UNDP Uzbekistan

Kam ta'minlanganlikni kamaytirish

Mustaqillikka erishganidan beri O`zbekiston bosqichma-bosqich iqtisodiy o`tish davrini boshdan kechirmoqda. Budjet kamomadini nazorat qilish, inflyatsiyani boshqarish va muntazam iqtisodiy o`sishda sezilarli yutuqlarga erishilgan bo`lsa-da,  Hukumatning yutuqlari asosan qishloq ho`jaligi, kichik va o`rta biznesni rivojlanitirishga bog`liq.

O`zbekistonda kambag`allik haqidagi dastlabki ma`lumot 2001 yilda o`tkazilgan “Oila budjeti tadqiqoti”ning natijalaridan ma`lum bo`ldi. 2100 kaloriyaga asoslangan kambag`allik chegarasiga ko`ra O`zbekistonning 27.5% aholisi (6.8 million aholi) 2001 yilda kambag`al deb topilgan. Ushbu ko`rsatqich biroz kamayib, 2003 yilda 26.2%ni tashkil qildi. Kambag`al deyilgan oilalarning har uchinchisi o`ta kambag`al ta`rifiga to`g`ri keladi. Kambag`allarning 63% qismi qishloq hududlarida istiqomat qilib, shahar va qishloq  o`rtasidagi yashash tarzidagi  farqni namoyish qiladi. So`nggi yillarda ushbu farq o`sib bormoqda, shu bilan barobar ravishda ishsizlik, qisman ishsizlik, kam maosh va maosh bo`yicha qarzlar (yani aholi o`z maoshini vaqtida olmaydi) ko`payib bormoqda. Kambag`allikni kamaytirishga qaratilgan har bir harakat ushbu ko`rsatqich va gender notenglikka aloqador boshqa muammolarni ham inobatga olmog`i lozim.  

Iqtisodiy o`sish va kambag`allikni kamaytirishda BMTTDning yordami quyidagiga qaratilgan: maslahat xizmatini ta`minlash va iqtisodiy islohotlarning muhim sohalarida milliy salohiyatni shakllantirish; bandlikni yaratish va kambag`allikni kamaytirish tashabbuslarini ishlab chiqish va tadbiq qilish.

BMTTDning yordami sektorlar aro siyosatni shakllantirish va tadbiq qilish uchun hukumat salohiyatini kuchaytirishga yo`naltirilgan. Shuningdek u hududiy va mahalliy rivojlanish strategiyalarini shakllantirish uchun hududiy darajada qo`llab-quvvatlashni ta`minlaydi.

Bandlikni yaratish va kambag`allikni kamaytirish uchun BMTTD maqsadli namoyish dasturlarini tadbiq qilish uchun mahalliy darajada fuqarolik jamiyati tashkilotlari va xususiy sector bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.  Namoyish dasturlari shuningdek mahalliy tashabbuslarni amalga oshirish, bo`limlar aro bilimni oshirish va mahalliy tashabbuslarni rivojlantirish hamda  mahalliy tarmoqlarni barpo etishga ham qaratilgan.

Ushbu sohadagi ko`plab loyihalar Iqtisodiy boshqaruv bo`limi tomonidan boshqariladi, mazkur bo`limning murojaat uchun ma`lumoti sahifaning o`ng tomonida ko`rsatilgan.   tepaga
Murojaat uchun ma`lumot

Izamova  Elvira
Dastur Mutahassisi
elvira.izamova@undp.org
Ichki raqam: 189

Алимджанова Камила
Дастур ассистенти
kamila.alimdjanova@undp.org
Ichki raqam: 131

Jumaev Zarif
Dastur koordinatori
zarif.jumaev@undp.org
Ichki raqam: 124

Иномходжаев Камолхон
Дастур мутахассиси
kamolkhon.inomkhodjayev@undp.org
Ichki raqam: 128