|
|
BMTTD yangiliklari
| 11/06/2012 : Bolalarda OIVning oldini olish hamda OIV bilan yashayotgan bolalar uchun davolash va qo`llab-quvvatlash xizmatlarini yetkazish |  OIV infeksiyasini onadan bolaga o’tishining oldini olish jahon bo’ylab OIVning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarning ustuvor yo’nalishidir. Xususan, bu borada O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi tomonidan onadan bolaga o’tishning oldini olish bo’yicha Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotinining klinik protokollari tasdiqlandi, shu bilan birga, Ming Yillik Maqsadlari kabi qator xalqaro bitimlar imzolandi.
OIV infeksiyasining onadan bolaga o’tishini oldini olish borasidagi O’zbekiston hukumatning sa’y-xarakatlari BMTTD/Global Jamg’armaning loyihasi tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.
batafsilroq | |  |
| 07/06/2012 : Yil Davomida Mevalardan Baxramand Buling Yoki Tadbirkorlar Sovuqxonada Saqlash Sohasidagi Bilimlarini Oshirdilar |  Qishloq xo'jaligi maxsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, yangi qurish yoki mavjud sovutish kameralarini modernizasiya qilishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar, sovutish binolarini qurish bo'yicha mutaxassilar, shuningdek hamda sovutish “zanjirining” turli bo'g'imlari vakillari uchun bag'ishlangan “Sovutish zanjiri: ishlab chiqaruvchidan iste`molchigacha” mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Mazkur seminar Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, USAIDning “Aglinks +” loyihasi bilan TIAISV va BMTTD hamkorligidagi “Tashqi savdoga ko'mak va O'zbekistonga investisiyalar jalb qilish” loyihasi, shuningdek BMTTDning “O'zbekiston Biznes Forumi (2 faza)” loyihasi tomonidan tashkil qilindi. batafsilroq | |  |
| 07/06/2012 : Zominda turizmni rivojlantirish bo`yicha zamonaviy tajribasini O`zbekistonning boshqa hududlarida qo`llash |  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorligi” loyihasi (BMTTD loyihasi) “Navoiy viloyatining turistik salohiyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzuidagi Konferensiyada ishtirok etdi. Konferensiya O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi Komissiyasi, Navoi viloyati xalq deputatlari Kengashi hamda “O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. batafsilroq | |  |
| 07/06/2012 : Ijtimoiy sherikchilik bo`yicha halqaro konferentsiya |  O’zbekistonda ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish, fuqarolik yamiyjati va ko’zga ko’ringan etakchi nodavlat nohukumat tashkilotlari (NNT) orqali davlat hokimiyati idoralari bilan o’zaro hamkorlikni rivojlanishini qo’llab-quvvatlash jarayonlarida BMT Taraqqiyot Dasturi faol ishtirok etib kelmoqda. “Ijtimoiy sherikchilik to’g’risida”gi yangi qonunni ishlab chiqilishida hissa qo’shish va fikrlar almashinuvini ta’minlash maqsadida BMTTD tashabbusi bilan etakchi mahalliy va halqaro hamkorlar ko’magida “Ijtimoiy sherikchilikni takomillashtirishda huquqiy-tashkiliy mehanizmning dolzarb masalalari: halqaro va mahalliy tajribalar” mavzusida konferentsiya bo’lib o’tdi.
batafsilroq | |  |
| 04/06/2012 : Kelajak avlodlar uchun olamni yaxshilaylik |  Navoiyda o’tkazilayotgan Ekofestival O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, BMT TD (Taraqqiyot dasturi), YUNESCOning O’zbekistondagi vakolatxonasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida ikkinchi marotaba o’tkazilayotgan Ekoxaftalikning bir qismidir. Eng yaxshi rasm, fotosurat, plakat va eng yaxshi innovatsion loyiha g’oyasi ko’rik tanlovlarida ishtirok etuvchi Navoiy viloyatining turli maktab, kolledj va litseylaridan kelgan 300dan ortiq o’g’il va qiz bolalar uchun Ekofestival muhim hodisa bo’ldi. Bolalar yaratgan barcha ishlar atrof-muhitni asrab-avaylash g’oyasiga asoslangan. batafsilroq | |  |
| 02/06/2012 : Butun jahon atrof-muhit kuniga bag`ishlangan tanlov g`oliblari taqdirlandi |  Butun jahon atrof-muhit kuni nishonlashning asosiy maqsadlaridan biri – jamoatchilik e`tiborini tabiatni asrash va barqaror taraqqiyot masalalariga qaratishdan iborat. Yoshlar O`zbekiston aholisining yarmidan ko`pini tashkil etadi, shu sababli yoshlarni ekologik tadbirlarda ishtirok etishga jalb etish muhim vazifa sanaladi. Ayniqsa, bo`lajak kasbi tog`-kon sanoati bilan bog`liq talabalar uchun bioxilma-xillikni saqlash bo`yicha bilim va ko`nikmalarga ega bo`lish ularda ekologiyaga nisbatan do`stona munosabatni shakllantirishga zamin bo`ladi.
batafsilroq | |  |
| 01/06/2012 : Atrof Muhitni Muhofaza Qilish Kuniga Rasmlar Bayrami |  Surxon davlat qo’riqxonasi qoshidagi axborot markazida, BMTTD-GEF va O’zbekiston Hukumati tomonidan amaga oshirilayotgan “Qoriqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar milliy tizimi barqarorligini mustaxkamlash” loyihasi hamda, Oz’bekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va O’zbekistion respublikasi Qisloq va suv xo’jaligi vazirligi Or’mon ho’jaligi bosh boshqarmasi bilan birgalikda tashkil etilgan “Tabiatni asrasak-o’zimizni asraymiz” nomli tanlovining goliblari tantanali ravishda taqdirlandilar batafsilroq | |  |
| 30/05/2012 : O`zbekistonda Eko xaftalik an`anasi. 5 iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni |  Ekologik taqvimning muhim sanalaridan biri 5 iyun – Butunjahon atrof-muhit kunidir. Butunjahon atrof-muhit kuniga bag'ishlab va mamlakatning barqaror rivojlanishi hamda aholi farovonligi uchun atrof-muhit muhofazasi masalalarining muhimligiga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, xamda BMTning Ahborot Markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 31 mayidan 5 iyuniga qadar ekologik xaftalikni o'tkazishni rejalashtirgan. batafsilroq | |  |
|
- Yangiliklar jami: 254
- Bu oy nashr qilingan: 8
|