UNDP Uzbekistan

O`zbekistondagi asosiy atrof-muhit muammolari va beg`araz yordam sxematik haritasi
Atrof muhit va energiya
O`zbekiston jug`rofiyasi va iqlimiga xos xususiyatlar aholining o`sib borayotgan soni va iqtisodiy faoliyatning o`sishiga qo`shimcha ravishda mamlakatning atrof muhit muammolari, ayniqsa nozik ekotizim ba ichimlik suvi manbalariga bog`liq muammolar oldidagi kuchsizligini oshiradi. Tuproq degradatsiyasining asosiy sababi iqtisodiy o`sish ehtiyojlari va atrof-muhitni saqlash maqsadlari o`rtasidagi mojarodir.

BMTRDning Atrof-muhit va energiya bo`limi xalqaro donor hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikda mahalliy hamjamiyat va O`zbekiston atrof-muhitining himoyasi va tabiiy manbalarining boshqaruvi uchun mas`ul hukumat agentliklariga yordam beradi. Bo`lim faoliyati biologik xilma-xillikni saqlash borasida muntazam va samarali yondashuvlarni oshirish va institutsional salohiyatni rivojlantirish orqali ekologik ma`muriyat va boshqaruvni kuchaytirishga qaratilgan. Yuqoridagilarni amalga oshirish rahbarlar va tanlangan mahalliy hamjamiyatlar darajasida iqlim o`zgarishlari oqibatlarini kamaytirish, energiya xizmatidan bahramand bo`lish va xabardorlikni oshirish uchun qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarini yo`lga qo`yish, yer manbalarini muntazam boshqarishga erishish vositasida mumkin.

BMTRDning yordami Atrof-muhit va energiya bo`limi bilan mas`ul hukumat agentliklarining hamkorligida tadbiq qilinayotgan qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish vositasida ta`minlanadi. Mazkur bo`lim atrof muhitni boshqarish milliy salohiyatini yaxshilash uchun rejalarni ishlab chiqish, qayta tiklanadigan energiya sektorini rivojlantirish va chiqindilarni boshqarish sohasida milliy strategiyani rivojlantirish maqsadida hukumat hamkorlari bilan yaqindan faoliyat yuritadi.

Ushbu tarmoqning ko`plab loyihalari Atrof-muhit va energiya bo`limining boshqaruvi ostida tadbiq qilinadi. Bo`limga murojaat qilish uchun ma`lumot sahifaning o`ng tomonida keltirilgan. tepaga

Murojaat uchun ma`lumot

Abduvakkos Abdurahmanov

abduvakkos.abdurahmanov@undp.org
Ichki raqam: 127

Volkov Aleksei
Milliy Koordinator
alexey.volkov@undp.org
Ichki raqam: 145

Boykhonova Ra
Iqlim O
rano.baykhanova@undp.org
Ichki raqam: 163

Жамшид Максумов
Таъминот булимини ассистенти
jamshid.maksumov@undpaffiliates.org
Ichki raqam: 205

Maqsudov Farhod
Atrof-muhit bo'yicha mutaxassis
farhod.maksudov@undp.org
Ichki raqam: 150

Shaumarov Mahmud
Dastur Mutahassisi
makhmud.shaumarov@undp.org
Ichki raqam: 140

Муҳаммадқулова Нодира
ГЭЖ КГД Дастур Ассистенти
nodira.mukhammadkulova@undp.org
Ichki raqam: 211