|
|
BMTTD yangiliklari
| 21/09/2012 : Respublikaning 3 viloyatida video-konferens aloka tizimi ishga tushirildi |  Bundan buyon respublikamizning Xorazm, Samarqand va Andijon viloyatlari moliya mutaxassislari joylarda turib, masofaviy ta'lim vositasida o'z malakasini oshirishlari mumkin buladi. Agar ilgari malaka oshirish kurslari Toshkentda o'tkazilgani sababli ular viloyatdan poytaxtga kelib ketishlari kerak bulgan bulsa, endi bunga ehtiyoj qolmadi. Yukorida etib utilgan 3 viloyatda masofaviy ta'lim olish uchun imkoniyat yaratib beradigan Polycom HDX video-konferens aloqa tizimi urnatildi. Endi bu tizim yerdamida Moliya vazirligining O'quv markazi yordamida respublika moliya mutaxassislari uz malakasini oshira oladilar. batafsilroq | |  |
| 20/09/2012 : Fermerlarning eksport imkoniyatlari kengaymoqda |  Bugungi kunda O’zbеkiston oziq-ovqat sanoati o’zining yangi taraqqiyot pallasida turibdi. Mamlakatimizda, 2012-2015 yillar uchun tasdiqlangan Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish va kеngaytirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturiga ko’ra, 2015 yilga qadar oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishni sеzilarli darajada ko’paytirish rеjalashtirilgan. batafsilroq | |  | |  |
| 05/09/2012 : Malakali “Agromaslahatchilar”ning tarmog’ini yaratish |  24 dehqon va fermerlardan tarkib topgan agromaslahatchilar tarmog’i tashkil etildi. Ushbu agromaslahatchilar kelgusida fermer va dehqonlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda va qishloq xo’jaligini barqarorlashtirishda duch kelayotgan muammolarni bartaraf etishda yordam ko'rsatadilar batafsilroq | |  |
| 17/08/2012 : Hokimlikning namunaviy axborot xizmati modeli |  Kundalik hayotimizda axborot xizmatlari hokimliklarning axborot tarqatish faoliyatini tashkillashtirish va amalga oshirish jarayonida, aholini hokimlik faoliyati haqidagi axborot bilan ta`minlashda, hokimlik haqida ijobiy fikrni shakllantirishda, viloyatlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni xolisona yoritib berishda, jamoatchilik va hokimlik o`rtasidagi ikki tomonlama aloqani mustahkamlashda, OAV bilan hamkorlik olib borish hamda axborotni televidenie, radio, bosma va internet nashrlarda, shu jumladan axborot xizmatlari veb-sahifalarida keng tarqatishda faol ishtirok etadi. batafsilroq | |  |
| 15/08/2012 : Byudjetni rejalashtirish va ijro etishning yangi metodologiyasi |  Natijaga yo'naltirilgan byudjetlashtirish davlat byudjetini rejalashtirish va ijro etish masalasiga yangicha yondashuv hisoblanadi,- ta'kidladi seminar ochilishida Moliya Vazirligi G`aznachiligi boshqarma boshligi Botir Pardayev. - Bunda byudjet ijrosi uni o'zlashtirish nuqtai nazaridan emas, balki qo'yilgan maqsadlarga erishish va olingan natijalar nuqtai nazaridan baholanadi, ya'ni byudjet mablag'lari qayerga va nimalarga sarflanishigina emas, ayni paytda shu orqali qanday natijaga erishilishi ham e'tiborga olinadi.
batafsilroq | |  |
| 10/08/2012 : Yosh avlod bilan taraqqiyot sari |  2012 yilda Xalqaro yoshlar kuni yoshlar bilan hamkorlik aloqalarni o'rnatish va amalga oshirishga bag'ishlangan. BMT Bosh Kotibi Pan Gi Mun “ko'p sonli yoshlar avlodining ehtiyojlarini qondirish” istagida o'zining keyingi 5 yilga mo'ljallangan ish dasturining ustuvor vazifalari qatoriga “Ayollar va yoshlar bilan ishlash”ni ham kiritgan. batafsilroq | |  |
| 03/08/2012 : Havfsiz donorlik qonini ta`minlash – OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi samarali to`siq |  Har yili qon quyish millionlab insonlar hayotini saqlab qolish imkoniyatini yaratadi. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) bahosiga ko’ra ko’ra, har uchinchi shaxs hayoti davomida kamida bir marta donor qoniga muhtoj bo’ladi. Shu bilan birga, OIV/OITS epidemiyasi sharoitida donorlik qonini quyish orqali yuqadigan infeksiyalarning oldini olish alohida e’tiborga loyiq, chunki JSST ma’lumotiga ko’radunyo bo’ylab 3% gacha bo’lgan OIV yuqishi hollari aynan zararlangan qon va uning komponentlarini quyish orqali sodir bo’ladi. Shu bois havfsiz donorlik qonini ta’minlash qon quyish orqali yuqadigan ko’plab infeksiyalar, shu jumladan OIVning oldini olishning asosiy shartlaridandir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi qon donorligi xizmatini takomillashtirish borasida qator qonunchilik xujjatlarini qabul qildi. batafsilroq | |  |
|
- Yangiliklar jami: 252
- Bu oy nashr qilingan: 6
|