|
|
BMTTD yangiliklari
| 14/05/2013 : Dialog barcha uchun foydali |  Namangan shahrida yakka tartibdagi tadbirkorlar, hunarmandlar, «Hunarmand» uyushmasi a’zolari uchun «Yakka tartibdagi tadbirkorlik-hunarmandchilik faoliyatida ishlab chiqarish va maxsulotlar savdosini rivojlantirishning dolzarb muammolari» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Namangan viloyatining Chust, Kosonsoy va Namangan tumanlarining «Hunarmand» uyushmasining a’zolari, Kosonsoy tuman xokimiyati xuzuridagi Tabirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasi, Bojxona qo‘mitasini viloyat boshqarmasi, viloyat Soliq inspeksiyasi boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi hamda Markaziy Bankining viloyat Bosh boshqarmasi vakillaridan iborat, jami 40dan ortiq, qatnashchilar ishtirok etishdi. batafsilroq | |  |
| 13/05/2013 : Energiya barqaror rivojlanishning muhim omili |  Energiya - barqaror rivojlanish va aholining farovonlik darajasini oshirishga xizmat qiladigan muhim omillardan biri hisoblanadi. U rivojlanishning barcha jihatlariga ta`luqlidir - ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik, shu jumladan suv man`balari, qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash, ta`lim va gender kabi masalalarga ta`sir etadi. batafsilroq | |  |
| 07/05/2013 : Meva va sabzavotlarni sovuqxonada saqlash bo`yicha amaliy tavsiyalar |  Sovuqxona uskunalarining muxandislari hamda meva sabzavotlarni saqlash bilan shug`ullanadigan tadbirkorlar uchun «Sovutgich uskunalarini ishlatish va ta`mirlash» mavzusida 2 kunlik o`quv seminari bo`lib o`tdi. Seminar qishloq va suv xo`jaligi Vazirligi, USAID “Aglinks +” loyihasi ko`magida va BMTTDning «Tashqi savdoga ko`mak va O`zbekistonga investitsiyalar jalb qilish» loyihasi ishtirokida amalga oshirildi. batafsilroq | |  |
| 07/05/2013 : O`zbekistonning viloyatlarida biznesni rivojlantirishga BMT tomonidan qo`shilayotgan hissasi |  O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarni xarid qilish orqali BMT respublikada kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash, iqtisodiy jihatdan foydali bo`lgan savdo-sotiq bitimlarini tuzib ularni o`z vaqtida va maromida bajarish hamda yetkazib berilayotgan mahsulotlar amalga oshirilayotgan tashabbus va dasturlar benefitsiarlarining aniq ehtiyojlarini qondirishini ta`minlashga erishadi. batafsilroq | |  |
| 25/03/2013 : Yangi g`oyalar va malaka oshirish imkoniyatlari – Biznes trening |  Joriy yilning mart oyi davodima Namangan viloyatning Chortoq tumanida BMT Taraqqiyot Dasturi xamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Tashqi savdoga ko`mak va O`zbekistonga investitsiyalar jalb qilish” qo`shma loyihasining “Savdo rivojlanishiga ko`maklashish” komponenti* doirasida, Chortoq tumani hokimligi yordamida biznes korxonalar raxbarlari, yakka tartibdagi va yosh tadbirkorlar uchun “Biznes reja tayyorlash” mavzusida seminar trening tashkil etildi. batafsilroq | |  |
| 15/03/2013 : 2013 yilning “Inson taraqqiyoti haqidagi hisoboti”da “Janub Shimolga, Shimol esa Jabubga muhtoj” deb ta`kidlanmoqda |  Mexiko, 2013 yil 14 mart. Inson taraqqiyotidagi yuksalishlarning yangi davrida rivojlanayotgan dunyoning yetakchi mamlakatlari, shu jumladan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning ilg`or mamlakatlari umumiy kuch bilan hokimiyatdagi o`zgarishlarning sur`atlariga ta`sir ko`rsatmoqdalar. Ushbu fikr Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan tayyorlangan 2013 yilning Inson taraqqiyoti haqidagi hisobotida e`tirof etilgan. Mazkur Hisobotning taqdim marosimi bugun BMTning Taraqqiyot Dasturi Administratori Helen Klark va Meksika Prezidenti Enrike Penya Nyeto ishtirokida bo`lib o`tdi. batafsilroq | |  | |  |
| 17/10/2012 : Davlat haridlari moliya vazirligi hodimlari diqqat markazida |  “O`zbekistonda davlat haridlari amaliyoti”, “Turkiyada davlat haridlari amaliyoti”, “Qurilish ishlari bo`yicha tenderlar”, “Tovarlar sotib olish va hizmatlar ko`rsatish bo`yicha tenderlar”, Elektron savdolar amaliyoti va elektron davlat haridlari platformasi” – bular Davlat haridlari bo`yicha o`tkaziladigan uch kunlik treningda ko`rib chiqiladigan mavzular va prezentaciyalarning bir qismi, holos. batafsilroq | |  |
|
- Yangiliklar jami: 268
- Bu oy nashr qilingan: 6
|