O`zbekiston haqida

O`zbekiston quruqlikda joylashgan mamlakat bo`lib, chegarasi g`arbdan sharqqa 1500 km, shimoldan janubga 1000 km-ga cho`zilgan. O`zbekiston Respublikasi Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg`oniston bilan chegaradosh. Mamlakatning iqlimi yumshoq, namgarchiligi kam, yozi uzun va issiq, qishi esa uncha sovuq emas. Mamlakat hududida neft, tabiiy gaz, uran, mis, tilla kabi minerallarning o`lkan zahiralari mavjud. O`zbekiston Respublikasida O`rta Osiyoning beshta respublikasi ichida eng ko`p aholi istiqomat qiladi. Aholi soni 2003 yilda 25.5 millionni tashkil qildi. Aholi soni 2009 yilda 27.0 millionni tashkil qildi. Aholininig 77.2% ni ozbeklar, qolgan qismini esa rus, tojik, qozoq, qoraqalpoq, tatar va boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Umumiy aholidan 17.0 millioni qishloqda, 10.0 millioni esa shaharda istiqomat qiladi.
O`zbekistonning geografiyasi iqtisodiyotiga ta`sir qiladi. Mamlakat ikki daryo: Amudaryo va Sirdaryo vodiysida joylashgan. Amudaryo Tojikiston hududidan O`zbekistonga oqib, mamlakatning Afg`oniston va Turkmaniston bilan chegarasini tashkil qiladi. Sirdaryo Qozog`istondan oqadi. O`zbekiston iqtisodoyotining asosiy negizini qishloq ho`jaligi tashkil qiladi. Mamlakat dunyodagi eng katta pahta ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. O`zbekistonda pahta asosiy eksport mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Qishloq ho`jaligining boshqa muhim mahsulotlariga meva, sabzavot, uzum, qovun va shoyi hom ashyosi kiradi. Bular asosan qo`shni mamlakatlarga eksport qilinadi.
Mamlakatning sharqida aholisi zich, unumdor hudud, Farg`ona Vodiysi joylashgan. Mamlakatning asosiy sanoat tarmog`i Farg`ona Vodiysida bo`lib, markazlashgan rejalashtirish va mustaqillik davrida rivojlangan. Farg`ona Vodiysi sug`oriladigan qishloq ho`jaligining uzoq tarihiga ega bo`lganligi uchun, qishloq ho`jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetishtiradi.
Mamlakatning janubiy qismida joylashgan Surhandaryo va Qashqadaryo viloyatlari qishloq ho`jaligi yahshi rivojlangan hududlardir. Qashqadaryo gaz mahsuloti bilan ham tanilmoqda.
G`arbda asosan, Samarqand va Buhoro kabi jahonga mashhur turizm markazlarini o`z ichiga olgan, sanoat hududlari joylashgan (tog`ni o`rganish, gaz va neftni qayta ishlash va hokazo).
Katta maydonga, ammo kam sonli aholiga ega Shimoli Garbdagi Qoraqolpog`iston kichik sanoat faoliyati bilan mashg`ul. Qoraqolpog`istonning sanoat va qishloq ho`jaligiga Orol Dengizi salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Mustaqillikdan beri O`zbekiston Hukumatining iqtisodiy siyosati asosan protektsionist bo`lib, O`zbek so`mining ayirboshlanishi yo`qligi bilan (2003 yil oktyabr oyida konvertatsiya ochilganidan keyin biroz o`zgarish bo`lgan) va pahtani horijiy valyuta keltirishning bosh manbai deb hisoblash bilan ta`riflanadi.
O`zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy o`zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu qadam-baqadam usul quyidagilarga erishishga yo`naltirilgan:
- import o`rnini almashtirish va oziq-ovqat mahsulotlari hamda energiya manbalari bilan o`zini-o`zi ta`minlashi orqali iqtisodiy mustaqillikka erishish va importni to`sish.
- iqtisodiyotni hom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarish o`rniga raqobatli sanoat tizimini yaratishga yo`naltirish.
- milliy ayirboshlashning doimiyligini ta`minlash uchun eksport imkoniyatini kengaytirish va tillo hamda qattiq valyuta zahiralarini oshirish.
- yangi ish joylarini yaratish va yashash tarzini yahshilash.
Ayni kunda iqtisodiyotda hukumatning roli pasayyotganiga qaramasdan, hali ham sezilarli. Hususiy tarmoqning Milliy Yalpi Ishlab Chiqarishdagi ulushi 2001 yilda 74.1% ni tashkil qildi. Biroq bu ko`rsatqich har sohada har xil (qishloq ho`jaligida 99%, aholiga ko`rsatiladigan xizmatlar ulushida 59.4 %). Hukumat hali ham hususiy tarmoq nazoratini o`z qo`lida ushlab kelmoqda. Misol uchun, qishloq ho`jaligi mahsulotlarining asosiy qismi haligacha bevosita hukumatning pahta va bo`g`doyga belgilagan rejasiga asoslanadi.
Iqtisodiy va siyosiy muvozanatni saqlashdagi barcha yutuqlar bilan bir qatorda o`tish davri mobaynida yashash tarzini pasayishi, ishsizlikni o`sishi, aholini boy va kambag`allarga ajralishi kabi bir qator muammolar yuzaga keldi.
2003 yilda o`tkazilgan insonni rivojlanish indeksining 0.694 ko`rsatqichiga ko`ra O`zbekiston 2005 yildagi Inson Rivojlanishi haqidagi Hisobotda 177 mamlakat ichida 111 o`rinni egalladi. Mustaqillik mobaynida mamlakatning IRQ va umumiy ko`rsatqichi yillar davomida o`zgarmadi. Shahar va qishloq hududlari o`rtasidagi farq keskin bo`lib, yashash hududiga ko`ra kambag`allik havfi kuchaymoqda. O`zbekiston aholisining oltmish uch foizi qishloq hududida istiqomat qilib, ulardan o`ttiz besh foizi qashshoq hayot kechiradi.
O`tish davrining beshafqat jarayoni o`z ta`sirini aholining yahshi ta`minlanmagan tabaqasi: ya`ni yosh oilalarga, ishsizlarga, ko`p farzandli oilalarga, boquvchisidan ayrilgan oilalarga, nafaqaho`r, nogiron va yoshlarga ko`rsatdi. Bu esa iste`mol savatining kamayishiga, tibbiy xizmatdan foydalanishni, maktab va maktabdan keyingi ta`lim olish imkoniyatini cheklanishiga, energetika (gaz, ko`mir), infrastruktura va transport manbalaridan foydalanishni cheklanishiga olib keldi. O`tish davri tufayli paydo bo`lgan salbiy ta`sirni hatto hukumatning nisbatan hayrihoh ijtimoiy himoya tizimi ham jilovlay olmadi.
O`tish jarayoni O`zbekiston Respublikasining rivojlanishining asosiy hususiyati bo`lib qolmoqda.
Ammo makroekonomik muvozanat sharoitida harakatni aholining yashash tarzini yahshilashga qaratish zarur.
tepaga