Mingyillik rivojlanish maqsadlari
MRM kampaniyasi
Mingyillik Sammiti
2000 yilda jahon tarixida va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida muhim voqea bo`ldi. Mingyillik Sammiti muhim global chaqiriqlarga e`tiborni qaratish uchun 189 mamlakat rahbarlarini to`pladi. Ular ushbu dunyoni butun insoniyat uchun yaxshiroq qilish majburiyatini o`z zimmalariga oldilar. Davlatlar qashshoqlikka qarshi kurashish, asosiy xizmatlardan asosiy turlaridan bahramand bo`lishni yaxshilash, kasalliklar tarqalishini kamaytirish va atrof muhitni himoyalash uchun kuch-g`ayratni birlashtirish borasida noyob imkoniyatga ega bo`ldilar. “Mingyillik Deklaratsiyasi” 21 asrga mo`ljallangan Global kun tartibini belgilab berdi hamda Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM) sifatida ma`lum bo`lgan sakkizta konkret maqsadga erishishga qaratilgan vazifalarni qo`ydi. Shunday qilib, “Mingyillik Deklaratsiyasi” jahon yetakchilarining azmu qarorlarini aks ettiradi, 2015 yilgacha bo`lgan davrda rivojlanishning “yo`l xaritasi” hisoblanadi.
Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari nima?
Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari – jahon yetakchilari qashshoqlik darajasini pasaytirish va kishilar farovonligini oshirish bo`yicha muhim harakatlarni o`zaro kelishib olgan doira. U rivojlanishning bir-biri bilan o`zaro bog`liq, aniq muddatlar, vazifalar hamda ko`rsatqichlarga ega bo`lgan sakkiz maqsadini ko`rsatib beradi-ki, ularga qarab maqsadlarga qanchalik erishilganini aniqlash mumkin. MRM jahon hamjamiyati sa`y-xarakatini kishilar hayotini jiddiy va o`lchab bo`ladigan darajada yaxshilashga erishishga yo`naltiradi hamda erishilgan natijalarni baholash mezonlarini belgilab beradi. Bular:
1-MAQSAD - O`ta qashshoqlikka va ochlikka barham berish
2-MAQSAD - Umumiy boshlang`ich ta`limga erishish
3-MAQSAD - Ayollar va erkaklar tengligini rag`batlantirish va ayollarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish
4-MAQSAD - Bolalar o`limini qisqartirish
5-MAQSAD - Onalar salomatligini yaxshilash
6-MAQSAD - OIV/OITSga, bezgak va boshqa kasalliklarga qarshi kurash
7-MAQSAD - Ekologik barqarorlikni ta`minlash
8-MAQSAD - Rivojlanish maqsadida global hamkorlikni shakllantirish
Dastlabki yetti maqsad barcha ko`rinishlardagi: ochlik, daromadning yetarli darajada bo`lmasligi, ta`lim va tibbiy xizmat sifati pastligi, gender tengsizlik va atrof muhit ahvolining yomonlashuvi ko`rinishidagi kambag`allik darajasini pasaytirishga qaratilgan. Bu maqsadlarga majmu holda erishilsa, kambag`allikni kamaytirishga keng qamrovli yondashuv ta`minlanadi.
Sakkizinchi maqsad dastlabki yetti maqsadga erishish vositasidir. U birinchi navbatda rivojlangan mamlkatlar oldiga vazifalar qo`yib, ularni kambag`al mamlakatlar qarzlarini kamaytirish hamda ularning rivojlanishiga ko`maklashish bo`yicha qo`shimcha choralar ko`rishga da`vat etadi.
Muvaffaqiyatlarimizni MRM bilan qiyoslaganda
ВO`zbekiston “Mingyillik Ma`ruzasi”ni imzolagan mamlakat sifatida MRMga erishish bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarmoqda. Hukumat bu maqsadlarning milliy rivojlanishda muhimligi hamda dolzarbligini e`tirof etgani holda, donor tashkilotlar va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda o`z milliy vazifalari hamda MRM bo`yicha ko`rsatqichlarini ta`riflashga kirishdi. Milliy ekspertlar guruhi tegishli vazifalar va ko`rsatqichlarni belgilash yo`li bilan har bir maqsad bo`yicha rivojlanish yo`nalishlarini tahlil qilish uchun muhim qadamlar qo`ydi. Sakkiz milliy MRM quyidagicha berilgan:
1-MAQSAD - Kam ta`minlanganlikni va qoniqarsiz oziqlanishni qisqartirish
2-MAQSAD - Boshlang`ich va o`rta maktablarda ta`lim sifatini oshirish
3-MAQSAD - Ayollar va erkaklar tengligini rag`batlantirish hamda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
4-MAQSAD - Bolalar o`limini qisqartirish
5-MAQSAD - Onalar salomatligini yaxshilash
6-MAQSAD- OIV/OITSga, sil kasalligiga va bezgakka qarshi kurash
7-MAQSAD - Ekologik barqarorlikni ta`minlash
8-MAQSAD- O`zbekiston va rivojlanish maqsadida global hamkorlik
Hukumatning MRM muhimligini e`tirof etishi, jumladan, MRMni “Aholi farovonligini oshirish strategiyasi bo`yicha oraliq xujjat” (AFOSOH)ga muvaffaqiyat bilan moslashtirib va qo`shib borilayotgani bilan tasdiqlanadi. Zero, olib borilayotgan ishda monitoring va hisobo tizimlarini yaratish uchun qo`shimcha choralar zarur. Milliy MRM ham, AFOSOH ham aholi turmush darajasini oshirishga yo`naltirilganligi munosabati bilan ularning ta`riflari bir-birini to`ldiradi.
O`zbekistonda MRM bo`yicha ilk asosiy tadqiqot MRMni mamlakatning rivojlanish xususiyatlariga moslashtirish jarayonida tayyorlangan edi. Unda yetti MRMdan har biri O`zbekiston sharoitiga tatbiqan ko`rib chiqiladi, MRMni ro`yobga chiqarishning va erishilgan natijalarni monitoring qilishning ehtimol tutilgan muammolari belgilanadi.
Aholining MRMdan xabardorligini oshirish bo`yicha kampaniyani o`tkazish O`zbekistonda ularni ro`yobga chiqarishni ta`minlash shartlaridan biridir. Bu borada asosiy e`tibor davlat institutlariga, fuqarolik jamiyatiga, OAV va keng jamoatchilikka qaratiladi, bunda siyosatchilarga ham, oddiy fuqarolarga ham teng darajada tayaniladi.
tepaga