UNDP Uzbekistan

O`zbekistonda MRM
Kam ta`minlanganlikni va qoniqarsiz oziqlanishni qisqartirish
1. Kam ta`minlanganlikni va qoniqarsiz oziqlanishni qisqartirish
Boshlang`ich va o`rta maktablarda ta`lim sifatini oshirish2. Boshlang`ich va o`rta maktablarda ta`lim sifatini oshirish
Ayollar va erkaklar tengligini rag`batlantirish va ayollarning huquq hamda imknoiyatlarini kengaytirish
3. Ayollar va erkaklar tengligini rag`batlantirish va ayollarning huquq hamda imknoiyatlarini kengaytirish
Bolalar o’limini qisqartirish
4. Bolalar o’limini qisqartirish
Onalar salomatligini yaxshilash
5. Onalar salomatligini yaxshilash
OIV/OITS, sil kasalligi va bezgakka qarshi kurashish
6. OIV/OITS, sil kasalligi va bezgakka qarshi kurashish
Ekologik barqarorlikni ta`minlash
7. Ekologik barqarorlikni ta`minlash
O`zbekiston va rivojlanish maqsadida global hamkorlik
8. O`zbekiston va rivojlanish maqsadida global hamkorlik
8 MRMdan tashqari
9. 8 MRMdan tashqari
Milliy maqsad 2. Boshlang`ich va o`rta maktablarda ta`lim sifatini oshirish

2-sonli Milliy vazifa. 2015 yilga borib, umumiy bahramandlikni saqlab qolgan holda, boshlang`ich va umumiy o`rta ta`lim sifatini oshirish

O`zbekiston “Bolalar huquqlari to`g`risida konventsiya”ni 1992 yilda, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g`risida xalqaro konventsiya”ni esa 1995 yilda imzolagan. Shu tariqa mamlakat ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan huquqlarni, ayniqsa, ta`lim olishga bo`lgan huquqni ro`yobga chiqarish imkoniyatini hamda himoyalashni ta`minlashni o`z zimmasiga olgan.
O`zbekiston aholining deyarli yalpi savodxonligiga erishgan. Zero, aholining savodxonligi 1991 yildagi 97,7%dan 2003 yilda 99,3%ga yetdi. O`rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma`lumotga ega katta yoshli aholi hissasi 75%dan oshdi. Boshlang`ich va o`rta ta`lim darajasida qamrab olingan qiz va o`g`il bolalar soni orasida amalda farq yo`q (90% o`g`il 90,5% qiz bola).

Hukumat 2002 yildan kam ta`minlangan oilalardan bo`lgan o`quvchilarga tekin darsliklar bera boshladi. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishi cheklangan bolalar uchun umumta`lim maktablar soni 2001 yildan beri o`zgarmasdan, jami maktablarning 0,9%ni tashkil qiladi.   

O`zbekistonda boshlang`ich va o`rta ta`limdan umumiy bahramandlikka global MRM uchun boshlang`ich sana bo`lgan 1990 yildayoq erishilgan. Tekin, teng huquqli va majburiy to`liq o`rta ta`lim Konstitutsiyada kafolatlangan.

Mavjud muammolarni hal qilish uchun qanday choralar ko`rilmoqda?

1997 yilda O`zbekiston ta`lim sohasida islohotlarni amalga oshira boshladi. “Aholi farovonligini oshirish strategiyasi”ga rioya qilib Hukumat ta`lim sifatini oshirish uchun katta hissa qo`shdi.  
Hukumat majburiy va bepul ta`lim davomiyligini 2009 yilga kelib to`qqiz yildan o`n ikki yilga uzaytirish maqsadida 1997 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishga kirishdi.
Maktab ta`limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi o`z oldiga quyidagi maqsadlarni qo`yadi:
  • umumta`lim maktablarni infratuzilmasini mustahkamlash va rivojlantirish;
  • maktablarni zamonaviy o`quv va laboratoriya uskunalari, komp`yuterlar, darsliklar hamda o`quv materiallari bilan ta`minlash;
  • o`qitish metodikasi va o`quv dasturlarini yaxshilash;
  • o`qituvchilar malakasini oshirish; ularni samarali tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish; o`qituvchilarni undash darajasini oshirish.  

Bundan tashqari, hukumat aholi kam ta`minlangan qatlamlarini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan qator choralar ko`rdi. Hukumat 2002 yildan kam ta`minlangan oilalardan bo`lgan o`quvchilarga tekin darsliklar bera boshladi. Yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar davlat tomonidan to`liq ta`minlanmoqda. 1997 yildan boshlab kam ta`minlangan oilalar bolalariga qishki kiyim-kechak tekin berilmoqda.

O`zbekiston ta`lim tizimiga yirik mablag`lar sarflamoqda, binobarin, hukumatning istiqbolda bashariy resurslar sifatini ta`minlash borasidagi g`ayrat-shijoatiga tan berish darkor.

O`zbekistonda boshlang`ich va o`rta ta`limdan umumiy bahramandlikka global MRM uchun boshlang`ich sana bo`lgan 1990 yildayoq erishilgan.

O`zbekiston aholining deyarli yalpi savodxonligiga erishgan. Zero, aholining savodxonligi 1991 yildagi 97,7%dan 2003 yilda 99,3%ga yetdi. O`rta maxsus, kasb-hunar yoki oily ma`lumotga ega katta yoshli aholi hissasi 75%dan oshdi. Boshlang`ich va o`rta ta`lim darajasida qamrab olingan qiz va o`g`il bolalar soni orasida amalda farq yo`q (90% o`g`il 90,5% qiz bola). Ijtimoiy monitoring ma`lumotiga ko`ra, O`zbekistonda boshlang`ich ta`lim qamrovi 2002 yilda 97,5%ni tashkil etgan.

O`quvchilarni qabul qilishning yuqori ko`rsatqichi, afsuski, ular doim ham maktabga muntazam qatnashini buldirmaydi. Bolalar maktabdagi mashg`ulotlarga qatnamasligi to`g`risida ma`lumotlar mavjud. Ular maktabga amalda qatnaydigan 7 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan yosh guruhida o`g`il bolalarning 74% va qiz bolalarning 73%igina maktabga qatnashidan dalolat beradi.
2001 yilda o`tkazilgan Uy xo`jaligi budjeti tadqiqoti ko`rsatishicha, ta`limning barcha bosqichida mintaqaviy tafovutlar ham davomat darajasida o`z rolini o`ynar ekan. Tadqiqot ma`lumotlariga ko`ra maktabga qatnash darajasi shimoliy va janubiy viloyatlarda past.
Ta`lim tizimi duch keladigan muammolar ko`pligiga qaramay, rasmiy statistik ma`lumotlarga ko`ra, boshlang`ich maktablarning deyarli barcha o`quvchilari o`rta ta`lim tayanch darajasining 5-sinfigacha yetib borishini ta`kidlash muhim.
O`qitish sifatining pasayishi va ota-onalarning joriy xarajatlari ortib borayotgani savodxonlik darajasiga hamda mehnat bozorining istiqboldagi ahvoliga nomatlub ta`sir ko`rsatsa-da, ta`lim aholi orasida hali ham kambag`allik domiga tushmaslik uchun hayotiy zarur hisoblanadi. Ma`lumoti to`liq bo`lmaganlar uchun amalda yuksalish istiqboli cheklanganligini ota-onalar ham, o`quvchilar ham tushunishadi, shu bois ma`lumot olishga juda jiddiy yondashishadi. Ta`limning yuqoriroq darajalarini tavsiflovchi ko`rsatkichlar birmuncha boshqacha manzara hosil qiladi. Oliy o`quv yurtlarida qamrab olish 1991 yildagi 14,8%dan 2002 yilda 7,9%ga pasaygan. Bu tendentsiya o`tish davri iqtisodiyotini kechirayotgan, oliy o`quv yurtlariga qabul ancha oshgan boshqa mamlakatlardagi ahvol bilan qiyoslanganda, kishini lol qoldiradigan keskin farqdir.  

Imkoniyati cheklangan bolalar
Boshlang`ich ta`limdan umumiy bahramand bo`lish garchi ta`minlangan bo`lsa-da, u imkoniyati cheklangan bolalar uchun muammoligicha qolib kelmoqda. Ko`p nogiron bolalar maktabga qatnashmaydi, shu bois ularning bundan keyingi farovonligi va ma`lumot olishi tashvishli ishlardan bo`lib qolmoqda. Bu bolalar ta`limdan chetda qolib ketmasligi uchun Xalq ta`limi vazirligi 2001 yilda “Inklyuziv ta`lim” maxsus dasturini ishlab chiqdi va u YUNISEF hamda YUNESKO  tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Bola oddiy maktabga borishga qobilmi yoki uni maxsus internat yohud sanatoriyga jo`natish kerakmi ekanligini aniqlashda ko`maklashuvchi komissiyalar tuzildi. Hozir imkoniyati cheklangan 40000 bola davlat mablag`lari hisobiga ta`lim olmoqda.
Asosiy muammolar
Ta`lim sifatini o`lchashning aniq mexanizmi yo`qligi O`zbekistondagi ta`lim sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi muhim omillardan biridir. 2003-2004 yillar davomida bir nechta boshlang`ich maktabda o`quvchilarning ehtiyojlarini baholash hamda ta`lim sifati pasayishining asosiy omillarini aniqlash bo`yicha tadqiqot olib borildi. Quyidagi sabablar aniqlandi:

    • darsliklar yetishmasligi;
    • darsliklar narxi yuqoriligi;
    • maktablarning teng darajada jihozlanmasligi;
    • o`qituvchilar mehnat haqi darajasi pastligi;
    • malakali o`qituvchilar yetishmasligi;
    • oilalardagi moliyaviy qiyinchiliklar.
    tepaga
Foydali ishoratlar