UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
BMTTD yangiliklari
Filtrdan tozlash uchun pastgi filtr tugmachasini bosing
Faoliyat doirasi

Faoliyat doirasini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




MRM bo`yicha

Mingyillik rivojlanish maqsadlarini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sektor

Sektorni tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Jug`rofiy yo`nalishi

Jug`rofiy yo`nalishini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sana

Vaqt davrini tanlang





Quyidagi sanadan:
Quyidagi sanagacha:


03/08/2012 : Havfsiz donorlik qonini ta`minlash – OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi samarali to`siq
Har yili qon quyish millionlab insonlar hayotini saqlab qolish imkoniyatini yaratadi. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) bahosiga ko’ra ko’ra, har uchinchi shaxs hayoti davomida kamida bir marta donor qoniga muhtoj bo’ladi. Shu bilan birga, OIV/OITS epidemiyasi sharoitida donorlik qonini quyish orqali yuqadigan infeksiyalarning oldini olish alohida e’tiborga loyiq, chunki JSST ma’lumotiga ko’radunyo bo’ylab 3% gacha bo’lgan OIV yuqishi hollari aynan zararlangan qon va uning komponentlarini quyish orqali sodir bo’ladi. Shu bois havfsiz donorlik qonini ta’minlash qon quyish orqali yuqadigan ko’plab infeksiyalar, shu jumladan OIVning oldini olishning asosiy shartlaridandir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi qon donorligi xizmatini takomillashtirish borasida qator qonunchilik xujjatlarini qabul qildi. batafsilroq
30/07/2012 : Ma`muriy jarayon masalalarini takomillashtirish - samaradorlik va ochiqlik garovi
Har bir davlat idorasi tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan o`zining qoidalarini o`rnatishi ma`muriy jarayonlar tartibga solishning tizimsizligi va nomuvofiqligini, huquqiy tartibga solish tizimining butunligini va uzluksizliginining mavjud emasligini, hamda natijada davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining aholi oldidagi hisobdorligining cheklanganligi yoki umuman yo`qligini namoyon etishi – butun dunyoda ma`muriy jarayonni isloh qilishning asosiy shartlaridandir. batafsilroq
27/07/2012 : Suddagi san-solarlik adolatli sudga bo`lgan huquqni inkor qilishga tenglashtirilgandir
«Suddagi san-solarlik adolatli sudga bo`lgan huquqni inkor qilishga tenglashtirilgandir” degan tamoyil eski bo`lsa ham, amaliy tamoyil bo`lib, u taraflar buzilgan fuqarolik huquqlarining o`z vaqtida himoyalanmaganligi adolatli sudlovning yo`qligiga tenglashtirilgandir. Mazkur tamoyil zamonaviy sudlov tizimining asosi hisoblanib, nizolarni samarali hal etish sohasidagi sud tizimini takomillashtirishning asosiy vazifalardan biridir. batafsilroq
20/07/2012 : Ustyurt platosida bioxilma-xillikni saqlash masalalari muhokama qilindi
Sariqamish atrofidagi hudud biologik xilma-xillik nuqtai nazaridan juda qimmatli hisoblanadi. «Bu yerda saqlab qolish muhim bo’lgan noyob hayvonot turlari yashaydi», – deya qayd etdi bo’lib o’tgan uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Davlatbionazorat inspektsiyasi xodimi Maksim Mitropolskiy. Ushbu tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi va Global Ekologiya Jamg’armaning (GEF) «O’zbekiston neft va gaz tarmog’iga biologik xilma-xillikni saqlash tamoyillarini integratsialash» loyihasi xodimlarining ekspeditsiya natijalariga bag’ishlandi. Uchrashuvda Davlatbionazorat inspektsiyasi, yuqoridagi loyiha vakillari va «Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar milliy tizimini qo’riqxonalarga e’tiborni qaratish yo’li bilan mustahkamlash» loyihasi xodimlari ishtirok etdi. batafsilroq
20/07/2012 : Yaylovlarni barqaror boshqarish bo`yicha tadbirlar tajribasi
Ohirgi yillarda O’zbekiston Respublikasida yaylovlarni oriqlashi va mahsuldorligining pasayishiga oid muammolar keskinlashib kelmoqda. Ulardan asosiylari bu tuproqlarni sho’rlanishi va eroziyaga uchrashi, o’rmonsizlanishi hamda cho’l yaylovlarni biologik mahsuldorligini pasayishi. Ushbu muammolarni echishda eng samarador choralaridan birlari bu yaylovlarni fitomelioratsiya, yaylovlarni himoya tasmalarini yaratish, ozuqa ishlab chiqarishni jadallashtirish va hokazo orqali yaylovlarni barqaror boshqarish. Hozirgi vaqtda tanazzulga uchragan yerlar maydonlarida targ’ibot qilinishi bo’lgan yaylovlarni barqaror boshqarishda zamonaviy uslublarni qo’llash bo’yicha ma’lum tajriba yig’ilgan. batafsilroq
13/07/2012 : Zomin investorlarni turistik infratuzilmani rivojlantirishga chorlamoqda
Zomin o’zining noyob tabiiy va iqlim sharoitlari, 800 turdan ziyod o’simliklar va 150 xildan ortiq kamyob yovvoyi hayvonlarga ega bo’lgan “Zomin” milliy bog’i va Davlat qo’riqxonasi ekotizimi hamda arxeologik va tabiiy obidalari, boy madaniyati va chuqur tarixi bilan O’zbekistonning eng go’zal va manzarali joylaridan biri sanaladi. Bu erda turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. batafsilroq
11/07/2012 : Intellektual mulk obyektlarini baholashda yangi standartlar
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Innovatsion siyosat va tehnologiyalar transferi sohasida ko’maklashish” loyihasi O’zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qo’mitasi bilan hamkorlikda “Intellektual mulk obyektlarini qiymatini baholash” mulkni baholash milliy standartini ishlab chiqdi. batafsilroq
10/07/2012 : O`zbekistonning qurg`oqchil adirlarida pista o`rmonlarini yaratish
Yer resurslarini boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tashabbusining (YERBMOMT) salohiyatni oshirish bo‘yicha Ko‘p mamlakatli loyiha milliy komponenti doirasida, Kichik Grantlar Dasturi bilan birgalikda Respublika manzarali bog’dorchilik va o’rmonchilik ilmiy ishlab chiqarish markazining G’allaorol tayanch punktida pistani tog’ oldi qurg’oqchil erlarda to’liq etishtirish davri bo’yicha ko’chma seminar-trening bo’lib o’tdi. Seminarda turli vazirlik va muassasa vakillari, tadqiqot qorxonalar, o’rmonchi-fermerlar va xalqaro tashkilotlar xodimlari qatnashdilar. batafsilroq
  • Yangiliklar jami: 254
  • Bu oy nashr qilingan: 8