BMTRD OIV/OITSning tarqalishini oldini olish va ta`sirini kamaytirish uchun faoliyat yuritadi. Rivojlanish bo`yicha ishonchli hamkor, BMTOITS (UNAIDS)ning hamkor homiysi sifatida u mamlakatlarga OIV/OITS muammosini milliy rivojlanish va kambag`allikni kamaytirish strategiyalari markaziga qo`yishga; hukumat va fuqarolik jamiyatining barcha qatlamlarini epidemiyaga qarshi samarali va boshqaruvli harakat qilishga chorlaydi; OITS bilan yashayotgan odamlar, xotin-qizlar va aholining kasallikka chalinishi ehtimoli bor qatlamining huquqini himoya qiladi. OIV/OITS butunjahon muammosi bo`lgani uchun BMTRD ushbu milliy harakatlarni bilim, manbalar va dunyodagi eng yahshi tajribani taqdim qilish bilan qo`llab-quvvatlaydi.
O`zbekistonni qo`llab-quvvatlash OITS, sil kasalligi va bezgakka qarshi Global Fond tomonidan moliya bilan ta`minlanayotgan loyihani tadbiq qilish orqali amalga oshiriladi. Maqsadli qo`llab-quvvatlash OIV/OITS ta`sirini aholining kasallikka chalinish ehtimoli mavjud qatlamiga va umumiy aholiga tarqalishini oldini olish vositasida yetkaziladi.