2011-yildagi xaridlar bo`yicha umumiy e`lon
TADBIRKORLAR VA TAShKILOTLAR DIQQATIGA
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) O'zbekistondagi vakolatxonasi sizlarni 2011-yilning Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb e`lon qilinganligi bilan tabriklaydi va quyidagilarni ma`lum qiladi.
BMTTD 2011-yilda vakolatxona va BMTTDning O'zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalari extiyojlari uchun quyidagi tovar va xizmatlarni xarid qilishni rejalashtirgan va tadbirkorlar va tashkilotlarni hamkorlikka taklif etadi:
- Tipografiya xizmatlari (ko'paytirish, ofset va raqamli nashr, logotipli suvenir buyumlarni tayyorlab berish);
- Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog'istonda seminarlar, konferentsiyalar, kofe-breyklar va hkz. tashkil etish;
- Toyota, Xunday, UAZ avtomashinalari uchun servis xizmati va ehtiyot qismlari;
- Kantstovarlar;
- Komputer va ofis uskunalari;
- Ofis uskunalari uchun servis xizmati;
- Ofis uchun mebel va boshqa jihozlar.
- Tovar va xizmatlar BMTTD xarid qoida va proseduralari asosida konkurslar orqali sotib olinadi.
BMTTD ma`lumotlar bazasiga kiritilgan kompaniyalar yangi konkurslar haqida birinchi navbatda xabardor qilinadilar. Ma`lumotlar bazasiga kiritilish uchun maxsus so'rovnoma to'ldirilib, quyidagi manzilga xat bilan, faks yoki elektron pochta orqali yuborilishi lozim:
BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi
Xarid bo'limi diqqatiga
T.Shevchenko ko'chasib 4-uy
Tel. +998 71 1203460
Faks: +998 71 1203485
El. pochta: pu.uz@undp.org
Qo'shimcha ma`lumot yuqorida ko'rsatilgan telefon raqami orqali olish mumkin.
Bu e`lon hech bir miqdorda xaridni kafolatlamaydi, va tovar va xizmatlarni yetkazib berish uchun to'g'ridan to'g'ri shartnoma tuzishga taklif sifatida qabul qilinmasligi lozim.
tepaga