BMTTD haqida tez-tez so'raladigan savollar
BMTTD ning har yillik hisoboti yoki uning moliyaviy faoliyatini qamrab, umumiy faoliyatini tasvirlaydigan hujjat bormi?
Quyidagi saytda BMTTD ning har yillik hisoboti va asosiy hujjatlari keltirilgan:
http://www.undp.org/execbrd/policyeng.htm
BMT O`zbekistondagi RD haqidagi hisobot va boshqa hujjatlar ushbu saytga kiritilgan.
Inson rivojlanishi haqidagi hisobot nima?
BMTTDning keng tarqalgan Inson rivojalanishi haqidagi hisoboti o`z ichiga rivojlanishning ko`p sohalarining ma`lumotlarini oladi. Hisobot har yili har bir mamlakat haqida jon boshiga daromad, savodlilik, umrning uzoqligi va ayollar huquqiga rioya qilinishi kabi ko`rsatqichlarga ko`ra tuziladi. Uning maqsadi odamlarni rivojlanish jarayonining markaziga olib chiqish. IRHning sayti:
http://hdr.undp.org.
Qo`shimcha ravishda BMTTD 2003 yilda 120 dan oshiq mamlakatga o`zining Inson Rivojlanishi Milliy Hisobotini yaratishga yordam ko`rsatdi, bu hisobot siyosat va ustuvorliklar haqidagi mahalliy va axborot bahslariga asos bo`ldi.
Nashriyotlar ma`lumotlari omborida Inson Rivojlanishi O`zbek Milliy Hisoboti keltirilgan.
Saytdagi ma`lumotni ko`paytirilishiga nisbatan siyosat qanday?
Nusxa va qayta nashrga ruxsatga nisbatan:
BMTTDning saytidagi ma`lumotdan foydalanish, ma`lumot manbasini ko`rsatgan holda tijoratdan holi maqsaddagi tashkilotlarga ruhsat etiladi.
Tijorat maqsadida BMTTDning nashridan foydalanmoqchi bo`lsangiz, sizga kerak nashrning nomi, nashr qilingan yili, kerakli betlarini yoki kerakli Internetdagi ma`lumotni ko`rsatib nashr uchun mas`ul Vakolatxonaga yuboring.
IRHga nisbatan: BMTTD IRH nisbatan hamma huquqlarga ega, «Oxsford University Press» nashri uni BMTTD uchun tayorlaydi. To`liq ma`lumot quyidagi saytda:
http://www.us.oup.com/us/information/permissions/?view=usa
Qanday qilib tashkilot haqida ko`proq ma`lumot olishim mumkin?
Quyidagi «Discover UNDP»ga kirib ko`ring:
http://www.undp.org/discover_undp/index.htm
BMTTD o`z faoliyatini 166 dan ortiq mamlakatdagi vakolatxonalari orqali amalga oshiradi. Shuningdek BMTTD qashshoqlikni kamaytirish halqaro maqsadlarni o`z ichiga olgan holda, amaldagi faoliyat doirasini kengaytirish, manbalarni k`ochirish, hamkorlikni tashkil qilish, tajriba almashish, bilim oshirish uchun, butun dunyo (global) va hududiy himoya va tahlilda qatnashadi. Bundan tashqari BMTTD Rivojlanayatgan Mamlakatlar aro Texnik Hamkorlikni ham qo`llab-quvvatlaydi.
Men sobiq/hozirdagi xodimni izlayapman. Menga uning telefon raqamini, e-manzilini berolmaysizmi?
Biz sobiq yoki ayni vaqtdagi xodimlarimizning e-manzilini yoki telefon raqamlarini berish huquqiga ega emasmiz. Siz o`z talabingizni BMTTD ning bo`limlarining Kadrlar Bo`limiga yuborishiz mumkin.
BMTTD qayerda joylashgan?
BMTTDning shtab-kvartirasi Nyu Yorkda joylashgan. Asosan BMTTD butun dunyo bo`ylab rivojlanyatgan mamlakatlarning aholisi va hukumati bilan hamkorlik qiladi. BMTTD o`z faoliyatini 166dan ortiq mamlakatdagi vakolatxonalari orqali amalga oshiradi. Bu vakolatxonalarning ko`pchiligi saytga ega:
http://www.undp.org/countries/
Qanday qilib BMTTD O`zbekistondagi VAkolatxonasiga ish so`rab murojaat qilishim mumkin?
Ushbu saytning «Job Opportunities» qismini ko`rib chiqing. Mutaxassisligingiz bo`yicha e`lon bo`lsa, qayerga va kimga murojaat qilish bo`yicha u yerda keltirilgan yo`llanmalarga rioya qiling. Quyidagi saytda esa ish haqida halqaro e`lonlar joylashgan:
http://jobs.undp.org/
Ish so`rab qilgan murojaatim natijasini qanday bilishim mumkin?
Kadrlar Bo`limiga qo`ng`iroq qilib +998 (71) 1203450, 1206167 ish yuzasidan qilgan murojaat natijasini, siz so`ragan ish lavozimi yoki e`lon raqamini ayting.
BMTTD talabalarga grant taqdim qiladimi?
Afsus, lekin biz alohida shahs, tashkilot yoki alohida guruhlarga moliyaviy yordam ko`rsatish huquqiga ega emasmiz; biz hukumat bilan rivojlanish loyihalari va dasturlari bo`yicha hamkorlik qilamiz.
tepaga