|
|
BMTTD yangiliklari
|  |
| 25/03/2013 : Yangi g`oyalar va malaka oshirish imkoniyatlari – Biznes trening |  Joriy yilning mart oyi davodima Namangan viloyatning Chortoq tumanida BMT Taraqqiyot Dasturi xamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Tashqi savdoga ko`mak va O`zbekistonga investitsiyalar jalb qilish” qo`shma loyihasining “Savdo rivojlanishiga ko`maklashish” komponenti* doirasida, Chortoq tumani hokimligi yordamida biznes korxonalar raxbarlari, yakka tartibdagi va yosh tadbirkorlar uchun “Biznes reja tayyorlash” mavzusida seminar trening tashkil etildi. batafsilroq | |  | |  |
| 19/03/2013 : Ilmiy kommunikatsiyaning zamonaviy usullari va vositalari |  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi (DBA) professor va o’qituvchilar, tinglovchilar va kutubxona xodimlari uchun ilm-fan sohasida raqamli axborot almashuvi texnologiyalari bilan tanishish va DBA ning tadqiqot ishlarini amalga oshirishda Internet zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish bo’yicha treninglar o’tkazmoqda. batafsilroq | |  |
| 15/03/2013 : Sayg`oq katta ekranga chiqmoqda |  Bugun sayg`oqcha to`grisida multiplikatsion filmning taqdimoti bo`lib o`tadi. Oxirgi o`n yilliklar ichida Sayg`oqlarning dunyodagi soni 95% ga qisqarib, bu sutemizuvchilar orasidagi eng katta ko`rsatkich boldi. O`zbekistonda soyg`oqlarlarning qish mavsumida boradigan yagona joyi bo`lib Ustyurt platosi hisoblanadi. 2008 yilda ushbu hayvonlarni saqlab qolish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga qisqarib borayotgan turlar sifatida kiritilgan. batafsilroq | |  |
| 15/03/2013 : 2013 yilning “Inson taraqqiyoti haqidagi hisoboti”da “Janub Shimolga, Shimol esa Jabubga muhtoj” deb ta`kidlanmoqda |  Mexiko, 2013 yil 14 mart. Inson taraqqiyotidagi yuksalishlarning yangi davrida rivojlanayotgan dunyoning yetakchi mamlakatlari, shu jumladan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning ilg`or mamlakatlari umumiy kuch bilan hokimiyatdagi o`zgarishlarning sur`atlariga ta`sir ko`rsatmoqdalar. Ushbu fikr Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan tayyorlangan 2013 yilning Inson taraqqiyoti haqidagi hisobotida e`tirof etilgan. Mazkur Hisobotning taqdim marosimi bugun BMTning Taraqqiyot Dasturi Administratori Helen Klark va Meksika Prezidenti Enrike Penya Nyeto ishtirokida bo`lib o`tdi. batafsilroq | |  |
| 12/03/2013 : Bolalar rasmlari tanlovi - Chegara idoralari xodimlari xizmatda |  Tanlovga taqdim etilgan rasmlarda chegara idoralarining kundalik vazifalarini bajaruvchi xodimlari tasvirlanishi mumkin. Tanlov 2013 yil 12 mart - 12 aprelda o`tkaziladi. Toshkent shahri maktablarining 11 yoshdan 14 yoshgacha tanlovda qatnashishni istagan barcha o`quvchilari taklif etiladi. batafsilroq | |  |
| 12/03/2013 : Rasmlar tanlovi - Chegara idoralari xodimlari ishlamoqda va Chegaradagi xizmat itlari |  Tanlov 2013 yil 12 mart -12 aprelda o`tkaziladi. Tanlovda professional fotograflar, foto-jurnalistlar va chegara idoralari matbuot xizmatlarining xodimlari qatnashishi mumkin. Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlarda o`z funksional vazifalarini bajarayotgan chegara idoralari xodimlari va xizmat itlari bilan birgalikda ko`rsatilishi lozim. Fotosurat qayerda suratga olinganligi, surat olingan sana va boshqa qisqacha ma`lumotlar taqdim etilishi zarur. batafsilroq | |  |
|
- Yangiliklar jami: 258
- Bu oy nashr qilingan: 12
|