BMTTD haqida
BMTTD haqida umumiy ma`lumot
Birlashgan millatlar tashkiloti Rivojlanish dasturi BMTning rivojlanish sohasidagi global tarmog`idir. Rivojlanish dasturi o`zgarishlar tarafdori bo`lib, aholining yashash tarzini yaxshilash maqsadida bilim, tajriba va manbalarni taqdim etadi. BMTTD 166 mamlakatda faoliyat yuritib, ularga butunjahon va milliy muammolarga mustaqil yechim topishda yordam ko`rsatadi. O`z salohiyatini rivojlantirishda mamlakatlar BMTTD va uning hamkorlarining tajribasiga suyanadi.
Dunyo mamlakat rahbarlari o`z zimmasiga 2015 yilga qadar kambag`allikni ikki barobarga qisqartirish kabi umumiy maqsadni o`z tarkibiga olgan Mingyillik Deklaratsiyasining rivojlanish sohasidagi maqsadlariga erishish majburiyatini oldi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun BMTTD tarmog`i global va milliy darajada amalga oshirilayotgan harakatlarni mujassamlashtiradi. Tashkilot asosiy e`tiborini quyidagi muammolarga yechim topishda mamlakatlarga yordam berishga qaratadi:
BMTTD rivojlanayotgan mamlakatlarga yordamni jalb qilishda va undan samarali foydalanishda yordam beradi. Tashkilotning umumiy faoliyati inson huquqlari himoyasiga va xotin-qizlar huquqlarini oshirishga qaratilgan.
BMTTD tomonidan har yili chop etiladigan “Inson rivojlanishi haqidagi ma`ruza” bahs takliflari, yangicha tahlil va o`lchovning yangicha mezonlarini taqdim etish orqali asosiy e`tiborni rivojlanishning muhim masalalariga qaratadi. Shuningdek BMTTD inson rivojlanishi haqidagi hududiy, milliy va mahalliy ma`ruzalarni tayyorlanishini qo`llab-quvvatlaydi. Har bir Mamlakat ofisidagi Doimiy Vakil bir vaqtning o`zida BMT Tizimining rivojlanish faoliyati bo`yicha Doimiy Rahbar hamdir. Ushbu boshqaruv vositasida BMTTD xalqaro yordam va BMT yordami manbalaridan eng oqilona foydalanishini ta`minlaydi.
BMTTDning strategik maqsadi
BMTTDning strategik maqsadlari 2004-2007 yillar davri uchun moliyalashtirishning ko`p yillik jadvali (Multi-year funding framework (MYFF))da ko`rsatilgan bo`lib, unda tashkilotning ushbu muddat uchun aniq strategiyasi va tashkilot tomonidan targ`ib qilinayotgan xizmat yo`nalishlari aniq ko`rsatilgan.
Mingyillik Deklaratsiyasi va Mingyillik rivojlanish maqsadlarida aks ettirilgan, butunjaon kelishuvi bilan bog`langan va dastur qatnashchisi – a`zo mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan dastur tanlash tajribasidan kelib chiqqan holda, mablag` bilan ta`minlashning ko`p yillik jadvali (MYFF)da taklif etilayotgan strategik yo`nalishlar ikkisini kesishish nuqtasini tashkil qiladi. Mablag` bilan ta`minlashning ko`p yillik jadvali (MYFF) ichki va tashqi manfaatdor shaxslar uchun BMTTDning hisobotliligi, monitoringi va strategik boshqaruvi uchun muhim vosita vazifasini bajaradi. Mablag` bilan ta`minlashning ko`p yillik jadvali (MYFF)ga binoan BMTTD quyidagi strategik maqsadlarga erishish uchun faoliyat yuritadi:
- MRMga erishish va kambag`allikni kamaytirish
- Demokratik boshqaruvni tadbiq qilishni tezlashtirish
- Muntazam rivojlanish uchun energetika va atrof-muhit muhofazasi
- Inqirozni oldini olish va qayta tiklash ishlari
- OIV/OITSning tarqalishiga qarshi kurash
BMTTDning O`zbekistondagi Mamlakat Ofisi
BMTTDning O`zbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi 1993 yil yanvar oyida ochilgan. Shundan beri BMTTD bu yerda mamlakat rivojlanishini kuchaytirish yo`lida faoliyat yuritmoqda. BMTTD hukumat, fuqarolik jamiyati va O`zbekiston aholisiga o`tish davrining ko`p sonli muammolariga bardosh berishda faol yordam ko`rsatadi. O`zbekiston aholisining farovon va buyuk kelajagiga erishish yo`lidagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni tadbiq qilish uchun zarur manbalar, tajriba va bilimni qo`lga kiritishda BMTTD ko`plab davlat va nodavlat tashkilotlarni qo`llab-quvvatlaydi.
BMTTDning ayni vaqtdagi mamlakat dasturi (2005-2009 yillar uchun) orqali O`zbekistonga ko`rsatayotgan yordami ikkita umumiy, o`zaro aloqador maqsadlarga erishishga qaratilgan: iqtisodiy va demokratik islohotlarni tezlashtirishda hukumatga yordam berish; milliy va global darajadagi rivojlanish jarayonida fuqarolik jamiyati qatnashuvini tezlashtirish va kuchaytirish. BMTTD quyidagi uch yo`nalish bo`yicha faoliyat yuritadi: iqtisodiy boshqaruv va kambag`allikni kamaytirish; atrof-muhitni boshqarish va samarali boshqaruv. Asosiy e`tibor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tadbiq qilishga, erkaklar bilan xotin-qizlar tengligiga va dastur bo`ylab inson huquqlariga rioya qilinishiga asoslangan asosli va qo`shma yondashuvlardan foydalanishga qaratilgan.
BMTTDning faoliyati haqidagi umumiy ma`lumot quyidagi saytda keltirilgan: www.undp.org.
Quyidagilar haqidagi to`liq ma`lumot uchun kerakli ishoratdan foydalaning: