengaytirishning asosiy omillaridan biri, bu birinchi navbatda, xorijiy hamkor va mijozlar O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yuqori sifatli ekanligiga ishonch hosil qilishlaridir. Buning asosiy usullaridan biri ushbu mahsulotlarni sertifikatlashtirishdir. batafsilroq | |  |
|
- Yangiliklar jami: 267
- Bu oy nashr qilingan: 5
|