|
|
BMTTD yangiliklari
| 10/07/2012 : O`zbekistonning qurg`oqchil adirlarida pista o`rmonlarini yaratish |  Yer resurslarini boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tashabbusining (YERBMOMT) salohiyatni oshirish bo‘yicha Ko‘p mamlakatli loyiha milliy komponenti doirasida, Kichik Grantlar Dasturi bilan birgalikda Respublika manzarali bog’dorchilik va o’rmonchilik ilmiy ishlab chiqarish markazining G’allaorol tayanch punktida pistani tog’ oldi qurg’oqchil erlarda to’liq etishtirish davri bo’yicha ko’chma seminar-trening bo’lib o’tdi. Seminarda turli vazirlik va muassasa vakillari, tadqiqot qorxonalar, o’rmonchi-fermerlar va xalqaro tashkilotlar xodimlari qatnashdilar. batafsilroq | |  |
| 06/07/2012 : 19taga grant- minglarga foyda |  “Ko’makka muhtoj oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish jarayoniga NNTlarni jalb etish” qo’shma grant tanlovining natijalari e'lon qilindi. Tanlov Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash Fondi, «O’zbekiston madaniyati va san’ati Forumi» jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab quvvatlash jamoat Fondi, “Mahalla” Respublika hayriya jamg’armasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofazaqilish vazirligi hamkorligidagi “Bandlikni ta’minlashda ijtimoiy sherikchilik” loyixasi tomonidan e’lon qilingan edi. batafsilroq | |  |
| 01/07/2012 : Yulduz Bo’lmoqchimisan!? |  Mingyillik Rivojlanish Maqsadlariga Erishish Yo’lida O’z Hissangni Qo’sh
Rnb Rap Freestyle Yo’nalishida Eng Yaxshi Qo’shiq Tanlovi
Mavzular: Gender Tenglik, Oits/Oiv Ga Qarshi Kurash, Atrof-Muhitni Muhofaza Qilish, Salomatlik, Ta’lim Va Turmush Darajasini Yaxshilash
batafsilroq | |  |
| 29/06/2012 : Xonadon-mehmonxonalarimizga xush kelibsiz - Zomindan Toshkentga tashrif |  Jizzax viloyati Zomin tumanida faoliyat yurituvchi shaxsiy xonadon-mehmonxona (mehmonxona)lardan tashrif buyurgan 15 kishidan iborat guruh Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorligi” loyihasi (BMTTD loyihasi) tomonidan tashkil etilgan amaliy o’quv tashrifi doirasida Toshkentdagi “Murod Mirzo” nomli xonadon-mehmonxonada bo’lib qaytishdi. batafsilroq | |  |
| 29/06/2012 : BMTTD tomonidan Inson Taraqqiyoti konsepsiyasi bo`yicha O`zbekistonda tashkil etiladigan yozgi maktabda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlandi |  Ushbu yozgi o'quv maktabning asosiy maqsadi - ishtirokchilarni Inson Taraqqiyoti konsepsiyasi va uning amaliy jihatlarini tanishtirish, inson taraqqiyotiga doir global, mintaqaviy va milliy xisobotlar yuzasidan munozaralar olib borish imkoniyatini yaratishdir. Yozgi maktab yoshi, turar joyi, ta'lim yo'nalishi va kasbidan qat'iy nazar barcha inson taraqqiyoti masalalari bo'yicha qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Yozgi maktab ikki o'quv modulidan tashkil topgan: masofaviy modul, kuniga 2 soat talab etadi (2012-yil 17 Iyuldan - 24 Avgustgacha) va interaktiv modul, kuniga 8 soat talab etadi (2012-yil 24-26 Sentyabr kunlari, Samarqand shahrida o'tkaziladi). batafsilroq | |  |
| 28/06/2012 : O`zbekistonda BMTning yangi tashabbusi |  O`zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi tashabbusi – “Orol fojiasidan zarar ko`rgan aholi turmush tarzini yaxshilash” Qo`shma Dasturining taqdimoti bo`lib o`tdi.Mazkur tashabbus Oz`bekistonda BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), BMTning Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti (UNESCO), Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (WHO), BMTning Aholishunoslik jamg`armasi (UNFPA) hamda BMT Ko`ngillilari (UNV) tomonidan amalga oshiriladi, hamda BMTning Inson xavfsizligi bo`yicha Trast fondi tomonidan moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlaniladi. batafsilroq | |  |
| 28/06/2012 : Jurnalistlar O`rtasida Iyodiy Tanlov “Ijtimoiy Sherikchilik: Bir-Biriga Peshvoz Chiqish” |  BMT Taraqqiyot Dasturi xamda O’zbekiston Respublikasi Mexnat va axolini ijtimoiy ximoyalash vazirligining “Bandlikni ta’minlashda ijtimoiy sherikchilik” qo’shma loyjixasi “Ijtimoiy sherikchilik: bir-biriga peshvoz chiqish” jurnalistlarning mavzuli iyodiy tanlovini e’lon qiladi. Mamlakatimiz taraqqiyotining xozirgi bosqichida nodavlat noxukumat tashkilotlari (NNT) va boshqa fuqarolik institutlari rolining yanada kuchayishi mamlakatimizni demokratlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va dunyo xamjamiyatiga qo’shilish bo’yicha belgilangan maqsadlarga etishishning xal qiluvchi omili bo’lib qolmoqda. batafsilroq | |  |
| 19/06/2012 : Cho`llanish va yerlar tanazzuliga qarshi kurash muammolarning echish yo`llari |  Cho‘llanish va qurg’oqchilik jarayoni hozirgi kunda ekologik chaqiruvlardan eng jiddiysi bo’lib, bu tabiiy va texnogen omillarga bog’liq bo’lgan hodisa bilan zarur qarshi kurash choralarini qabul qilishni talab etadi. 1995 yili BMT Bosh Assambleyasi xalqaro hamjamiyat uchun cho‘llanish, yerlar degradatsiyasi va qurg‘oqchilikning xavfi ortib borayotganiga jamoatchilikning e’tiborini qaratish maqsadida 17 iyun kunini Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni deb e’lon qildi. Har yili shu kunda jahon bo’ylab turli xil tadbirar o’tkazilib, ular odamlar orasida yerlar tanazzuliga qarshi kurash yo’llari bo’yicha xabardorlikni oshirishga qaratilgan. batafsilroq | |  |
|
- Yangiliklar jami: 268
- Bu oy nashr qilingan: 6
|