UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
BMTTD yangiliklari
Filtrdan tozlash uchun pastgi filtr tugmachasini bosing
Faoliyat doirasi

Faoliyat doirasini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




MRM bo`yicha

Mingyillik rivojlanish maqsadlarini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sektor

Sektorni tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Jug`rofiy yo`nalishi

Jug`rofiy yo`nalishini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sana

Vaqt davrini tanlang





Quyidagi sanadan:
Quyidagi sanagacha:


05/09/2012 : Malakali “Agromaslahatchilar”ning tarmog’ini yaratish
24 dehqon va fermerlardan tarkib topgan agromaslahatchilar tarmog’i tashkil etildi. Ushbu agromaslahatchilar kelgusida fermer va dehqonlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda va qishloq xo’jaligini barqarorlashtirishda duch kelayotgan muammolarni bartaraf etishda yordam ko'rsatadilar batafsilroq
17/08/2012 : Hokimlikning namunaviy axborot xizmati modeli
Kundalik hayotimizda axborot xizmatlari hokimliklarning axborot tarqatish faoliyatini tashkillashtirish va amalga oshirish jarayonida, aholini hokimlik faoliyati haqidagi axborot bilan ta`minlashda, hokimlik haqida ijobiy fikrni shakllantirishda, viloyatlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni xolisona yoritib berishda, jamoatchilik va hokimlik o`rtasidagi ikki tomonlama aloqani mustahkamlashda, OAV bilan hamkorlik olib borish hamda axborotni televidenie, radio, bosma va internet nashrlarda, shu jumladan axborot xizmatlari veb-sahifalarida keng tarqatishda faol ishtirok etadi. batafsilroq
15/08/2012 : Byudjetni rejalashtirish va ijro etishning yangi metodologiyasi
Natijaga yo'naltirilgan byudjetlashtirish davlat byudjetini rejalashtirish va ijro etish masalasiga yangicha yondashuv hisoblanadi,- ta'kidladi seminar ochilishida Moliya Vazirligi G`aznachiligi boshqarma boshligi Botir Pardayev. - Bunda byudjet ijrosi uni o'zlashtirish nuqtai nazaridan emas, balki qo'yilgan maqsadlarga erishish va olingan natijalar nuqtai nazaridan baholanadi, ya'ni byudjet mablag'lari qayerga va nimalarga sarflanishigina emas, ayni paytda shu orqali qanday natijaga erishilishi ham e'tiborga olinadi. batafsilroq
10/08/2012 : Yosh avlod bilan taraqqiyot sari
2012 yilda Xalqaro yoshlar kuni yoshlar bilan hamkorlik aloqalarni o'rnatish va amalga oshirishga bag'ishlangan. BMT Bosh Kotibi Pan Gi Mun “ko'p sonli yoshlar avlodining ehtiyojlarini qondirish” istagida o'zining keyingi 5 yilga mo'ljallangan ish dasturining ustuvor vazifalari qatoriga “Ayollar va yoshlar bilan ishlash”ni ham kiritgan. batafsilroq
03/08/2012 : Havfsiz donorlik qonini ta`minlash – OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi samarali to`siq
Har yili qon quyish millionlab insonlar hayotini saqlab qolish imkoniyatini yaratadi. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) bahosiga ko’ra ko’ra, har uchinchi shaxs hayoti davomida kamida bir marta donor qoniga muhtoj bo’ladi. Shu bilan birga, OIV/OITS epidemiyasi sharoitida donorlik qonini quyish orqali yuqadigan infeksiyalarning oldini olish alohida e’tiborga loyiq, chunki JSST ma’lumotiga ko’radunyo bo’ylab 3% gacha bo’lgan OIV yuqishi hollari aynan zararlangan qon va uning komponentlarini quyish orqali sodir bo’ladi. Shu bois havfsiz donorlik qonini ta’minlash qon quyish orqali yuqadigan ko’plab infeksiyalar, shu jumladan OIVning oldini olishning asosiy shartlaridandir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi qon donorligi xizmatini takomillashtirish borasida qator qonunchilik xujjatlarini qabul qildi. batafsilroq
30/07/2012 : Ma`muriy jarayon masalalarini takomillashtirish - samaradorlik va ochiqlik garovi
Har bir davlat idorasi tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan o`zining qoidalarini o`rnatishi ma`muriy jarayonlar tartibga solishning tizimsizligi va nomuvofiqligini, huquqiy tartibga solish tizimining butunligini va uzluksizliginining mavjud emasligini, hamda natijada davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining aholi oldidagi hisobdorligining cheklanganligi yoki umuman yo`qligini namoyon etishi – butun dunyoda ma`muriy jarayonni isloh qilishning asosiy shartlaridandir. batafsilroq
27/07/2012 : Suddagi san-solarlik adolatli sudga bo`lgan huquqni inkor qilishga tenglashtirilgandir
«Suddagi san-solarlik adolatli sudga bo`lgan huquqni inkor qilishga tenglashtirilgandir” degan tamoyil eski bo`lsa ham, amaliy tamoyil bo`lib, u taraflar buzilgan fuqarolik huquqlarining o`z vaqtida himoyalanmaganligi adolatli sudlovning yo`qligiga tenglashtirilgandir. Mazkur tamoyil zamonaviy sudlov tizimining asosi hisoblanib, nizolarni samarali hal etish sohasidagi sud tizimini takomillashtirishning asosiy vazifalardan biridir. batafsilroq
20/07/2012 : Ustyurt platosida bioxilma-xillikni saqlash masalalari muhokama qilindi
Sariqamish atrofidagi hudud biologik xilma-xillik nuqtai nazaridan juda qimmatli hisoblanadi. «Bu yerda saqlab qolish muhim bo’lgan noyob hayvonot turlari yashaydi», – deya qayd etdi bo’lib o’tgan uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Davlatbionazorat inspektsiyasi xodimi Maksim Mitropolskiy. Ushbu tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi va Global Ekologiya Jamg’armaning (GEF) «O’zbekiston neft va gaz tarmog’iga biologik xilma-xillikni saqlash tamoyillarini integratsialash» loyihasi xodimlarining ekspeditsiya natijalariga bag’ishlandi. Uchrashuvda Davlatbionazorat inspektsiyasi, yuqoridagi loyiha vakillari va «Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar milliy tizimini qo’riqxonalarga e’tiborni qaratish yo’li bilan mustahkamlash» loyihasi xodimlari ishtirok etdi. batafsilroq
  • Yangiliklar jami: 258
  • Bu oy nashr qilingan: 12