UNDP Uzbekistan

Asosiy ishoratlar
BMTTD yangiliklari
Filtrdan tozlash uchun pastgi filtr tugmachasini bosing
Faoliyat doirasi

Faoliyat doirasini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




MRM bo`yicha

Mingyillik rivojlanish maqsadlarini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sektor

Sektorni tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Jug`rofiy yo`nalishi

Jug`rofiy yo`nalishini tanlang

Bir necha variant tanlash uchun, CTRL tugmasini ushlab tanlang




Sana

Vaqt davrini tanlang





Quyidagi sanadan:
Quyidagi sanagacha:


26/05/2012 : Zomin qishloqlari aholisi Jamoatchilikka asoslangan turizm xizmatlarini ko`rsatishni o`zlashtirmoqdalar
Community-Based-Tourism shuningdek qishloq turizmi deb ham ataladi va u boshqa turizm sohalaridan, sayyohlarga mahalliy jamoatchilikning mahalliy urf-odatlari bilan yaqindan tanishish kabi betakror imkoniyatini yaratish bilan birga, mamlakatning cheka joylaridagi qishloq oilalari uchun yashash sharoitlarini oshirish va daromad manbalarini kengaytirish, va shuningdek milliy va madaniy merosini saqlab qolish imkoniyatini yaratib berish kabi xususiyati bilan ajralib turadi. CBT sohasidagi xalqaro tajribasining tahlil natijalariga ko‘ra CBTni rivojlantirishiga berilgan e’tibor qishloq joylardagi mahalliy aholi tomonidan sayyohlarga kechasi tunash uchun mehmonxona uylarini ijaraga berish, ovqatlanish joylarini va ko‘ngil yozdi dasturlarini tashkillashtirish, yo‘lboshchilik xizmatlarini ko‘rsatish, hunarmandchilik esdalik buyumlarini yasab-sotish orqali qo‘shimcha daromad qilish imkoniyatlarini ko‘paytiradi. batafsilroq
24/05/2012 : Yosh mutahassislar qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarishining yangi uslub va amaliyotlarni o`rganmoqdalar
“Kasbiy ta’lim – agrar sektorni modernizatsiyalash poydevori” mavzusida ilmiy amaliy seminar bo’lib o’tdi. Seminar Yer resurslarini boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tashabbusining (YERBMOMT) salohiyatni oshirish bo‘yicha Ko‘p mamlakatli loyiha milliy komponenti doirasida tashkillashtirilgan bo’lib 60 nafardan ortiqroq qatnashuvchilarni jalb etdi. Shu jumladan, seminarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputatlari, agrarchi olimlar, fermerlar, mahalliy hokimiyat, halqaro tashkilotlar, jamoatchilik va matbuot vakillari, hamda o’qtuvchilar va kollej studentlari qatnashdilar. batafsilroq
22/05/2012 : Talabalar biologik xilma-xillikni saqlashni qollab-quvvatlaydilar
Xalqaro Bioxilma-xillik kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995 yili e`lon qilingan. 2001 yildan e`tiboran u har yili 22-may kuni nishonlanadi. Ushbu kunni nishonlash munosabati bilan 22 mayda Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI), "Neft va gazni qayta ishlashning kimyoviy texnologiyasi" mutaxassisligi b o`yicha ta`lim oluvchi talabalar o`rtasida "Bioxilma-xillik va neft va gaz sohasi" mavzuida viktorina (tanlov) o`tkazildi. Institutda mazkur mutaxassislik bo`yicha 500 dan ortiq talaba ta`lim oladi. Tadbirdan maqsad - yaqin kelajakda neft va gaz sohasida ishlaydigan talaba yoshlarning bioxilma-xillikni saqlashning muhim ekanligi to`g`risidagi bilimlarini oshirish hamda ularning kelgusi faoliyatlarida tabiatni muhofaza qilish bo`yicha hatti-harakatlarini rag`batlantirishdan iborat. Viktorina BMTTD-GEFning "O`zbekiston neft va gaz tarmog`iga bioxilma-xillikni saqlash tamoyillarini integratsialash " loyihasi va O`zbekiston Respublikasi Davlat Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasining rahnamoligida o`tkazildi. batafsilroq
17/05/2012 : «Yashil» kelajak muzokaralariga doir saboqlar
«Toshkent ko`chalarida qizil svetofor yonganda ko`pincha avtomashinalardan biri boshqalarga nisbatan oldinroq joyidan qo`zg`alishini hech kuzatganmisiz? Shu zahotiyoq uning ortidan boshqa mashinalar o`z harakatini boshlaydi va bunda aytarli hech kim svetoforning qizil chiroqlariga yetarli ahamiyat bermaydi», – deya Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya talabalariga murojaat etdi iqlim o`zgarishi muzokaralari bo`yicha milliy konsultant Aleksey Semyonov. batafsilroq
12/05/2012 : Aholiga davlat xizmatlarini ko`rsatish sifati yaxshilanadi
Jizzax shahar hokimligi huzuridagi “Yagona oyna markazi” Davlat unitar korxonasida “Elektron raqamli imzodan foydalangan holda ma’lumotlar bazasi va hujjatlarni uzatish dasturi bilan ishlash asoslari” mavzusida ikki kunlik trening tashkil etildi. batafsilroq
11/05/2012 : E`lon: Halqaro tabiatni muhofaza qilish kuniga bag`ishlangan neft va gaz sohasidagi talabalarning ekologik ishlari tanlovi
BMTTD-GEFning “O`zbekiston neft va gaz tarmog`iga bioxilma-xillikni saqlash tamoyillarini joriy qilish” loyihasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi, O`zbekneftgaz Milliy Xolding Kompaniyasi hamda neft va gaz sohasidagi xususiy kompaniyalarning homiyligida talabalarning ijodiy ishlari bo`yicha ekologik tanlovini e`lon qiladi. batafsilroq
11/05/2012 : DACUM usuli samarali`quv dasturlarini ishlab chiqishda ko`maklasha oladimi?
Shu kunladra Toshkentdagi «Poytaxt» biznes markazida “DACUM usuli asosida o`quv dasturlarini ishlab chiqish” treningi o`tkazilyapti. Unda O`zR Moliya vazirligi huzuridagi O`quv markazi, shuningdek O`zR Bank-moliya akademiyasining o`qituvchilari ishtirok etmoqda. batafsilroq
05/05/2012 : Innovatsiyalar – «yashil» kelajak sari ilk qadam
2012 yilning 3-5 may kunlari «O`zekspomarkaz» ko`rgazma majmuasida «Innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar V Respublika yarmarkasi» bo`lib o`tdi. batafsilroq
  • Yangiliklar jami: 254
  • Bu oy nashr qilingan: 8