Samarali boshqaruv
Yashash tarzini yahshilashga munosib xissa qo`shish uchun samarali boshqaruv sohasida kerakli islohotlarni amalga oshirish muhim. Birlashgan millatlar tashkilotining mingyillik Deklaratsiyasida xalqaro hamjamiyat tinchlikni saqlash, kambag`allikni kamaytirish va inson rivojlanishida samarali boshqaruv nafaqat maqsad, balki muhim factor degan hulosaga keldi.
BMTTDning samarali boshqaruvni targ`ib qilishga qaratilgan harakati o`z ichiga bir qator tadbirlani birlashtiradi. Samarali boshqaruv loyihalari portfeli orqali BMTTDning O`zbekistondagi Vakolatxonasi O`zbekiston milliy institutlarining samaradorligini, hisobotlilik va ko`rinuvchanligini, siyosat darajasidagi faoliyatini oshirish, milliy hamkor institutlarga maslahat xizmatini ta`minlash va aholining jamoa, ijtimoiy va huquqiy xizmatdan bahramand bo`lishini yahshilash uchun O`zbekiston milliy institutlarining salohiyatini oshirishga harakat qilmoqda.
BMTTD electron boshqaruvni davlat boshqaruviga birlashtirish va tadbiq qilish tajribasi bilan samaradorlik va ko`rinuvchanlikni oshirish uchun bo`lishmoqda. Bundan tashqari, hukumat xizmatchilarini o`qitish samarali boshqaruv uchun kadrlar manbalarini rivojlantirish va hukumat xizmatchilarining yangi avlodi orasida AKT va electron boshqaruv bo`yicha habardorlikni oshiradi.
Xalqaro inson huquqlari tamoyillari bo`yicha habardorlikni oshirish va aholining adolatga erishishini kuchaytirish borasida BMTTD aholi orasida xalqaro inson huquqi me`yorlari va milliy qonunchilik, gender tenglikni yahshi tushunish va mavjud huquqiy xizmat sifatini, ayniqsa aholining himoyaga ehtiyoji bor qatlami uchun oshirish yo`lida faoliyat yuritadi. Shuningdek BMTTD O`zbekistonning tashqi siyosati va huquqiy doirasini yahshilash y`olida ham xizmat qiladi.
Samarali boshqaruv be`taraf va muntazam usul orqali iqtisodiy o`sish, ijtimoiy rivojlanish va kambag`allikni kamaytirish maqsadida umumiy va tabiiy manbalardan monand iqtisodiy va moliyaviy boshqaruvni yaratadi.
tepaga
Amaldagi loyihalar (MYFF Service Lines bo`yicha)