UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
BMTTD yangiliklari
Filtrdan tozlash uchun pastgi filtr tugmachasini bosing
Faoliyat doirasi

Faoliyat doirasini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




MRM bo`yicha

Mingyillik rivojlanish maqsadlarini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sektor

Sektorni tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Jug`rofiy yo`nalishi

Jug`rofiy yo`nalishini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sana

Vaqt davrini tanlang





Quyidagi sanadan:
Quyidagi sanagacha:


15/03/2013 : 2013 yilning “Inson taraqqiyoti haqidagi hisoboti”da “Janub Shimolga, Shimol esa Jabubga muhtoj” deb ta`kidlanmoqda
Mexiko, 2013 yil 14 mart. Inson taraqqiyotidagi yuksalishlarning yangi davrida rivojlanayotgan dunyoning yetakchi mamlakatlari, shu jumladan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning ilg`or mamlakatlari umumiy kuch bilan hokimiyatdagi o`zgarishlarning sur`atlariga ta`sir ko`rsatmoqdalar. Ushbu fikr Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan tayyorlangan 2013 yilning Inson taraqqiyoti haqidagi hisobotida e`tirof etilgan. Mazkur Hisobotning taqdim marosimi bugun BMTning Taraqqiyot Dasturi Administratori Helen Klark va Meksika Prezidenti Enrike Penya Nyeto ishtirokida bo`lib o`tdi. batafsilroq
12/03/2013 : Bolalar rasmlari tanlovi - Chegara idoralari xodimlari xizmatda
Tanlovga taqdim etilgan rasmlarda chegara idoralarining kundalik vazifalarini bajaruvchi xodimlari tasvirlanishi mumkin. Tanlov 2013 yil 12 mart - 12 aprelda o`tkaziladi. Toshkent shahri maktablarining 11 yoshdan 14 yoshgacha tanlovda qatnashishni istagan barcha o`quvchilari taklif etiladi. batafsilroq
12/03/2013 : Rasmlar tanlovi - Chegara idoralari xodimlari ishlamoqda va Chegaradagi xizmat itlari
Tanlov 2013 yil 12 mart -12 aprelda o`tkaziladi. Tanlovda professional fotograflar, foto-jurnalistlar va chegara idoralari matbuot xizmatlarining xodimlari qatnashishi mumkin. Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlarda o`z funksional vazifalarini bajarayotgan chegara idoralari xodimlari va xizmat itlari bilan birgalikda ko`rsatilishi lozim. Fotosurat qayerda suratga olinganligi, surat olingan sana va boshqa qisqacha ma`lumotlar taqdim etilishi zarur. batafsilroq
07/03/2013 : BMT Taraqqiyot Dasturiga “Esdalik nishoni” berildi
2013 yilning 7 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining tashkil topgan kuniga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Har yili o’tkaziladigan ushbu tadbirda Vazirlikning 17 yil ichida erishgan yutuqlari va kelgusi rejalari haqida ta’kidlab o’tildi. batafsilroq
25/02/2013 : Donorlik qoni xavfsizligini ta’minlash – OIV infeksiyasining qon quyish orqali tarqalishiga qarshi samarali to’siq
Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutining donorlar bolimi donorlar bilan to’lgan, ularning ba’zilari qon topshirmoqdalar va ba’zilari o’z navbatlarini kutmoqdalar. Ularning ba’zilari birinchi bor kelganlar, ‘tajribali’ qon donorlari ham kam emas. - Men besh yildan beri qon topshirib kelmoqdaman. Bir kuni homilador ayol avtoxalokatga uchrab, tezda qon kerak bo’ldi, yo’qsa, ona ham, bola ham nobud bo’lishi mumkin edi. Men bajonodil o’z qonimni ulashdim, u ayol tirik qoldi va farzandi dunyoga keldi. Shundan beri ushby ayol o’gli bilan bolaning har tug’ilgan kunida meni ko’rgani kelishadi. Ikki kishiga yordamim tekkanidan baxtiyorman. Yanada ko’proq insonlarga yordam beray deb, qon topshirishni davom etmoqdaman, - deydi 48 yashar qon donori Ergash aka. batafsilroq
15/02/2013 : Joylardagi dehqonlarga ko`maklashish uchun 50ta agromaslahatchilar tayyorlandi
Orol dengizi fojiasining qishloq xo`jaligi va er holatiga o`tkazgan salbiy ta`sirini nazarda tutgan holda, fermer va dehqonlar qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda turli hil muammolarga duch keladilar. Shuning uchun, shunday holatlarda fermer va dehqonlarga muammoning echimini topishga hamda faoliyatlarini barqarorlashtirishga yaqindan yordam beradigan agromaslahatchilar tarmog`ini yaratish alohida ahamiyatga ega. batafsilroq
11/02/2013 : Hududiy turizmni rivojlantirish bo`yicha tanlov natijalari
2012 yil noyabr va dekabr oylari davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O`zbekistondagi vakolatxonasi va «Kelajak - Tur» xalqaro yoshlar turizmi va hamkorlik byurosi «O`z shahar, tuman yoki hududingizni ijtimoiy tarmoqlar orqali taniting» mavzusida tanlov o`tkazdi. Ushbu tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari – ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakatning madaniy qadriyatlari va diqqatga sazovor hududlarining mahalliy va horijiy sayyohlar orasida keng tanitish va ommalashtirish. Tanlovda ishtirok etish uchun mamlakatimizning turli hududlaridan 70 dan ortiq nomzodlar o`z arizalarini topshirishdi. batafsilroq
07/02/2013 : Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Doimiy vakili qabul qilindi
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Doimiy vakili va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Doimiy vakili Stefan Priesner qabul qilindi. batafsilroq
  • Yangiliklar jami: 252
  • Bu oy nashr qilingan: 6