UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
BMTTD yangiliklari
Filtrdan tozlash uchun pastgi filtr tugmachasini bosing
Faoliyat doirasi

Faoliyat doirasini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




MRM bo`yicha

Mingyillik rivojlanish maqsadlarini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sektor

Sektorni tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Jug`rofiy yo`nalishi

Jug`rofiy yo`nalishini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sana

Vaqt davrini tanlang





Quyidagi sanadan:
Quyidagi sanagacha:


14/05/2013 : Ijtimoiy innovatsiyalar bo`yicha "ITERATE" haftalik ustaxonasiga marhamat
ITERATE bu sakkiz kunlik ta`lim tajribasi. 20-ta tanlab olingan trening qatnashchilari burgalikda ishlab birgalikda muammoni tahlil qilish, uning yechimini loyihalashtirish, ushbu yechimni amaliyotda sinab ko`rish va o`z biznes strategiyalarini ishlab chiqishni o`rganishadi. ITERATE qatnashchilarga ushbu yangi ko`nikmalarni o`z loyihalarini hayotga tatbiq etish jarayonida qo`llashga hamda jamiyatda targ`ibot qilishga ko`maklashadi. batafsilroq
13/05/2013 : Energiya barqaror rivojlanishning muhim omili
Energiya - barqaror rivojlanish va aholining farovonlik darajasini oshirishga xizmat qiladigan muhim omillardan biri hisoblanadi. U rivojlanishning barcha jihatlariga ta`luqlidir - ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik, shu jumladan suv man`balari, qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash, ta`lim va gender kabi masalalarga ta`sir etadi. batafsilroq
10/05/2013 : Ijtimoiy korxonalar ishlab chiqqan mahsulotlar endi Korzinka.uz supermarketlari tarmoq`ida
15 may kuni Sergeli massivida joylashgan Korzinka.uz supermaketida “Ijtimoiy mahsulot” dasturining tantanaviy ishga tushirish marosimi bo`lib o`tadi. Endilikda Korzinka.uz supermarketlarining xaridorlari “ijtimoiy mahsulot” logotipli mahsulotni sotib olib ijtimoiy korxonalarning rijovlanishi, nogiron shaxslar, uzoq joylashga qishloqlarda yashayotgan kam ta`minlangan ayollar uchun yangi ish joylarini yaratish hamda milliy kashtachilik va tikish-bichish ananalarini qayta tiklashga o`zining shaxsiy hissasini qo`shish imkoniyatiga ega bo`ladilar. batafsilroq
07/05/2013 : Agar talaba bo`lsangiz va tabiatni sevsangiz - davomini o
Agar talaba bo`lsangiz va tabiatni sevsangiz, tabiat muhofazasiga o`z hissangizni qo`shmoqchi bo`lsangiz va buni axborot-vizual vositalar orqali amalga oshirmoqchi bo`lsangiz, Sizni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz. batafsilroq
07/05/2013 : O`zbekistonning viloyatlarida biznesni rivojlantirishga BMT tomonidan qo`shilayotgan hissasi
O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarni xarid qilish orqali BMT respublikada kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash, iqtisodiy jihatdan foydali bo`lgan savdo-sotiq bitimlarini tuzib ularni o`z vaqtida va maromida bajarish hamda yetkazib berilayotgan mahsulotlar amalga oshirilayotgan tashabbus va dasturlar benefitsiarlarining aniq ehtiyojlarini qondirishini ta`minlashga erishadi. batafsilroq
03/05/2013 : O`zbekistonda AKTni baholashning xalqaro mezonlarini tatbiq etish
«O’zbekistonda AKTni baholashning xalqaro mezonlarini tatbiq etish» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va BMT Taraqqiyot Dasturining «Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik» qo’shma loyihasi tomonidan tashkil etildi. batafsilroq
02/05/2013 : Palliativ yordam – OIV bilan kasallangan bemorlar hayoti sifatini yaxshilash
OIVga qarshi kurashning muvaffaqiyati keng qamrovli yondashuvni talab qiladi, u o’z ichiga oldini olishdan davolash, parvarsh etish va qo’llab-quvvatlashgcha bo’lgan choralarni qamrab oladi. OIV infeksiyasi har doim ham og’ir kasallikning asoratlari yoki nogironlik bilan bog’liq emas – davolashning sinalgan usullari, jumladan antiretrovirus terapiya OIV bilan yashayotgan ko’plab insonlarga to’laqonli turmush kechirish imkoniyatini yaratmoqda. Bundan tashqari, palliativ yordam bemor bo’lganlarga kasallik simptomlarini yengillashtirish va hayotni davom ettirishlari uchun dalda va ko’mak bo’lib xizmat qiladi. BMT Taraqqiyot Dasturining Loyihasi O’zbekiston hukumati bilan hamkorlikda bunga muhtoj insonlar uchun sifatli tibbiy yordam va xizmatlarni ta’minlashga ko’maklashadi. batafsilroq
29/04/2013 : Ijtimoiy innovatsiyalar ustaxonasi ITERATE
ITERATE bilan siz sakkiz kun davomida bilim va qizg`in muhokamalar olamiga sho`ng`iysiz. Boshqa 20 yosh yigit-qizlar bilan birgalikda sakkiz kun davomida aniq bir muammoni o`rganib chiqib, uni yechish yo`lida biznes-strategiya ishlab chiqish, uni sinovdan o`tkazish va amalga tadbiq qilish jarayonida qatnashish imkoniyatidan foydalanishga shoshiling. ITERATE o`zingiz ishlab chiqqan loyihangiz doirasida yangi bilim va ko`nikmalaringizni amalda sinab ko`rishingizga hamda bu ko`nikmalaringizni boshqa hamyurtlaringiz bilan baham ko`rishingizga imkoniyat yaratadi. batafsilroq
  • Yangiliklar jami: 254
  • Bu oy nashr qilingan: 8